ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ãëîáàëèçàöèÿ – ñìûñë è ñóùíîñòü

 

Îðèïîâà Íîäèìà Õàëèëîâíà,

êàíäèäàò ïåäàãîãè÷åñêèõ íàóê, äîöåíò êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ,

Äæóìàåâà Õóëêàð,

ìàãèñòð 2-êóðñà.

Êàðøèíñêèé ãîñóäàðñòâåííûé óíèâåðñèòåò, Ðåñïóáëèêà Óçáåêèñòàí.

 

Globallashuv tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlang’ich talim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.,

DJumayeva Xulkar,

Qarshi davlat universiteti, 2-kurs magistri.

 

Ushbu maqolada globallashuv tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati hamda ushbu tushunchaga keltirilgan ta’riflarning izohi tahlil qilingan. Shuningdek, unda globallashuv jarayonlarining salbiy va ijobiy jihatlari, kelib chiqish omillari ham fikr bildirilgan.

Asosiy tushunchalar: globalizatsiya, integratsiya, ma’naviyat, ma’naviy xuruj, tahdid, axborot xurujlari, ekologik muammolar, ommaviy ma’naviyat va boshqalar.

 

Har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish yo‘lida qayg‘urmagan xalqning, millatning kelajagi va buguni yo‘qdir. Xalqlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish, dunyo hamjamiyati tinchligi, barqarorligini saqlashga chorlash, inson qadr-qimmatini yuksaltirish, uning sog‘lig‘i va baxt-soadati yo‘lida qayg‘urish, ona sayyoramizning barcha xalqlar uchun yagona vatan ekanligini yoshlarga anglatish jamiyatning faol a’zolari, chunonchi, ziyoli va pedagoglar oldida turgan kechiktirib bo‘lmas masaladir.

Shuning uchun ham barkamol avlodni shakllantirishdek buyuk vazifani amalga oshirish davom etayotgan hozirgi davrda yoshlarni globallashuv jarayonlarida ma’naviy xurujlardan himoyalash dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

Xo‘sh globallashuv o‘zi nima? unga berilgan ta’riflarning mazmuni qanday?

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch asarida” globallashuv jarayonlari haqida yanada teranroq fikrlar bildirilgan. Yà’ni hu xususda I. Karimov shunday fikr bildirgan: «Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda».[1]

I. Karimovning ta’rif va fikrlarini yanada teranroq o‘rganadigan bo‘lsak, birinchi Prezidentimiz globallashuvning har ikki jihatiga to‘xtalib o‘tganligini ko‘ramiz: “Globallashuv — bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investetsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining ortishi – tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda.”[2] .

Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983 yilda “Garvard biznes revyu” jurnalida e’lon qilgan maqolasida qo‘llanilgan edi. Unda aytilishicha, Globallashuv – transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli – tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni.”[3]

Uni o‘rganish jarayoni esa Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish maqsadiga qaratilgan obyektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan davridan boshlangan.[4]

Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Aksariyat ko‘pchilik ilmiy tadqiqotlarda globallashuvni lotin tilidagi “globus” shar, fransuz tilidagi “global” umumbashariy so‘zlari bilan ta’riflaydilar. Respublikamiz olimlari hamkorligida nashr etilgan “Falsafa qomusiy lug‘ati”da “Global (umumbashariy) muammolari” tushunchasi berilgan. Unda bu tushuncha (Fransuzcha global eng umumiy) o‘z ko‘lami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun yer shariga, insoniyatga dahldor bo‘lgan muammo ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek mazkur lug‘atda global muammolar keng ma’noda inson va tabiat o‘rtasida o‘zaro aloqalarning buzilganligini anglatadi, deb ko‘rsatiladi hamda bugun jahonda yuzaga kelgan global muammolarning bir nechtasi misol tariqasida keltiriladi.

Rus olimi L.YE. Grininning fikricha, globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir”. U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. “Globallashuv bu jarayon, uning natijasida dunyo o‘zining barcha subyektlariga yanada aloqador va yana ham bog‘liq bo‘ladi”[5].

