ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ïðîãðàììà ïî âîñïèòàíèþ ìîëîä¸æè â äóõå îáùåíàöèîíàëüíûõ öåííîñòåé

 

Îðèïîâà Íîäèìà Õàëèëîâíà,

äîöåíò êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ,

Õàèòîâà Þëäóç Ñàèòîâíà,

ìàãèñòð 2-êóðñà.

Êàðøèíñêèé ãîñóäàðñòâåííûé óíèâåðñèòåò.

 

Yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish dasturi

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti,

Xaitova Yulduz Saitovna,

Qarshi davlat universiteti 2-kurs magitri.

 

Ushbu maqolada yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish dasturi va uni amalga oshirish bosqichlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada yoshlarning ma’naviyatini umummilliy qadriyatlar asosida shakllantirish zaruriyati, metod va vositalari haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.

 

O‘zbekiston mustaqilligining birinchi kunlaridanoq yoshlarni har qanday mafkuviy xurujlardan asrash va himoyalash chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizning hududiy yaxlitligini saqlash, davlat suverenitetini himoya qilish, fuqarolar tinchligini va milliy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan e’tibor desak xato bo‘lmaydi. Bugungi kunda yurtimiz ravnaqini yuksaltiradigan bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni izlab topish va umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish, Vatanga fidoyi qilib tarbiyalash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi.

Bizning maqsadimiz yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish ekan, tajriba sinov ishlari davomida talabalarning qiziqishlarini o‘rganib chiqdik va maxsus dastur asosida ular bilan ishlashni lozim deb hisobladik. Bu ishlar darsdan tashqari vaqtda amalga oshirilishi va talabalarning bo‘sh vaqtlarida tashkil etilishini inobatga oldik. Ya’ni fakultet dekanati va kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan reyting grafiga asoslanib mashg‘ulotlarni tashkil etdik. Bu muddat oktabr oyining so‘nggi xaftalari va mart, aprel oylaridan iborat kunlarga to‘g‘ri keldi. Shunday qilib dastur uch bosqichda amalga oshirilishi belgilab olindi.

-birinchi bosqichda talabalar o‘qituvchilar yordamida qadriyatlar haqidagi nazariy bilimlarni egallaydilar. So‘zsiz bu jarayonda o‘qituvchining roli yetakchilik qiladi. Talaba esa oddiygina tinglovchi sifatida qatnashadi. Bundagi holat xuddi an’anaviy ta’lim jarayonini eslatadi. Bu mashg‘ulot turida ko‘proq ta’lim berishning ma’ruza shaklidan foydalaniladi. Shuningdek, dasturning bu bosqichida o‘qituvchidan chuqur bilim va mahorat egasi bo‘lishlik talab etiladi. O‘qituvchi har bir ma’ruzaga jiddiy tayyorgarlik bilan kirishi, fikrlari tizimlashtirilgan, ilmiy asoslangan bo‘lishi kerak. Albatta berilayotgan bilimlarning har biri hayotiy misollar bilan izohlanishi kerak. Negaki, bilim hayot bilan bog‘langan taqdirdagina u talabaning xotirasida mustahkam qoladi. Har bir mashg‘ulot yakunida talabalarga qadriyatlarga oid manbalarni o‘qish taklif etiladi. Bu ishlar ma’ruza, video filmlar va qadriyatlarga oid kitoblar namoyishi shaklida o‘tkazilishi mumkin.

Shunday qilib talabalar birinchi bosqichda quyidagi qadriyatlar haqidagi bilimlardan xabardor bo‘ladilar:

 

¹

 Mavzular

Ajratilgan vaqt

1.

Qadriyatlarning mazmuni va mohiyati

 2 soat

2.

Qadriyatlarning turlari va ularning namoyon bo‘lish shakllari

 2 soat

3.

Qadriyatlarning tarixiy ildizlari

 2 soat

4.

Qadriyatlar borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalari

 2 soat

5.

Umummilliy qadriyatlarda insoniyat orzu-umidlari bayoni

 2 soat

6.

Tinchlik, ezgulik, vatanparvarlik, mustaqillik-umummilliy qadriyat sifatida

 2 soat

7.

