ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Íåîáõîäèìîñòü è àêòóàëüíîñòü ïðîáëåìû çàùèòû ìîëîä¸æè îò äóõîâíûõ óãðîç ñ ïîìîùüþ îáùåíàöèîíàëüíûõ öåííîñòåé

 

Îðèïîâà Íîäèìà Õàëèëîâíà,

êàíäèäàò ïåäàãîãè÷åñêèõ íàóê, äîöåíò êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ,

Äæóìàåâà Õóëêàð,

ìàãèñòð 2-êóðñà.

Êàðøèíñêèé ãîñóäàðñòâåííûé óíèâåðñèòåò, Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàí.

 

Umummilliy qadriyatlar vositasida yoshlarni ma’naviy xurujlardan himoyalash muammosining zarurati va dolzarbligi

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang’ich talim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.,

DJumayeva Xulkar,

Qarshi davlat universiteti, 2-kurs magistri.

 

Ushbu maqolada yoshlarni ma’naviy xurujlardan himoyalashning zarurati va dolzarbligi ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, unda ma’naviy xurujlarning turlari, kelib chiqish sabablari ham keltirib o‘tilgan.

Asosiy tushunchalar: umummilliy qadriyat, ma’naviyat, ma’naviy xuruj, ommaviy ma’naviyat, shaxs e’tiqodi va boshqalar.

 

Xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va axborot xurujlari kuchayib borayotgan hozirgi murakkab sharoitda yoshlar ma’naviyati pokligini saqlash va bu vazifalarni tekis va silliq amalga oshirish o‘ta qiyin, murakkab masaladir.       Mamlakatimizning har bir fuqarosi, xususan o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘z mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, turli ma’naviy tahdidlarga bardosh berishi mushkuldir. Buning uchun xalqimiz, xususan yoshlarimizdan yakdillik, birdamlik, shijoat, mustaqil fikrlash, sog‘lom e’tiqod, bilim –xullas ma’naviy va jismoniy yetuklik talab etiladi. Zero, har tomonlama yetuk yoshlargina turli ma’naviy, mafkuraviy xurujlardan o‘zlarini himoya qila oladilar, hayotga ongli munosabatda bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligi, osoyishtaligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajavuzlarga qarshi tura oladilar.

Ìamlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarlarida shunday deganlar: “...farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zbo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin” [1].

Darhaqiqat mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, yoshlarimizni har qanday ma’naviy xurujlardan tarbiya orqali himoya qilishimiz mumkin. O‘z navbatida bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotmasligimiz darkor.

Bizga ma’lumki, istiqloldan so‘ng yurtimizda qadriyatlar muammosi va yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga alohida e’tibor berila boshlandi. Uning ilk targ‘ibotchisi va muallifi O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovdir. I.Karimov o‘zining nutqlari va asarlarida qadriyatlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rniga yuqori baho berdilar va yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashning mezon, vosita, manbalarini ko‘rsatib o‘tdilar.

Shuningdek globallashuv jarayonlari, uning shaxs ma’naviyatiga ta’siri borasida S.Otamuradov, L.Y.Grinnin, Baxodir Zokir, M.Xolbekov, U.Idirov, S.Toshxujayev, Sh.Odilxonova, Sh.To‘rayev kabi tadqiqotchilar atroflicha shug‘ullanishgan[2].

Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarga tayanish va uni pedagogik jarayonda muvaffaqiyatli qo‘llash shartlariga bag‘ishlangan qator ishlar pedagog olimlar: S.Nishonova , O.Musurmonova, U.Mahkamov kabilar tadqiqotlarida namoyon bo‘ladi. Mazkur tadqiqotlarda yoshlar ma’naviyatini shakllantirish mezonlari, qonuniyat va shakllari, manba va vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, milliy va umummilliy qadriyatlar vositasida yoshlarni yuksak ma’nayatli insonlar qilib voyaga yetkazishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Biz tadqiq etayotgan muammoning falsafiy jihatlari faylasuf olimlar: J. Tulenov, A.Erkayev, Q. Nazarov, E. Yusupovlar tomonidan tadqiq etilgan.

Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlari va adabiyotlarni o‘rganish va yoshlar faoliyatini kuzatishdan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoyalash muammosi bugungi kunda yetarlicha hal etilmagan muammo bo‘lib kelmoqda.

