ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

«Àâåñòî» â ðàññóæäåíèÿõ ýêîëîãè÷åñêîãî ïðîãðåññà

 

Ìóõàììàäèåâà Ìàíçóðà Ìàðàòîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Ekologik fikrlar taraqqiyotida “àvesto

 

Muhammadiyeva Manzura Maratovna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchis.

 

Hozirgi kundagi global muammolardan biriekologik vaziyat hisoblanadi. Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabatlarning buzilishishiga asosiy sabablardan biri ekologik bilimlarning yetishmasligidir, tabiat bilan bo‘lgan munosabatda aql bilan ish tutilmasligidir. Buning natijasida esa insoniyatni halokatga boshlovchi muammolar yuzaga kelmoqda. Toza suv ichimlik suvining yetishmasligi, havoning ifloslanishi, aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashning keskin kamayishi, tabiiy resurslarning keskin kamayishiga olib keladi.

Ekologik bilim- bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o‘zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit o‘rtasida bo‘lib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirishdan iboratdir.

Tabiat shunday odilki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Insoniyat tabiatga qanday zarar keltirsa, insoniyatga shunday zarar keltiradi. Keyingi yillarda tabiatga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish, turli tuman ofatlar keltirib chiqarmoqda. Bu ofatlarni keltirib chiqarmaslik, uning oldini olish, tabiatni asrab-avaylash – o‘zimizning insoniyatning o‘z qo‘lidadir.

Tabiatni asrash, uni ehtiyot qilish muammosi hozirgi davrda emas, balki insoniyatning qadim zamonlaridan biri o‘rganilib kelinmoqda. Xalq og‘zaki ijodida, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-adabiy merosida keng yoritib kelingan. Shu jumladan, qadimiy yodgorlik bo‘lgan “Avesto” da ham keng yoritilgan.

Avesto” zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi bo‘lib, u bizning qadimiy tariximizdan darak beradi. “Avesto” haqida Prezidentimiz I.A. Karimov shunday ta’kidlaydi: “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududiga yaratilgan, “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida alohida o‘rin tutadi ” [1]. Darhaqiqat, bu tarixiy yodgorlik o‘zbek xalqining buyuk ma’naviy merosi hisoblanadi. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi va shu bilan birga ilm-fan, hayotning barcha sohalari bo‘yicha ancha mukammal ma’lumotlar beradigan ulkan, eng ko‘hna manba hisoblanadi. Ushbu kitobda O‘rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, qo‘shiqlari, diniy oyatlari, marosimlari haqida ma’lumotlar berilgan. “Avesto”ning asosiy g‘oyasi quyidagicha ifodalanadi: ”Ezgu o‘y, ezgu so‘z va savob ishlar bilan ezgu ishni alqayman. O‘zimni bari ezgu o‘ylarga, ezgu so‘zlar aytishga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman”.

“Avesto” sof diniy kitob bo‘lmay, balki ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ham ega bo‘lgan nodir qomusiy yodgorlikdir. Ushbu kitobda shaharu qishloqlarni obod qilishga, bog‘u rog‘larni, yaylovlarni ko‘paytirishga, madaniy turmushni rivojlantirishga, oilani asrash, farzand tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Buni quyidagi misolda ko‘rishimiz mumkin.

Zardo‘sht so‘radi: “Ey jismoniy olam parvadigori Axuramazda, rosi bilan menga aytchi, yer yuzining ko‘rki va shodligi bo‘lmish o‘sha makon qayerda?”

Axuramazda aytdi: “U shunday bir yurtki, u yerda bandalarim o‘zlariga maskan, ibodat uchun otashkadalar, hayvonlarga qo‘ralar qurib, oilalai, bola-chaqali, kuchli qurolli bo‘ladilar. Ana shu taqdirda ularning yurtida hayvonlar ko‘payadi. Xayru baraka oshadi, yaylovlar ko‘payadi, oila bunyoq bo‘ladi, turli tuman nozu ne’matlar serob bo‘ladi”. “Bolalar yosh paytidayoq daraxt ko‘chati o‘tkazish, uy-ro‘zg‘or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishlariga o‘rgatilishlari shart. Bug‘doy o‘stira boshlansa, devlarni qora ter bosadi, sovutilgan bug‘doy tayyor bo‘lsa, devlar zaiflashib qoladi, un tayyor bo‘lgach esa devlar nola-fig‘on chekishadi. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ekin ekish – demak yerdagi yovuzlikni yo‘qotishdir, chunki don yetilganda devlarni ter bosadi. Suv yoki (ov) itini o‘ldirgan kishi 10000 barsum, 10000 ruhiyatni tetiklashtiradigan o‘simlik bargi berish kerak”.

“Avesto”da uy jonivorlarini ehtiyot qilishga alohida e’tibor berilgan. Yer, suv, zaminni toza tutish, tozalikka rioya qilishga alohida e’tibor berilgan. Unda go‘ristonlarni shahar va qishloqlardan yiroqda joylashtirish, uni o‘rab qo‘yish, murda tekkan libos, yerlarni qatron qildirish xususida foydali maslahatlar bor. Inson yoki hayvon o‘ligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni bo‘shatish, yomg‘ir suvi bilan yuvish, to‘ldirib bo‘shatish ta’kidlanadi. Bundan tashqari yerni iflos qilgan va uni saqlash qoidalarini buzgan shaxslar “qirq qamchi urish jazosiga” giriftor qilingan. Inson yashayotgan xonada yuvinish va cho‘milish qat’iyan man etilgan.

“Avesto”da berilgan pedagogik fikrlardan bolalar tarbiyasida keng foydalanish mumkin. Ayniqsa, tabiatni asrash, avaylash, hayvonlarga ozor bermaslik, yerni asrab - avaylash umuman ekologik g‘oyalardan o‘quvchilarni ekologik tarbiyasida muhim o‘rin tutadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  I. A.Karimov Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch T.: Sharq 2008. 31- bet

2.                  Pedagogika. / prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: ’’Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyatinashriyoti, 2010 y.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: Oqituvchi. 2010 y.

4.                  Zunnunov A. O‘zbek pedagogikasi tarixi. T.: O‘qituvchi. 1997. 267-b.

5.                  Hoshimov K. Pedagogika tarixi. T.: O‘qituvchi. 1996. 265-b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.05.2016 ã.



[1] I. A.Karimov Yuksak manaviyatyengilmas kuch T.: Sharq 2008. 31- bet.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.