ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

Xorazm mizrobli cholgulari

 

,

2 , .

 

Ijrochilik sohasida ham Xorazm xalq musiqasi oziga xos xususiyatlarga ega. Ozbekistonning barcha hududlarida keng rasm bolgan cholgu asboblar Xorazmda ham qollaniladi. Xorazmda asosiy musiqa asboblaridan tanbur va dutor bolib, bundan tashqari doira (dap), nay, chang, gijjak, dutor, qoshnay, surnay, bulamon, rubob, tor (hozirgi torlarga qaraganda ancha boshqacharoq bolib, dastasi uzunroq, boshi quloqlari turadigan joy ancha yogonroq) bolgan. Hozirgi kunda Xorazm maqom ansambllari tarkibida barcha ozbek xalq cholgularini uchratishimiz mumkin.

Oldinlari Xorazm mumtoz musiqasining bosh cholgusi va kaliti dutor bolgan. Dutor tabiatan xonaki (kamer) sadolanuvchi cholgu. Bunday deyishimizga uning barcha sifatlari togri keladi: barmoq uchi bilan ohista chalish togrirogi nozik sado beruvchi ipak torlarni qolda yumshoq silab tovush chiqarish. Xorazm dutor ijrochiligi haqida ikki ogiz toxtaladigan bolsak: bu olkada ikki xil dutor qollanilib, ularning birisi kalta, yani uzunligi 97 sm, ikkinchisi uzun, yani boyi 130 sm va undan ortiq dutorlardir.

Bu cholgular tut yoki orik yogochidan yasaladi. Ular qovurgali dilma dutor va oyib ishlangan qazma dutor deb yuritilgan. Qopqogi yani dekasi esa tut yogochidan yupqa qilib ishlanadi. Dutorlarning ikkalasi ham zir, yani yuqori sozlanuvchi tori kichik oktava re va bom, yani past sozlanuvchi torlari katta oktava sol yoki lya bazan qoshtor qilib ham sozlanadi. Dutor ikki xil sozlanishining sozandalar tilida oz atamasi bolib, bular ochiq torning birbiriga nisbatan kvinta sozi Aliqambar duzum, kvarta sozi Miskin duzum deb ham yuritiladi. Dastalaridagi parda boylamlari qoyning ichagidan tayyorlangan iplar bilan boglangan. Pardalarning soni ikkala dutorda ham bir xil va diatonik tovushqatorni hosil qiladi.

Xorazmda dutor ijrochiligi oziga xos bolib, unda ong qol zarblari rez usulidagi uzluksiz davomiy ijrosi bilan ajralib turadi. Shuningdek har bir kuchli hissani borttirib ong qolning tort barmogi va jimjiloqni qopqoqqa tekkizib, tirnab va chertib ijro qilish asosiy hususiyatlaridan hisoblanadi.

Dutorning ong qol zarblari Xorazmda dast deyiladi. Ular oz ichida kuy va usul bolaklarini murakkab va eng jozibali jihatlarini birlashtirgan. Keksa sozandalarning aytishlaricha, doira ham usulni dutor zarblaridan organar ekan. Tarixiy malumotlarga qaraganda Xorazmshohlar davlatida Yusufbek bahodirga teng keladigan dutorchi bolmagan ekan.

Xorazmda ushbu cholgu uchun maxsus dutor maqomlari yaratilgan va ijro qilib kelingan. 2009-yilda R. Boltayev, O. Matyoqubov va H. Aminovlar sayi harakatlari tufayli Dutor maqomlari ning kuy va soz matnlari qayta tiklandi. Xorazm vohasida dutor ijrochiligida Nurmuhammad Boltaev, Yusuf Jabborov, Shuhrat Razzoqov, Mirkarim Karimov, Farogat Mominova, Umid Boltaevlar mohirlik darajasiga erishganlar.

Tor Xorazmda rubob deb yuritiladigan cholgu asbobi togrisida ham toxtalib otamiz. Tor Xorazmda XX asrning 20-yillaridan rasm bolgan deyish mumkin. Dastlab torning tovushqatorini musiqachilar diatonik qilib ozgartirganlar. Hozir esa torning 17 bosqichi ozgarishsiz qoldirilib, ijro etiladigan qoshiq uchun keraklisi olinadi.[2. 8] Xorazmda oldinlari dostonlar dutor jorligida kuylangan bolsa XX asrning 30 yillaridan boshlab, tor asbobi jorligida ijro etila boshladi.