Inson salomatligi va ona sayyoraning sofligi azaliy umummilliy qadriyat ekanligi

 2 soat

8.

Umummilliy qadriyatlarga yoshlarning munosabati

 2 soat

 

Jami

 16 soat

 

Har bir mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi talabalarga - Bilaman/ Bilishni hohlayman/ Bilib oldim yoki insert jadvali texnologiyasini taqdim etadi. Negaki o‘qituvchi uchun talabalar yana nimani bilishni hohlashlarini o‘rganish nihoyatda muhim hisoblanadi. Shunga muvofiq o‘qituvchi kelgusi dars mavzusini tanlashi ham mumkin. Ushbu metod mavzu, matn, bo‘lim bo‘yicha izlanuvchilikni olib borish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Dastlab talabalarga jadvalni tuzish qoidasi eslatib o‘tiladi va har bir talaba alohida to‘ldirishi taklif etiladi. To‘plangan javoblar yig‘ib olinadi va eng ko‘p bildirilgan “hohish” tanlab olinadi. Masalan:

 

 B/BX/B jadvali

 Bilaman

Bilishni hohlayman

Bilib oldim

An’ana, urf-odat, bayramlarni qadriyat ekanligini

Ularning turlarini

Qariyatlar tushunchasining mazmunini

 

Yoki insert jadvalidan ham foydalanish ham mumkin. Bunda talabalar qadriyatlar haqidagi ma’lumotlarni tizimlashtirishni o‘rganadilar, shuningdek, ularda avval o‘zlashtirgan ma’lumotlarni bog‘lash va solishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bastlab har bir talaba alohida o‘zi jadvalni to‘ldiradi, o‘qish jarayonida olgan ma’lumotlarni alohida o‘zi tizimlashtiradi hamda jadval ustunlariga “kiritadi”. Bunda talaba matnda belgilangan quyidagi belgilarga asoslanadi.

 “V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;

 “-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;

 “+” - men uchun yangi ma’lumot;

 “?”-men uchun tushunarsiz va uni izlab topish talab etiladi.

-ikkinchi bosqichda egallangan nazariy bilimlar amalda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar jarayonida sinab ko‘riladi. Bu jarayon talabalarning o‘zlari ishtirokida tashkil etiladi. O‘qituvchi talabalar jamoasiga qo‘shilib, ular bilan teng huquqli a’zoga aylanadi. Bunda o‘qituvchi talabalarga guruh a’zosi sifatida ish turi va mavzuni taklif etishi, ba’zan talabalar uning taklifini rad etib, boshqa ish turini tanlashlari mumkin. Masalan, o‘qituvchi davra suhbatini tashkil etishni taklif etsa, talabalar tarixiy obidalarga sayohatni tanlashi yoki treningda ishlashni ma’qul ko‘rishi mumkin. Shunday qilib, bunda talabalar tanlagan ish turidan foydalaniladi. Negaki, ular tanlab, uyushtirgan tadbir saramadorligi yuqori bo‘ladi. Demak, ikkinchi bosqichning maqsadi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar: davra suhbatlari, treninglar, sayohatlar va turli kechalar asosida amalga oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, biz olib borgan tajriba-sinov ishida treninglar samarali metod sifatida qo‘llanildi. So‘zsiz ular talabalarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirishga xizmat qildi, desak adashmaymiz. Masalan, umummilliy qadriyat hisoblangan “Do‘stimning tug‘ilgan kuni” mavzusida tashkil etilgan treningda talabalardan birining tug‘ilgan kuni nishonlandi. Talabalar tug‘ilgan kuni nishonlanayotgan do‘stiga kitob, gul, yon daftarcha, yumshoq o‘yinchoq va hokazolarni sovg‘a qildilar. Har bir sovg‘a bergan talaba ezgu tilaklar ham bildirdi. Treningni o‘tkazish shartlaridan yana biri – sovg‘a taqdim etayotgan talaba o‘ziga yoqqan holatlarni ifodalash orqali tilak bildirishi lozim. Trening ishonarli bo‘lishi uchun biz tavallud kuni yaqin bo‘lgan talabani tanlab oldik. Bu trening talabalarda ular o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash, o‘zaro e’tibor, mehr-oqibatni shakllantirishga xizmat qildi.

