ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ïóòè ðàçâèòèÿ êîììóíèêàòèâíîé ãðàìîòíîñòè â íà÷àëüíûõ êëàññàõ

 

Íèÿçîâà Äèëüáàð Õîëòåìèðîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü êàôåäðû ìåòîäèêè äîøêîëüíîãî è íà÷àëüíîãî îáðàçîâàíèÿ Êàðøèíñêîãî ãîñóäàðñòâåííîãî óíèâåðñèòåòà, Óçáåêèñòàí.

 

Boshlang‘ich sinflarda kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish yo‘llari

 

Niyozova DilbarXoltemirovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi î‘qituvchisi.

 

Bugungi kunda jamiyat va xalq hayotida, milliy turmush tarzida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, chuqurlashib borayotgan bozor munosabatlari yangicha shaxsiy sifatlarga ega bo‘lgan bilimdon kadrlarga ehtiyojni kuchaytirdi. Endi maktab ta’limi kengroq ahamiyat va ko‘lam kasb etishi lozimligi yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Zamonaviy maktablarda chuqur bilim va kasb mahoratiga, teran mantiqiy tafakkur va yuksak kommunikativ savodxonlikka ega bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan to‘la shakllangan shaxsni yetishtiruvchi asosiy maskanga aylanishi lozim. Kommunikativ savodxon shaxs deganda - erkin tarzda fikr almashish, til vositasida aloqa qilish, atrofdagilar bilan muloqotga kirishish, manbalardan axborot olish, og‘zaki va yozma tarzda mustaqil fikr bayon qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan subyektlar tushuniladi. Zero kommunikatsiya lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, odamlararo muomala jarayonida bir-biriga informatsiya (axborot) uzatish demakdir. Kommunikativlik - o‘zaro fikr almashuv bilan bog‘liq bo‘lgan, aloqa uchun xizmat qiladigan tilning kommunikativ funksiyasi (aloqa uchun xizmati).Savodxonlik tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan: ”Savodxon” (o‘qish-yozishni biladigan, xat-savodli odam). Demak kommunikativ savodxonlik tushunchasi keng ma’noda atrofdagilar bilan muloqotga kirisha oladigan, turli manbalardan axborotlarni olib, ularni umumlashtirgan holda mustaqil fikr bayon qila oladigan shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish turli xil janrdagi asarlarni o‘rgatish jarayonida ularda aniq, mantiqan, izchil, to‘g‘ri fikrlash salohiyatini shakllantirishi bilan birga kechadi. O‘quvchilarda kommunikativ savodxonlikni oshirishda:

- Matn mazmunini anglagan holda ifodali o‘qish,

- matn mazmunini anglash, uni erkin tarzda qayta so‘zlab berish,

- matnni aniq so‘zlab bera olish jarayonida so‘z ma’nosinn anglab yetish,

- ayrim so‘zlarning ma’nosini izohlash, so‘zlarga harf qo‘shmasdan yoki tushirib qoldirmasdan fikrning aniqligi va izchilligiga qat’iy amal qilish,

- og‘zaki va yozma nutqda sinonim (ma’nodosh), uyadosh, antonim (qarama-qarshi) ma’noli so‘zlardan o‘rinli foydalana olish, paronim so‘zlarni topish (matndan), ularning ma’nosini izohlash,

- yozma nutqda ham sinonim va qarama-qarshi ma’no­li so‘zlardan unumli foydalanish,

- ko‘plik va birlik shaklidagi narsa va buyumlarni aniqlash, ularning nomini, belgisini va harakatini bildiruvchi so‘zlarni yozma nutqda ham faol qo‘llashga oid ko‘nikmalar tizimli tarkib toptirish maqsadga muvofiq.

Dars jarayonida o‘quvchilar nutqini ko‘chma ma’noli so‘zlar bilan boyitish masalan: “bel bog‘ladi” iborasi to‘g‘ri ma’noda belni qiyiqcha yoki ro‘molcha bilan bog‘lash, ko‘chma ma’noda esa odamning bir ishni bajarishga astoydil jazm qilishni anglatadi. “Ammamning buzog‘i” - sodda tabiatli, bo‘shang, lapashang odamga nisbatan qo‘llaniladi. O‘quvchiga xuddi shunday iboralar yordamida matnlar yaratish haqida topshiriqlar berib, ularning mantiqiy tafakkurini o‘stirish mumkin.

Xuddi shuningdek, omonim, sinonim, antonim va uyadosh so‘zlar ham o‘quvchining so‘z boyligini, zehnini, bog‘lanishli nutqini, faraz qilish qobiliyatini, so‘zlar va tushunchalar orasidagi aloqadorlikni anglash salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, omonim so‘zlar: Achchiq-taxir; Sinonim (ma’nodosh)so‘zlar: Aylanay - o‘rgilay, girgitton, qoqindiq, sadaqa; Beg‘ubor - toza, sof, musaffo; Vaqt - payt, fursat, lahza, dam; Antonim so‘zlar: band-bo‘sh; aziz-xor; dono-nodon; obod-xarob; Uyadosh so‘zlar: daraxt, terak, qayin, qayrog‘och, tol, majnuntol.

Dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning individual tarzda muloqot qilishga (o‘quvchi bilan o‘quvchi orasida, o‘quvchi bilan o‘qituvchi orasida, o‘quvchi bilan darslik orasida) amalga oshirilishi muhim. O‘quvchilarni so‘zning ma’nosiga kengroq ta’rif berishga o‘rgatish ko‘proq ijodiy xarakter kasb etadi. Agar, o‘quvchi o‘quv jarayonida aniq, obyektiv fikr bayon qilsa, unda o‘z fikridan qoniqish hissi paydo bo‘ladi. O‘qituvchining o‘quvchilarga beradigan savollari va topshiriqlari ularni muloqot madaniyatini shakllantirishga undashi lozim. O‘qituvchi tomonidan beriladigan savollar nafaqat o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarishi, balki ularning obyektiv fikrlashlari uchun turtki bo‘lishi kerak.

Demak, o‘quvchining kommunikativ savodxonligini tarkib toptirish muhim pedagogik ahamiyatga ega.

 

Ôîéäàëàíèëãàí àäàáè¸òëàð

 

1.                                     Íàçàðîâà Õ. Ñàìàðàäîðëèê îìèëëàðè // Áîøëàíғè÷ òàúëèì. 1996, ¹4.- 10 á.

2.                                     Íàçàðîâà X. Òîïқèð áîëà // Áîøëàíғè÷ òàúëèì. - 1996, ¹ 2. - 7-8 á.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 17.04.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.