Oz davrining mohir sozandalaridan biri Qalandar Donmas bolgan. U tanbur, dutor, gijjak, bolamon, santur, rubob, qobiz, soz(garmon), skripka va hatto fortepianoda ham kuylar ijro etgan. Tarixiy malumotlarga kora, Qalandar Donmas Xorazmcha torning ijodkori bolgan. Kunlardan birida navbatdagi saroy bazmida bir ozarbayjonlik sozanda tor chaladi. Unda yangragan kuy Muhammad Rahimxonning kongliga yoqib tushadi. Xon tezda Qalandar Donmasga oxshash asbob yasab, Xorazm kuylarini ijro etishni buyuradi. Qalandar Donmas kop otmay osha tor andozasida yangi asbob yaratadi. Uning parda ovozlarini tanbur va dutornikiga mos qilib boglaydi. Ushbu cholgu asbobidan taralgan kuy ozarbayjoncha yoldan farqlanib, aynan tanbur va dutorga xos zarb va nolalar taratgan. Bola baxshi malumotlariga asoslanib, musiqashunos O. Matyoqubovning yozishicha, Qalandar Donmas yaratgan cholgu asbobi rubob (tor) kashfiyotchi vafotidan song shogirdi Devon bobo (Abdulla Otajonov) qolida qoladi. Shunday qilib, torning yangi bir nusxasi dunyoga keladi. Unga rubob deb nom beradilar. Shu tariqa bu cholgu asbobi nafaqat saroy sozandalari, balki el sozandalari orasida, baxshi va goyandalar(diniy mavzularda Suvora yollarini ijro etuvchilar) orasida chalina boshlangan. Xorazm maqomlarini tanburda emas, rubob (tor) jorligida ijro etishni mashxur sanatkor Xojixon Boltaev boshlab bergan.

Tor asbobi ikki yani qoshkosali musiqiy asboblar sirasiga kiradi. Tor cholgusi kop mamlakatlarda: Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Afgoniston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogiston, Qirgiziston, Ozbekiston va bazi arab mamlakatlarida sevib chalinadigan musiqiy asbobdir.

Torning imkonoyatlari shunchalik kengki, yuqorida sanab otilgan mamlakatlarning milliy kuylarini tarannum etishda, bu cholgu bemalol talabga javob bera oladi.

Tor Ozarbayjonda keng tarqalgan bolib, hatto oquv dargohlarida tor organish sinflari bor. Turkiya va Eronda ham huddi shunday. Ayrim olimlar tor bundan taxminan 150 yil burun Eronda yaratilganligi haqida, malumot berishgan. Tarix ashyoviy dalillarga tayanib ish koradi. Dalillarga murojaat qilsak, Qosh kosali cholgu asboblari mamlakatimizda qadimdan borligi malum boladi.

Ayritomda olib borilgan qazilma ishlari natijasida eramizning birinchi asrlarga oid madaniy yodgorliklar ichida qoshkosali cholgu asbobi aks etgan yodgorliklar topildi.

Olovuddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) saroyida tor, yani qosh kosali asbob chalib mashhur bolgan ustoz Mahmud haqida tarixiy malumotlar bor.

Temuriylar va Shayboniylar davrida yaratilgan miniatyuralarda tor shaklidagi cholgularning aks ettirilganligi, uzoq otmishimizda torning Movaraunnahr va Xorazmda bolganligi va bu cholgu sozandalar tomonidan istifoda qilinganligidan dalolat beradi.

Bunday cholgularni qadimda qoshkosa, ikki kallali rubob deb atashgan. Bu atamalar hozirgacha Xorazm sanati shinavandalari tomonidan qollanadi. [1.17]

Tor Xorazmda sozandalar va suvoralarni ijro etuvchi xonandalar tomonidan qollanilib kelingan. XIX asr oxiri va XX asrdan sanatimizning mashhur ustunlari bolmish Polli Duzchi, Qurbonnazir Abdullaev (Bola Baxshi), Madrahim Sheroziy, Qalandar Donmas, Otajon Devon, Xojixon Boltaev, va Komiljon Otaniyozovlar qolida tor bilan suvoriy va dostonlar kuylab, xonandalik qilganlar. Bu anana hozirgi kunda ustozlik darajasiga yetgan hofizlarimiz tomonidan davom ettirib kelinmoqda.

Songgi yillarda esa Xorazmda Hayitboy Bobojonov, Ortiq Otajonov, Oktam Ahmedov, Rahmatjon Qurbonov, Azamat Otajonov, Ogabek Sobirov, Ochilbek Matchonov, Mansur Otajonov, Feruz Qurbonboyev, shuningdek, Toshkent va Fargona vodiysida esa Rustamqori Tursunov, Habibulla Shamsiyev, Rustam Karimov, Mamurjon Zilolov kabi sozanda va xonandalarimiz tor cholgusi sadolarining ozgacha uslubda jarang sochishiga oz hissalarini qoshganlar va qoshib kelmoqdalar.

Ozarbayjon kompozitorlari tomonidan tor va orkestr uchun koplab asarlar yaratilgan. X. Xanmamedovning Konsert, S. Aleskerovning Konsert, Doimiy harakat, Tarantella; S. Rustamovning Eskerani, Lezginka, Oxu, tar A. Gerayning Baxchakyurd, Qaytagi; T. Quliyevning Lezginka, Sanada galmaz kabi koplab asarlar shular jumlasidandir. Yurtimizda ham milliy kuylarimiz Farhod Saidov, Ulugbek Otajonov, Tolqin Jabborov, Mamurjon Zilolov kabi sozandalar tomonidan tor cholgusida sevib ijro etilmoqda.

Bugungi kunda ustoz musiqashunos Otanazar Matyoqubov tor cholgusi hususida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  R. Qurbonov Sanatning sirli olami Sanatnoma I Toshkent 2011.

2.                  M. Yusupov Ozbek xalq musiqasi VII tom Toshkent 1959.

 

17.07.2018 .

2006-2019 © .
, , . .