ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Èçó÷åíèå óñòíîãî íàðîäíîãî òâîð÷åñòâà ñ èñïîëüçîâàíèåì èíòåðàêòèâíîãî ìåòîäà «âåðåíèöà»

 

Ìóõàììàäèåâà Ìàíçóðà Ìàðàòîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà.

 

Õalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganishda “charxpalak” interfaol metodidan foydalanish

 

Muhammadiyeva Manzura Maratovna,

Qarshi Davlat universiteti o‘qituvchisi (O’zbekiston).

 

 ñòàòüå ðàññìàòðèâàåòñÿ èñïîëüçîâàíèå èíòåðàêòèâíîãî ìåòîäà «Âåðåíèöà» è ïóòè åãî ðåàëèçàöèè ïðè èçó÷åíèè óñòíîãî íàðîäíîãî òâîð÷åñòâà (ôîëüêëîðà).

 

Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganishda “Charxpalak” interfaol metodidan foydalanish yo’l-usullari ko’rsatilgan va tarqatma materiallardan namunalar keltirib o’tilgan.

 

Xalq pedagogikais qamrovi nihoyatda keng, serqirra va serjilo tushuncha bo’lib, u shu xalqning butun davrini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga ota-bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko’z qorachig’iday asrab-avaylab, saqlab kelgan ota-meros, Sharq xalqlarining boy va betakror odobnomasi hisoblanadi. Xalq pedagogikasi asrlar davomida yashab keldi. Avlodlarning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida, jismoniy barkamolligida hal qiluvchi rol o’ynadi. Xalq og’zaki ijodi namunalarining asosiy maqsadi yosh avlodni yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalashdir. Xalq og’zaki ijodining har bir turida insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik, do’stlik va ahillik, yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qozonishi, halollik, botirlik, odoblilk, saxiylik, vafo, or-nomus, tejamkorlik, mas’uliyat, sog’lom tarbiya va tozalik, tabiat va undagi barcha ne’matlarni e’zozlash kabi masalalar alohida yoritib berilgan.

Xalq og’zaki ijodi bola tarbiyasida muhim o’rin tutar ekan, uni o’rganishda turli xil metodlardan foydalanamiz. “Charxpalak” metodidan foydalanish yo’llarini ko’rsatib bermoqchimiz.

 “CHARXPALAK METODI”. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o’quvchilarni o’tilgan mavzularni yodga olish, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustqail ravishda to’g’ri javob berish va o’zini-o’zi baholashga o’rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo’llash jarayonida o’quvchilar o’z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo’lib ishashga, boshqalar fikrini hurmat qilishga o’rganadilar.

“Charxpalak” texnologiyasidan foydalangan holda mashg’ulot o’tkazish uchun kerak bo’lgan tarqatma materialni havola etamiz.

 Masalan: Yuqorida qayd etib o'tilganlar xalq og'zaki ijodining qaysi turiga tegishliligini aniqlang.

 

Maqollar

Ertak

Topishmoq

Maqol

Doston

Tez aytish

Dangasaga ish buyursang, otangdan ko’p aql o’rgatar.

 

 

+

 

 

Yarimta non

+

 

 

 

 

Yusuf va Zulayho

 

 

 

+

 

Yer tagida oltin qoziq.

 

+

 

 

 

G’ani g’ildirakni g’izillatib g’ildiratdi.

 

 

 

 

+

Norvoy nonvoy non sotar, nonni novvot deb sotar.

 

 

 

 

+

Vataning tinch, sen tich.

 

 

+

 

 

Ho’llab yopdim, quruq chiqdi.

 

+

 

 

 

Alpomish

 

 

 

+

 

 

MAQOLLARNING MAZMUNINI O’RGANISHGA OID:

Maqollar

Odob haqida

Mehnat

haqida

Do’stlik haqida

Vatan haqida

Ilm olish haqida

Yaxshi bola yog’ keltirar,

Yomon bola dog’ keltirar.

+

 

 

 

 

Oltin olma, duo ol.

+

 

 

 

 

Gap bilan shoshma, ish bilan shosh.

 

 

 

 

 

Dangasaning saratonda qo’li sovqatar.

 

 

 

 

 

Do’st achitib gapirar,

Dushman kuldirib.

 

 

 

 

 

Do’st bo’lsang, do’stiningni aybini tuzat.

 

 

 

 

 

Ilmi borni yosh ddema,

Ilmi yo’qni bosh dema.

 

 

 

 

 

Ilmli uy charog’on,

Ilmsiz uy zimiston.

 

 

 

 

 

Vatani borning baxti bor,

Mehnati borning –taxti.

 

 

 

 

 

Dushmanga nafrati bo’lmaganning ,

Vatanga muhabbati bo’lmas.

 

 

 

 

 

 

ERTAKLARNING MAZMUNINI O’RGANISHGA OID:

Ertaklar

Vatan haqida

Mehnat haqida

Do’stlik haqida

Ustoz haqida

Ilm olish haqida

Zumrad va Qimmat

 

 

 

 

 

Laylak va turna

 

 

 

 

 

Ur to’qmoq

 

 

 

 

 

Yechki va uning bolalari

 

 

 

 

 

Yarimta non

 

 

 

 

 

Uch og’ayni botirlar

 

 

 

 

 

Egri va to’g’ri

 

 

 

 

 

Hunarmand shaxzoda

 

 

 

 

 

Qo’rqmas qizlar

 

 

 

 

 

 

Ushbu interfaol metod yordamida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish hamda ular egallagan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. O’qituvchi faoliyatida qisqa vaqt ichida ijobiy natijalarga erishishiga olib keladi. O’quvchilar faoliyatida esa o’z fikrini erkin bayon etish va mustaqil fikrlash ko’nikmasini shakllantiradi. “Charxpalak” interfaol metodidan foydalanish darsda ijobiy natijalarga olib keladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: ’’O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010 y.

2.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: O’qituvchi. 2010 y.

3.                  Ishmuhamedov R, Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. T.: 2013 y.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 19.11.2015 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.