Biz ushbu muammoni tadqiq etar ekanmiz, yoshlarimiz ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritdik:

1.                  Ommaviy madaniyat tahdidi.

2.                  Internet, telefon, disklar orqali tarqalayotgan tahdidlar.

3.                  Turli milliy va umummilliy ma’naviyatga zid bo‘lgan g‘oyalar tahdidi.

4.                  Odam savdosi.

5.                  Kashandalik va giyohvandlik.

6.                  Ishyoqmaslik.

7.                  Beparvolik.

Yuqorida sanab o‘tgan salbiy omillar ta’siriga berilish bir qator sabablar natijasida ro‘y berishi mumkin, bular:

1.                  Shaxs faoliyatining to‘g‘ri yo‘naltirilmaganligi.

2.                  Shaxsda e’tiqodning shakllanmaganligi.

3.                  Oilada va mahallada yoshlar tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborning pastligi

4.                  Shaxsda yuqoridagi salbiy omillarga nisbatan immunitet shakllantirilmaganligi va boshqalar.

Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra ushbu muammoning dolzarbligini quyidagilar bilan izohladik:

·                    bugungi davrda ommaviy madaniyat, missionerlik, egotsentrizm kabi vayronkor g‘oyalarning globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bo‘lishi va ularning yoshlar ma’naviyatiga ko‘rsatayotgan ta’siri;

·                    ma’naviy tahdid va tajavvuzlar natijasida yoshlarning faoliyatdan chetga chiqishi, sog‘lom e’tiqod yo‘lidan adashishlari;

·                    yoshlar xulqida jismoniy va ruhiy og‘ishlarning namoyon bo‘lishi, o‘zlarini oila va jamiyatga begona his etishlari;

·                    ma’naviy tahdidlarning oila va boshqa muassasalarda ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri;

·                    bugungi kun yoshlarini ko‘proq moddiy qiymatga ega boyliklar qiziqtirayotganligi;

·                    yoshlarda ma’naviy xurujlardan himoyalanish immunitetini to‘la shakllanmaganligi va boshqalar.

Mazkur muammo yechimida biz diqqatimizni quyidagilarga qaratishni lozim deb bildik:

-                   yoshlarga globalluv jarayonlari, uning ijobiy va salbiy jihatlari, ma’naviy tahdid turlari va ularning shaxs dunyoqarashiga salbiy ta’sir doirasi haqida bilimlar berish;

-                   bugungi davr yoshlarining qiziqish va istaklarini o‘rganish, shunga muvofiq ular faoliyatini yo‘naltirish ishlarini tashkil etish;

-                   ma’naviy tahdidlar qurboniga aylangan yoshlarning oila va mahallalaridagi mavjud holatni o‘rganish orqali muammoning asl sababini ochib berish;

-                   yoshlarni ma’naviy xurujlardan himoyalashning ishonchli yo‘llari va usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Yuqoridagi tahlillarga shuni ta’kidlashimiz lozimki, yoshlar ma’naviy tarbiyasini bugungi kunga kelib, dunyoda mavjud bo‘lgan global muammolar qatoriga kiritishimiz mumkin. Negaki, yuqorida ta’qidlanimizdek, hamon yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli tahdidlar va ularning salbiy oqibatlari mavjud ekan, yoshlar tarbiyasi global muammoligicha qolaveradi. Demak, biz pedagoglarning muhim vazifalarimizdan biri ham yoshlarni turli ma’naviy xurujlardan himoyalash mexanizmlari va yo‘llarini izlab topish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida samarali qo‘llashdan iboratdir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.T.: Ma’naviyat,2008,-4 b.

2.                  Otamuradov S.Globallashuv va millat.T: “Fan”, 2008.

3.                  Grinnin L. Y. Globalizatsiya i natsionalniy suvrenitet: istoriya i sovremennost M.¹1, 2005, s 8-11

4.                  Boxodirov Z Globallashuv ziddiyatlari -Tafakkur, ¹1. 2004.

5.                  To‘rayev.SH. Ma’naviy taxdid: falsafiy talqin. – T: “Muharrir”, 2010.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 23.01.2017 ã.



[1] Êàðèìîâ È. À. Þêñàê ìàúíàâèÿò-åíãèëìàñ êó÷. Ò.: Ìàúíàâèÿò, 2008, -4 á.

[2] Îòàìóðàäîâ Ñ.Ãëîáàëëàøóâ âà ìèëëàò.Ò: “Ôàí”, 2008; Ë.É.Ãðèííèí.Ãëîáàëèçàöèÿ è íàöèîíàëüíèé ñóâðåíèòåò: èñòîðèÿ è ñîâðåìåííîñòü Ì.¹1, 2005, ñ 8-11; Áîõîäèðîâ Ç Ãëîáàëëàøóâ çèääèÿòëàðè -Òàôàêêóð, ¹1. 2004; Õîëáåêîâ Ì Àäàáè¸òäà ãëîáàëëàøóâ æàðà¸íè - Òàôàêêóð, ¹4. 2006; Èäèðîâ Ó, Òîøõóæàåâ Ñ. Õàëқàðî ãëîáàëëàøóâíèíã ÷óқóðëàøóâè. Æàìèÿò âà áîøқàðóâ. ¹2, 2007 é;Ò¢ðàåâ.Ø. Ìàúíàâèé òàõäèä: ôàëñàôèé òàëқèí. – Ò: “Ìóҳàððèð”, 2010. Îäèëõîíîâà.Ø. Îììàâèé ìàäàíèÿò òàõäèäè. Ò; 2010.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.