ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ïðèìåíåíèå òåñòîâûõ çàäàíèé íà óðîêàõ ðîäíîãî ÿçûêà â íà÷àëüíûõ êëàññàõ

 

Ìóìèíîâà Íèëóôàð Àáäóðàõìîíîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida test topshiriqlaridan foydalanish

 

Muminova Nilufar Abduraxmonovna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.

 

O’zbekiston Respublikasining “Davlat Tili haqida”gi (1989-yil 21- oktabr), “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunida, shuningdek, ona tili Davlat ta’lim standartida barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida, shu jumladan, uning asosiy bo’g’ini hisoblangan o’rta umumta’lim maktablarida ona tili o’qitilishini tubdan yaxshilashni, ta’limning eng samarali metod, vosita va usullarini qo’llashni, muhimi o’quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish talab etiladi.[1]

Ona tili darslarini o’qituvchi katta mahorat bilan tashkil etishi kerak. Chunki har bir soat dars o’quvchiga yangi bilimlar beradi, mustaqil fikrlash, xulosalar chiqarishga, har bir o’quvchini o’zligini namoyon etishga, o’z nuqtai nazarini himoya qilishga keng imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari dars yakunida o’quvchilarning qanday bilimlar olganliklarini o’qituvchi tomonidan doimo nazorat qilib borilishi shart. Bu jarayonda savol-javoblar, turli xil interfaol metodlar va test metodidan foydalanish kerak. Ana shu metodlardan biri bo’lgan test metodi haqida fikr yuritamiz.

Test metodi. Ushbu metod o’quvchilar tomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bî‘yicha î‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy kî‘nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test î‘z mohiyatiga kî‘ra quyidagi savollardan iborat:

1)                 ochiq turdagi savollar (o’quvchilarning erkin, bafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2)                 yopiq turdagi savollar (o’quvchilar «ha», «yî‘q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniharli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

3)                 tî‘g‘ri javob variantlari qayd etilgan savollar (o’quvchilar î‘z yondashuvlariga kî‘ra tî‘g‘ri deb topgan javob variantini belgilaydilar).

Test metodini qî‘llashda aniqlanishi zarur bî‘lgan bilim, kî‘nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi o’quvchilar javoblarini aniq mezonlar bî‘yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, o’quvchi taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois o’quvchilar î‘z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyaga ega emas.

Test turlari quyidagicha bo’ladi:

1.                  yopiq test;

2.                  ochiq test;

3.                  to’ldiruvchi test;

4.                  moslikka doir test;

5.                  izchilikka doir test;

6.                  solishtirish testlari’

7.                  zanjirli test;

8.                  test repititor;

9.                  eslatuvchi testlar.

Boshlang’ich sinf ona tili dars jarayonida quyidagi test topshiriqlaridan foydalansih mumkin:

1-sinf “Ona tili” darsi uchun:

1. O harfi qatnashgan so’zlar qatori berilgan javobni belgilang.

a. ot, ona, olma, osh, olcha

b. archa, ariq, arra, askiya, aka.

c. uch, uchqun, ulug’, uka.

d. o’roq, o’tin, o’n, o’rik.

2. Berilgan rasmlardan lo bo’g’ini bilan boshlanadigan so’zni toping.

a.                  laylak

b.                  lola

c.                  sigir

d.                 limon

3. Berilgan rasmlardan qa bo’g’ini bilan boshlanadigan so’zni toping.

a.                  qalam, sham

b.                  qalam, qayiq

c.                  qo’ng’iroq, baliq

d.                 sham, randa

4. Qaysi qatorda so’zlar xato yozilgan?

a. ot, ona, olma, osh, olcha

b. arca, ari, ara, askiya, aka.

c. uch, uchqnu, ulug, uka.

d. o’rqo, o’tn, o’n, o’rk.

5. Qaysi qatorda so’zlar bo’g’inga to’g’ri ajratilgan?

a. ol-ma, os-ton-a

b. os-to-na, olm-a

c. do’-la-na, ma-shi-na

d. sov-g’a, da-ra-xt

2-sinf “Ona tili” darsi uchun:

1. Yozma nutqda gaplar qanday ajratiladi?

a. Tinish belgilari bilan

b. Ohang bilan

c. Gaplar ajratilmaydi

d. Ketma-ket yoziladi

2. Berilgan rasmlardan a harfi qatnashmagan so’zlarni yozing.

a. nok, chigirtka, kitob

b. fil, kitob, olti, nok

c. nok, olti, jirafa

d. kitob, jirafa, fil, olti

3. Xazonrezgilik so’zi nechta bo’g’indan iboratligini belgilang.

a. 5 ta bo’g’indan iborat

b. 4ta bo’g’indan iborat

c. 6 ta bo’g’indan iborat

d. 3 ta bo’g’indan iborat

4. Berilgan so’zlarning qaysi qatorida tutuq belgisi to’g’ri qo’yilganligini aniqlang.

a. qa’la, qat’iy

b. a’lo, mash’al

c. Sur’at, sana’t

d. Ta’lat, a’lo

5. Qaysi qatordagi kishilar ismi to’g’ri yozilganligini aniqlang.

a. Karima, Salima, lobar

b. Halim, Karim, Naima, lola

c. Karima, salima, Lobar, Lola

d. Karima, Salima, Lobar, Lola

3-sinf ”Ona tili” darsi uchun:

1. Kuchli his-hayajon quvonch, ajablanish bilan aytilgan gaplarga nima deyiladi?

a. undov gaplar

b. so’roq gaplar

c. darak gaplar

d. maqol.

2. Gapning bosh bo’laklari berilgan qatorini toping.

a. To’ldiruvchi, ega.

b. Ega, kesim.

c. Aniqlovchi, kesim.

d. Kesim, hol.

3. O’zakdosh so’zlar uchun umumiy qism nima deyiladi?

a. Bo’g’in

b. Gap

c. So’z yasovchi qo’shimcha

d. o’zak

4. Sonlar narsalarning joylashishi tartibini ham bildiradigan sonlar qaysi qo’shimchalar bilan yasaladi?

a. – ta, -dona

b. –inchi

c. kam, oz

d. –kor, -ta

5. Sonlar necha xilda yozilishini belgilang.

a. 2 xil

b. 3 xil

c. 4 xil

d. 5 xil

6. Fe’l so’z turkumining ta’rifini belgilang.

a. shaxs va narsa nomini bildirgan.

b. shaxs va narsaning belgisini bildirgan

c. shaxs va narsaning harakatini bildirgan

d. shaxs va narsaning sanog’ini bildirgan

7. Harakatning bajarilganligini bildirgan fe’llar qanday nomlanadi?

a. bo’lishli

b. bo’lishsiz

c. fe’l zamonlari

d. fe’l harakatni bildirmaydi.

Boshlang’ich sinf ona tili darslarida test metodini qo’llash darsning samaradorligini oshiradi, o’quvchilar bilimini mustahkamlaydi, olgan bilimlarini namoyon etishlariga olib keladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Αzbekiston Respublikasining “Talim tî‘g‘risida”gi Qonuni, 1997- yil

2.                  R.Ishmuhammedov, M.Yuldashev “Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar” Toshkent 2013- y.

3.                  Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topshiriqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009- yil. 3-bet.

4.                  Boshlang’ich sinf ”Ona tili” (1-2-3-sinf) darsliklari. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun darsliklari.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.05.2016 ã.



[1] Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topshiriqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009 yil. 3-bet.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.