2002 yilda nashr etilgan O‘zbekiston milliy enseklopediyasida global va globallashuv tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Global-(fransuzcha global, -umumiy, lotincha globus-shar)

1) butun Yer sharini qamrab oluvchi;

2) har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal.” [6]

Globallashuv tushunchasi haqida mamlakatimiz olim va siyosatchilari ham o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Jumladan, faylasuf olimlarimizdan yana biri Abdurahim Erkayev globallashuv va uning yuzaga kelishi haqida quyidagi fikrni ilgari suradi: Globallashuv – jahon taraqqiyotining asosiy tendensiyalaridan biridir. Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g‘oyat kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Globallashuv – iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jahon miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuv va maishiy turmushda, iste’molda, shu jumladan, nomoddiy iste’molda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bo‘lishidir[7].

“Aqliy imkoniyat belgilarining begonalashuvi” maqolasining muallifi professor S. Choriyev shunday yozadi: ”Globallashuv sharoitida aqliy imkoniyat belgilarining aqldan begonashuvi umumbashariy xarakter kasb etmoqdaki, yoshlarga ta’lim va tarbiya berish jarayonida ushbu tendensiyani chetlab o‘tib bo‘lmaydi.”, shuningdek, olim aql to‘g‘risida: “Inson aqliy imkoniyatlaridan dalolat beruvchi birinchi belgi uning tushunchalar hosil qilish, mulohaza yuritish va xulosa chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan oliy qobiliyati sifatida e’tirof etiladi. Binobarin, tushunchalar hosil qilish, to‘g‘ri mulohaza yuritish, sog‘lom xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilargina haqiqiy aql sohibi deb atash mumkin.”[8]        

Basharti olimimiz aytganidek, globallashuv jarayonlarida aql bilan ish tutmoq, unga tayanish muhim ahamiyat kasb etadiki, negaki bu jarayonda aqlga bilan bajarilgan ish o‘z samarasini beradi.

Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda – ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.

Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global o‘zgarishlar faqat iqtisodiy omillar bilangina chegaralanmasdan, madaniy o‘ziga xosliklarga ta’sirini albatta o‘tkazishini ta’kidlaydilar, biroq ushbu ta’sir doirasi to‘g‘risida har xil munosabat bildiradilar. Ba’zilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qo‘llab-quvvatlasalar va globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir deb hisoblaydilar. Yana bir qator olimlar esa globallashuv jarayonlarida katta tahdid mavjud ekanligini ta’kidlaydilar.

Bizning fikrimizcha ham globallashuv ijobiy-salbiy jarayondir. Albatta biz yoshlarimizni ushbu jarayonda yashashga, yashaganda ham oliy maqsadlar sari yashashga o‘rgatmog‘iiz darkor.

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch.T.: Ma’naviyat,2008,-110 b.

2.                  Grinnin L. Y. Globalizatsiya i natsionalniy suvrenitet: istoriya i sovremennost M.¹1, 2005, s 8-11

3.                  O‘zbekiston milliy enseklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.39-b. 703 b.

4.                  Erkayev.A: Globallashuv: axborot xuruji va ommaviy madaniyat. Tafakur. 2008, 4 son, 11,12- b.

5.                  Choriyev S. “Aqliy imkoniyat belgilarining begonalashuvi”. Globallashuv va yoshlar tarbiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Qarshi. Nasaf. 2008, 17 b.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 23.01.2017 ã.



[1] Êàðèìîâ È. À. Þêñàê ìàúíàâèÿò-åíãèëìàñ êó÷. Ò.: Ìàúíàâèÿò, 2008, - 110 á.

[2] ¡øà àñàð.-112 á.

[3] Áàҳîäèð Çîêèð. Ãëîáàëëàøóâ çèääèÿòëàðè.- Òàôàêêóð. 1-ñîí, 27 á.

[4] Ãðèíèí Ë.Å.. Ãëîáàëèçàöèÿ è íàöèîíàëüíèé ñóâåðåíèòåò. Èñòîðèÿ è ñîâðåìåííîñòü.- Ì.: ¹1, 2005,ñ. 811.

[5]. Ãðèíèí.Ë.Å Ãëîáàëèçàöèÿ è íàöèîíàëüíèé ñóâåðåíèòåò. Èñòîðèÿ è ñîâðåìåííîñòü. Ì.: ¹1, 2005, ñ. 811.

[6]O‘zbekiston milliy enseklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.39-b. 703 b.

[7] Erkayev.A: Globallashuv: axborot xuruji va ommaviy madaniyat. Tafakur. 2008, 4 son, 11,12- b.

[8] Choriyev S. “Aqliy imkoniyat belgilarining begonalashuvi”. Globallashuv va yoshlar tarbiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Qarshi. Nasaf. 2008, 17 b.

 

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.