-uchinchi bosqichda yana vaziyatni o‘qituvchi qo‘lga oladi. Bunda o‘qituvchi talabalarga “Qadriyatlar va men”, “Mening xayotimda qadriyatlarning o‘rni”, “Umummilliy qadriyatlarga mening munosabatim”, “Mening hayotim qadriyatlar bilan go‘zal”, “O‘zbekona qadriyatlar” kabi mavzularda referat yoki insho yozib kelishlarini topshiradi. Ammo har bir talaba mavzuni erkin tanlashi yoki boshqa qadriyatlarga xos mavzu doirasida referat yozishi mumkinligini aytib o‘tadi. Referatlar o‘qituvchi tomonidan o‘rganib chiqilgandan so‘ng, talabalarga tarqatiladi va muhokama kuni belgilanadi. Muhokama kunida o‘qituvchi eng yaxshi referatlar sohibini ma’lum qiladi. Shunday qilib referatlar talabalar tomonidan auditoriyadagi talabalarga ham o‘qib eshittiriladi. O‘qituvchi muammoli savollar bilan talabalarni muzokaraga chorlaydi va ularning munosabati, egallagan bilimlarini o‘rganadi. Qadriyatlarning inson hayotidagi o‘rnini yana bir bor talabalarga tushuntirib beradi. Quyida biz dasturni amalga oshirish jarayonida foydalangan bosqichlarning (1-2-3 etapdagi) holatini izohlab o‘tmoqchimiz.

 

1-jadval. 1-2-3 bosqichlardagi holatlarni solishtirish

1- Bosqich

2-bosqich

3-bosqich

Faoliyat markazida o'qituvchi turadi

Faoliyat markazida o’quvchi turadi

Faoliyat jarayonida teng huquqlilik o‘rnatilib, vaziyat o‘qituvchi nazoratida bo‘ladi

O'quv faoliyatini o'qituvchi tashkil etadi va boshqaradi

O'quv faoliyati o’quvchi va o'qituvchining o'zaro hamkorligi asosida tashkil etiladi

O‘qituvchi topshiriq beradi va natijani so‘raydi

O'quv jarayonida o’quvchining faolligi sezilmaydi

O'quv jarayonida o’quvchi faol mehnat qilib, qadriyatlarga oid bilim oladi

Har ikkala tomon bir xil harakatda bo‘ladi

Ta'limning tub mohiyati etkazilgan bilimlarni o'zgarishsiz takrorlashdan iborat

Ta'limning tub mohiyati o’quvchining mustaqil olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat

Ta'limning asosiy maqsadi takrorlash va mustahkamlash asosida amalga oshiriladi

 

 Bosqichlarni amalga oshirish jarayonida qo‘yidagi holatlarga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz: talabalar imkoniyatlarini inobatga olish; jarayon ishtirokchilarini birdek faollikka undash; talabalarning umummilliy qadriyatlarni o‘rganishga doir motivatsiyasini rivojlantirish; talabalarda har bir mashg‘ulot oldiga aniq va natijalari kafolatlangan maqsadlarni qo‘yish, shuningdek, ularda hududiy sharoitlardan qat’iy nazar natijaga erishish uchun muammoli vaziyatlardan chiqish usul va vositalarini izlab topish ko‘nikmalarini shakllantirish va boshqalar.

Demak, dasturni amalga oshirish jarayonida talabalarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishning samarali tashkiliy-pedagogik shakl, metod va vositalarini qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bunda innovasion metodlarni qo'llash biz tanlagan muammoning samarali bo‘lishiga olib keladi. Innovasion metodlarni qo'llash talabalarda voqealar rivojini oldindan ko'ra bilish, chamalash, o'z-o'zini anglash, hayotiy maqsadlarini amalga oshirish, axloq, e'tiqod, ishonch va turli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch. T.: Ma'naviyat, 2008. 379 b.

2.                  Musurmonova O. Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. – T.: O'qituvchi, 1996. – 190 b.

3.                  O'zbek pedagogikasi antologiyasi. 1-jild. T.: O'qituvchi, 1995.- 478 b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 14.01.2016 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.