ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ñîâìåñòíàÿ ðàáîòà ó÷èòåëÿ ñ ðîäèòåëÿìè

 

Ñàéèäîâ Ìåðîæ,

Àçèçîâà Äèëíîçà,

Çàðèïîâà Ìóñëèìà,

Ïðåïîäàâàòåëè Êàøêàäàðüèíñêîãî ÎÈÏÏÊÐÍO.

 

O’qituvchining ota-onalar bilan hamkorligi

 

Sayidov Meroj,

Zaripova Muslima,

Azizova Dilnoza.

 

Maktabda ta‘lim-tarbiya ishlarining samaradorligi faqat o’qituvchining tayyorligi, ma‘naviy qiyofasi va o’z vazifasini qanday bajarishiga bog’liq bo’lib qolmasdan, bola yashaydigan muhit va oilaning ta‘siriga ham bog’liqdir. Oila bolani axloqiy tarbiyalash, uning ma‘naviy-axloqiy yo’nalishlarini shakllantirishning muhim omilidir. Oila bola tarbiya oladigan eng birinchi jamoa bo’lib, dastlabki axloqiy tajriba oilada orttiriladi.

Har bir inson yoshlikda ota ona qo’lida tarbiya oladi. Oila tarbiyasi orqali ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqidagi dastlabki tassavurlar hosil bo’ladi. Oilada shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlari o’sa boshlaydi. Bola maktabga qadam qo’yganida yaxshi va yomon narsalar haqida o’z tassavurlariga ega bo’ladi. O’qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va bu tushunchalar, qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog’i kerak. Shuning uchun ham muallim o’quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog’lab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi lozim.

Bolani maktabga, o’qishga qabul qilayotganda muallim uning ota-onasi bilan tanishadi. O’qituvchi bilan ota-onaning muomalasi, aloqalari ana shu tanishuvdan boshlanadi, muallim bilan ota-onalar o’rtasida axloqiy-pedagogik munosabatlar bola maktabni bitirguncha davom etadi. Pedagogik amaliyot shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar ko’pincha tarbiyasi qiyin bolalarning ota-onasi bilan aloqa o’rnatadilar. Muallimning ota-onaga e‘tibori ko’pincha bolaning yomon xulqi, salbiy qiliqlari bilan bog’liq bo’ladi. Agar bola mo’min qobil, odobli bo’lsa, ayrim muallimlar uning ota-onasi, oiladagi tarbiyasiga deyarli e‘tibor bermaydi.

Tarbiyaning samaradorligi ko’pincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo’ya bilishiga bog’liq. Shuning uchun ham pedagogik axloqqa o’qituvchi bilan ota-onalarning o’zaro munosabatlari, muomalasi masalasiga katta e‘tibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va hamkorlik qilmasdan turib bolani axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan axloqiy fazilatlarni mustahkamlashi yoki salbiy sifatlarni qayta tarbiyalashi lozim bo’ladi.

Har bir bolani yaxshi odam qilib tarbiyalashda muallim ham, ota-ona ham manfaatdor. Maqsad birligi o’qituvchini ota-onalar bilan bog’lab turadi. Bolani yoqtirsa ham, yoqtirmasa ham ota-onasi bilan aloqada bo’lish muallimning vazifasi.

O’qituvchi odobi muallimda ham, ota-onada ham hato fikr, noto’g’ri taassurot bo’lmasligini taqazo qiladi. Bu printsipga avvalo muallim amal qilishi lozim. Chunki, bu pedagog tarbiyachi sifatida o’zini tutishi, mabodo ota-onalarning u haqidagi biror fikri xatolarini sezsa ham, mayda chuyda o’tkinchi gaplarga berilib ketmasligi zarur. Muallim ko’nglida kek saqlashi, bola bilan muomalasida axloq qoidalarining buzilishiga sabab bo’ladi. Muallimning ota-onalar bilan to’g’ri muomala qilishi murakkab nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko’pchiligi o’rta yoki oliy ma‘lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidenie, internet va boshqa ishtimoiy tarmoqlar hamda radio orqali ko’pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar.

Ko’pgina muallimlar ota-onalar majlisidan tarbiyaning vositasi sifatida o’rinli foydalanadilar. Maktab bilan oila o’rtasidagi muomala munosabatlar jarayonida konflektlar, nizolar sodir bo’lishi tabiiydir. Chunki bolalarning individual xususiyatlari, xarakteri juda xilma-xildir. Ular bilan muomalada hech ko’tilmagan hodisalarga duch kelinadi. Bola tajribasizligi tufayli hato qilishi mumkin. Bunday paytlarda maktab rahbari va pedagoglar muomala odobi qonuniyatlariga qat‘iy amal qilishlari talab etiladi.

Shunday vaziyatlar ham bo’ladiki, o’g’il yoki qiz bola maktabda o’zboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo’pol, o’zboshimcha, maktabda esa o’zini xushmuomala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sababni ko’rsatish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Demak, o’qituvchi va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo’lsa ham ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala-munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo’lmaydi. Shuning uchun ham bunday vaziyatlarda muallim ota-onalar bilan muomalasida quyidagi odob mezonlariga amal qilmog’i lozim: muallim ham, ota-ona ham bolada ro’y berayotgan o’zgarishlarga befarq qaramasligi; bolaning hulqida uchragan nuqsonni yashirmasliklari; maktab bilan oila orasidagi muomala samimiy bo’lishi; bolaning xulqi maktabda ham, uyda ham bir xil bo’lishi, ota-ona ham bola haqida ko’proq bilishga intishlari; muallim ota-onalarning his-tuuyg’ularini e‘tiborga olishi, qadr-qimmatlarini e‘zozlashi darkor.

Xulosa qilib aytganda pedagog ota-onalar orasida olib borayotgan targ’ibot muomala odobini kengroq yoyishga xizmat qilishi zarur. Pedagogning bola haqidagi tanqidiy gaplari, bolasi qanday bo’lishidan qat‘i nazar, ota-onaning nafsoniyatiga tegadi. Pedagog bilan ota-onalar o’rtasida nizolarga sabab bo’ladi. Shuning uchun muallim bolaning xatosini bo’rttirib ko’rsatmasligi kerak. Bunday paytlarda o’qituvchi odob qoidalariga qat‘iy rioya qilishi, aql-idrokini hissiyotidan ustun qo’yishi zarur.

 

Adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Munavvarov. A. “Pedagogika” –Toshkent, O‘qituvchi, 1996.

2.                  Ochilov. M, Ochilova. N. “O'qituvchi odobi” Toshkent “ O'qituvchi” 2000.

3.                  Xoliqov.A. “Pedagogik mahorat” Toshkent “Iqtisod-moliya” nashriyoti 2011.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 11.10.2017 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.