ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Äèäàêòè÷åñêèå èãðû, èñïîëüçóåìûå äëÿ ïîâûøåíèÿ ýôôåêòèâíîñòè óðîêîâ ðîäíîãî ÿçûêà â 1 êëàññàõ íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ

 

Ìóìèíîâà Íèëóôàð Àáäóðàõìîíîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàíà.

 

Boshlang‘ich ta’lim 1- sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirishda foydalaniladigan didaktik o‘yinlar

 

Muminova Nilufar Abduraxmonovna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi.

 

Boshlang‘ich ta’lim jarayonida har bir fan o‘ziga xos xususiyat va ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan ona tili fani bolalarni imloviy savodxonligini oshirishda, yozma va og‘zaki nutqini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Boshlangich ta’lim jarayonida ona tili darslarining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

smmyt.ru

íàêðóòêà

smmyt.ru

- ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, ozgalar fikrini aniqlash, oz fikrlarini ogzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi;

 - ona tili ta’limi standarti ko‘rsatgichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga o‘rgatish nuqtai nazardan belgilanadi.

Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘quvchilarning ona tili ta’limi bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar quyidagi uch parametrda standart mezon orqali aks ettiriladi:

 a) o’qish texnikasi;

 b) o’zgalar fikrini va matn mazmunini anglash;

 c) fikrni yozma ravishda bayon eta olish.

1- sinf Ona tili darslarida o’quvchilar quyidagi bilim, ko’nikma, malakalarga ega bo’lishi lozim:

Bilim:

Nutq. Og‘zaki va yozma nutq. Gap, so‘z, bo‘g‘in, unli va undosh tovushlar, alifbo, so‘z ma’nosi, gap va matn, o‘zbek tilidagi 30 ta tovush, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasi borligini bilish;

Ko’nikma:

 Tovush va harfni farqlay olish. Harflarni to‘g‘ri yoza bilish. So‘z ma’nolarini farqlay olish va ularga so‘roq berish. Gaplarni ifoda mazmuniga kora farqlay olish. Diktant turlarini farqlay olish. So‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolarini farqlay olish. Tabriknoma, taklifnoma, e’lon yoza bilish.

Malaka:

15-20 so‘zdan iborat diktant yoza olish. Matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish. 2-3 gapdan iborat sodda matn tuzish. O‘quvchiga tanish bo‘lgan va ko‘z oldiga keltiria oladigan buyum, manzara, voqea-hodisalar tasviri, ruxsat so‘rash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini ishlab chiqish.[1]

O‘quvchilar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malakalar darsliklar va ularning mavzularida aks ettiriladi. O‘quvchilar bu mavzular bilan tanishar ekanlar, yangi bilimlarga ega bo‘lib boradilar. Pedagog esa ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga, o‘quvchilarning bilim olish bosqichlarini ketma-ket amalga oshirish vazifasini bajaradi. Bizga ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziquvchan, bilimga ishtiyoqi keng bo‘ladi. O‘qituvchi metodlar, ko‘rgazmali vositalar bilan bir qatorda didaktik o‘yinlarni keng qo‘llaydi.

Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayonida o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik o‘yinlar qoidali o‘yinlar jumlasiga kiradi. Bunday o‘yinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, o‘yinning borishini belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratadigan aqliy va irodaviy urinishni tashkil etadi. Didaktik o‘yinlarda asosiy fikrlash jarayonlarni –tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish takomillashadi.

O‘yin jarayonida o‘quvchilarning ish faoliyati kuchayadi, ixtiyory diqqati, xotirasi takomillashadi. O‘yinda bolalar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni bajaradilar, birgalikda jamoa bo‘lib ishlaydilar. O‘z fikrlarini mustaqil bayon etadilar, do‘stlik, o‘rtoqlik, bir-birini hurmat qilish hissi uyg‘onadi.

 1- sinf Ona tili darslarida didaktik o‘yinlarning bir nechta turlaridan keng foydalanish mumkin. Biz ana shunday didaktik o‘yin turlarini tavsiya etamiz. (Didaktik o‘yinlarni qo‘llanilishini 1- sinf Ona tili darsligidagi mavzular yuzasidan tahlil etildi.)

”Unli tovushlar va harflar” mavzusiga oid:

b) Berilgan rasmlarning nomlarini topib, tushib qolgan unli harflarni o‘z o‘rniga qo‘ying.

 

 

”So‘z” mavzusiga oid:

2. ”Keyingi bo‘g‘inni top” didaktik o‘yini.

 Bu didaktik o‘yin yakka tartibda yoki guruh shaklida ham o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi tomonidan bosh bog‘inlar beriladi. O‘quvchilar ana shu bo‘g‘in bilan boshlanadigan yangi so‘zlarni aytadilar. (1- tarqatma).

 

 

 3. ”Davom ettir” didaktik o‘yini:

O‘qituvchi gapning birinchi qismini aytadi, o‘quvcilar esa davom ettiradilar. Bu didaktik o‘yin o‘quvchilarning zukkoligini oshiradi, hozirjavoblikka o‘rgatadi.

1. Men bugun matematika fanidan..................................

2. Shaxrisabz qadimiy va ...............................................

3. Yomg’ir tingach.......................................................

4. Bahor faslida...............................................................

5. Bahor faslida qushlar..................................................

6. Qumri xola bolalarga..................................................

 

4. ”So‘zdan marjon tizing” didaktik o‘yini.

Bu o‘yinda o‘qituvchi o‘quvchilarga so‘zlarning aralash to‘plamini tavsiya etadi va uyadosh so‘zlarni alohida, ya’ni marjon tizgandek yozishni aytadi. O‘quvchilar yozishadi va navbat bilan o‘qib berishadi. Qaysi o‘quvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, o‘yin g‘olibi bo‘ladi.[2]

”So‘z” bo‘limiga oid:

1. Kishilar ismiga oid so‘zlar: Dilbar, Lola, Halima, Asadbek, Karim

2. Joy nomlariga oid so‘zlar: Buxoro, Koreya, Qarshi. Samarqand, Kesh

3. Hayvon nomlariga oid so‘zlar: Olapar, Mosh, Targ’il, Boychibor

4. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar: o‘qidi, yozdi, gulladi, tepdi

5. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar: chiroyli, baland, achchiq

6. Shaxs va narsaning miqdori va tartibini bildirgan so‘zlar: beshta, o‘nta, uchta

 Bu didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari kengaytiradi, mavzuga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi. O‘z fikrlarini mustaqil va tezda bayon etishlariga olib keladi. O‘qituvchining darsda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va oquv dasturi. T. : 2010.

2.                  Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- Ò.: ’’O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010,- 400 b.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika Ò.: Oqituvchi. 2010 y. 254-263 b.

4.                  Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o‘yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

5.                  Gafforova T. va boshqalar. Ona tili. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. T. : Sharq, 2016 y. 111-b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 05.04.2017 ã.



[1] Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. T. : 2010.

[2] Bobomurodova A. Ona tili ta’limi jarayonida o’yin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

 

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.