ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Óçáåêñêèå íàöèîíàëüíûå èãðû â âîñïèòàíèè ïàòðèîòèçìà

 

×îðèåâà Ôåðóçà Àìðóëëàåâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Vatanparvarlik tarbiyasida ozbek xalq oyinlari

 

Choriyeva Feruza Amrullayevna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.

 

Bizga bobolarimizdan qolgan buyuk milliy merosimiz bor. Bu Vatanni sevish, uning uchun xizmat qilish, himoya qilish va gururlanish. Bu bizga avlodlardan-avlodlarga meros bo’lib qolgan va unga sodiq bo’lib yashash shu yurtdagi har bir insonning burchidir. Mana shu biz uchun vatanparvarlik deyiladi. Prezidentimiz I. A. Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida shunday ta’riflaydi: “Barchamizga ma’lumki, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib ulg’ayib boradi. Bu ildiz qancha teran bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo’ladi”[1].

Vatan atamasi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor ma’noda qo’llaniladi. Lekin har ikkalasida ham fuqarolarning o’z Vatanini asrashi nazarda tutiladi. Vatanparvar inson deganda biz:

-                     Vatanga mehr-muhabbatli;

-                     O’z millatining o’tmishi, urf-odatlari, an’analarini asray oladigan va u bilan g’ururlanadigan;

-                     Xalqning barcha moddiy va ma’naviy boyligini ko’z qorachig’iday asray oladigan;

-                     Vatanining taraqqiyoti uchun tinimsiz mehnat qila oladigan va Vatan mudofaasi uchun doimo shay turgan insonni tushunamiz.

 Yosh avlodni vatanparvar, Vatan yo’lida fidoyi insonlar etib tarbiyalashda xalq og’zaki ijodi namunalari, o’girlar, Sharq mutafakkirlarining ma’naviy merosidan keng foydalanamiz. Shu bilan bir qatorda o’zbek xalq o’yinlarining ham Vatanparvarlik tarbiyasida o’z o’rni bor.

O’zbek xalq og’zaki ijodida, folklorning katta-kichik janrlarida, ya’ni mitti maqollardan tortib, yirik asarlar –qahramonlik, ishqiy, romantic dostonlarda bosh mavzu yurtsevarlik ohanglari bo’lib kelgan. Vatan yo’lida fidoyilik ko’rsatish har bir insonning burchi va vazifasi hisoblanadi.

O’zbek bolalar folklori tarkibida g’oyat rang-barangligi bilan ajralib turuvchi o’yinlar xalqimizning necha ming yillik tarixi, turmush tarzi, ijtimoiy-axloqiy qarashlari va estetik didi haqidagi muhim ma’lumotlarni ifodalagan ma’naviy qadriyatdir.[2] Xalq o’yinlari bolalarni barkamol avlod qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin davomida bolalar jamoa bo’lib ishlashga, mas’uliyatni his etishga, bir-biriga g’amxo’rlikka, mehr-muhabbatga, mehnatga o’rgatadi. Bolalar o’yin orqali hayotni taniydi, bir-biriga bo’lgan munosabati shakllanadi. O’yinlar bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, botirlik, do’stlik, sofdillik, mardlik, do’stga yordam berish, zukkolik, hushyorlik, chaqqonlik, topqirlik kabi yaxshi fazilatlarni shakllantiradi.

Xalq oyinlarida ona-Vatanni himoya qilish, xalq manfaatini himoya qilish, Vatanga sadoqatli bolish goyasi ilgari suriladi. Bu o’yinlarga: “Qal’a himoyasi”, “Qo’rg’on himoyasi”, “Oq terakmi, ko’k terak”, “Oq sholi, ko’k sholi”, “Bayroq olish”, “Shaharlarga sayohat”, “Mening uyim bu” o’yinlari misolida ko’rishimiz mumkin.

Mening uyim bu oyini quyidagi tartibda otkaziladi: bolalar ikki guruhga bolinadilar va birinchi guruh oz maydonini aniq belgilan oladi. Belgilab olingan joyning ichida bayroq bo’ladi. Ikkinchi guruh shu uyga hujum qilishi va bayroqni olishi kerak bo’ladi. Birinchi guruh bolalar o’z “uylarini” doira shaklida qo’riqlaydilar, bir-birlarining qo’llarini zanjir usulida ushlab turadilar. Hujumchilar shu bir-biriga ushlangan qo’llarni uzib bayroqni olishlari kerak. Bu o’yin orqali o’quvchilar o’z uylarini “Vatan”ni qo’riqlash kerakligini, dushmanlarga bo’yso’nmaslik, ularga qarshi kurashish lozimligini o’rganadilar.

Qorgon himoyasioyinida bolalar ikki raqib tarafga bolinib, ozlariga boshliq sardor tayinlaydilar. O’yin keng maydonda o’tkaziladi. Katta, kichik hajmdagi uchta doira chiziladi. Kichik doira qo’rg’on (Vatan) hisoblanadi. Bir taraf qo’rg’onni himoya qilib, o’rta doira chizig’i ustida hujumchilarni kutib turadi. Hujumchilar katta doira chizig’idan qo’rg’onga qarab hujum qilishi, himoyachilarni aldab, kichik doiraga kirishi lozim bo’ladi. Qo’rg’on himoyachilari hujumchilar yo’lini to’sib, ularga qo’l tekkizib asir olishga harakat qiladilar. Qo’l tekizolmay hujumchini o’tkazib yuborgan himoyachining o’zi asir bo’lib o’yindan chiqadi. Qo’rg’on himoyachilari faqat o’ng tomodan o’tgan hujumchinigina qo’l bilan urib asir olishi mumkin. Hujumchiga qo’l tekkiziladi, ushlab olish mumkin emas. Bir qo’riqchi oldidan bir hujumchi o’tadi, ko’pchilik bo’lib o’tish hisobga olinmaydi. O’yin davomida har bir bolada o’z yini qo’riqlash, Vatanini dushmanlardan asrash, dushmanlar hujumidan asrashga urinayotgan vatanparvar siymosi gavdalanadi. [3]

Yosh avlodni varanparvar etib tarbiyalashda xalq o’yinlaridan foydalanish o’zining ijobiy natijalarini beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat. 2009. 90-bet.

2.                  Safarova N. O’zbek bolalar o’yini folklori tabiati. T. “Fan” 2008. 35-bet

3.                  Safarova N. “O’zbek bolalar o’yin folklori tabiati”. T.: O’zb-n. Res. Fan. Akademiyasi. “Fan” 2008, 7-bet.

4.                  Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: ’’O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010 y.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.05.2016 ã.



[1] Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat. 2009. 90-bet.

[2] Safarova N. “O’zbek bolalar o’yin folklori tabiati”. T.: O’zb-n. Res. Fan. Akademiyasi. “Fan” 2008, 7-bet.

[3] Safarova N. “O’zbek bolalar o’yin folklori tabiati”. T.: O’zb-n. Res. Fan. Akademiyasi. “Fan” 2008, 7-bet.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.