ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Ñïåöèôè÷åñêèå ñâîéñòâà ðàçâèòèÿ âîîáðàæåíèÿ è ìûøëåíèÿ ó ó÷àùèõñÿ íà÷àëüíûõ êëàññîâ

 

Ðàñóëîâà Ñàíîáàð Ìàìàòêóëîâíà,

ñòàðøèé ïðåïîäàâàòåëü Ðåãèîíàëüíîãî öåíòðà ÏÏÊÐÍÎ ïðè Êàðøèíñêîì ãîñóäàðñòâåííîì óíèâåðñèòåòå, Óçáåêèñòàí.

 

Boshlang`ich sinf o`quvchiarida xayol va tafakkur rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari

 

Rasulova Sanobar Mamatqulovna

 

Boshlang`ich sinf o’quvchisining xayoli o’z o’quv faoliyatining ta’siri talabi imkoniyat va shart-sharoitlari orqali tarkib topadi. Bolaning xayoli tevarak-atrof taasurotlari dunyo ajoyibotlari ko’rsatmalilik, tasviriy san’at asarlarini yetarli darajada aks ettirish bilan vujudga keladi. Obrazlar, sur’atlar chizmalar shartli belgilar noma’lum narsalarning alomatlari tabiat manzaralari fazoviy tasavvurlar jamlanib o’quvchilarning xayoli paydo bo’ladi. Tanish obrazlar yaratish bilan uzviy bog’liq bo’lgan tiklovchi xayol bolaning ruhiy dunyosida alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida bolalarning yorqin aniq, tiniq yaqqol, tasavvur obrazlari xayol yordamida muayyan voqealikka aylanadi. Organilayotgan fan materiallari va eshitilgan obrazlar tartibga solinadi, yaxlit obrazlar tizimi yaratiladi. O’qish davomida turmush tajribasida to’plangan tassurotlarni qayta tiklash ularni, o’zaro birlashgan holatda izlanishning eng muhim omili ijodiy xayolni takomillashtiradi. Ijodiy xayolning eng muhim xusussiyatlaridan biri yaratilgan tasvirlarning yaqqolligi mantiqiy qonunlarga uzviy bog’liqligi g’ayri tabiiy ajoyib - g’aroyib istaklardan uzoqligidir.

Shuning uchun o’quvchi xayolida turmushga voqealikka zid kelmaydigan tasvirlar timsollar ko’lami tobora kengayadi. Bu esa o’quvchida hodisalarni tanqidiy baholash ko’nikmasi paydo bo’liganini bildiradi. Natijada uning xayoli ta’surot qurshovidan bo’shaydi, yaratilgan obrazlarni tabiat va jamiyatning ob’ektiv qonunlarga suyangan holda baxolash ko’nikmasi yanada takomillashadi.

Boshlang`ich sinf yoshidagi o’quvchilar xayolining xususiyatlaridan yana biri hayotiy voqelik bilan xayolning o’zaro aralashib ketishidir. Ma’lumki o’quvchi yaqqol voqelik yoki hodisani o’zi yaratgan qo’shimcha obrazlar, tafsilotlar bilan boyitib boshqalarning diqqat – e’tboriga uzatadi. Bu uning yo’lg’onchiligi emas, balki xayolning xususiyatidir.

Boshlang`ich sinf o’quvchilarida tafakkur xususisytlarini o’rgangan olimlar bolaning tafakkurini quyidagi uch yo’nalishda tadqiq qilganlar. Tafakkurning yosh davriga xos xusussiyati uning rivojlanishini shakllantirish omillari.

Ma’lumki ta’limning dastlabki bosqichida bolaning umumlashtirish tafakkuri juda sodda bo’ladi va faqat o’xshashlik belgisiga asoslanadi. Keyinchalik esa, bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xususiyati belgilariga asoslanadi. Keyinchalik esa bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xusussiyati belgilarini ajratish va tasniflashga, narsa va xodisalarning xossalari qonuniyatlarining murakkab ichki bog’linish va munosabatlarning muhim belgilari bo’yicha umumlashtirishga o’tadi.

Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari o’quv faoliyatlarini buyumlarning jozibador tashqi belgilariga tayanib tashkil qiladilar. Quyosh, momaqaldiroq, sigir, avtomobil, qush va hokazolar tog’risida fikr yurtishga “quyosh isitadi” yoritadi “momaqaldiroq guldiraydi” “sigir sut beradi”, “avtomobil yuk tashiydi” “qush sayraydi” kabi hukmlar chiqaradilar, shuning uchun agar o’rganilayogan materiallarning muhim belgi va alomatlarini bevosita aniqlash zarurati tug’ilsa darrov ko’rinadigan misolga murojat qiladilar.

O’quvchilari uchunchi sinfga o’tganidan so’ng umumlashtirishda moddiy dunyodagi voqelikning eng muhim munosabat va bog’lanishlarini aks etuvchi ichki belgilariga tayanadilar. Jumladan suv, havo metal va boshqa narsalarning issiqdan kengayishini umumiy muhim alomatiga asoslanib umumlashtira oladilar. Bundan tashqari o’simliklar dunyosi ularning rivojlanishi ko’payishi, changlanishi kabi belgilarga tayanib “jonli tabiat” iborasini ataydilar. Bolalarning mulohazalaridan “paxta dalada” o’sadi, uni paxtakorlar yetishtiradilar zavodda tozalanadi so’ng fabrikada to’qiladi hamda undan kiyim-kechak tayyorlanadi.

Bolalarning mulohazalaridan ko’rinib turibdiki, ularda muhim belgilar miqdori yetarli darajada emas. Ular o’simliklarni tariflaganlarida faqat daraxtlarning qaysi turga mansubligi qayerlarda o’sishi inson va hayvonlar uchun qanchalik foydali ekanligini ta`kidlaydilar. Hayvonlar to’g’risida mulohaza yuritganlarida ham birmuncha kamchiliklarga yo’l qoyadilar. Masalan birlamchi xususiyatlar va hossalarga e’tibor bermaydilar. Boshlang`ich sinf o’quvchilari ta’lim jarayonida anchagina ilmiy tushunchalarni o’zlashtirsalarda oldingi darslarda o’zlashtirilgan turli alomatlar belgilarni aralashtirib ham yuboradilar. Chunki ularda tushunchalar tarkibiga kiradigan narsa va hodisalar bilan ularning belgilari o’rtasida bog’lanish tarkib topmagan bo’ladi. Ko’p tushunchalarni chunonchi baland-past, uzoq, yaqin, kam-ko’p va hokazolarni avval voqealikdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi fazoviy munosabatlarni bevosita idrok qilish asosida o’zlshtiradilar. Keyinroq esa, umumlashtirish jarayoni son tushunchasida ifodalangan bilimning miqdori munosabatiga asoslana boshlaydi. Shu sababdan ularga fazoviy munosabatlar haqidagi tushunchalarni o’zlashtirish juda qiyindir. Birinchi va ikkicha sinf o’quvchilari uzunlik o’lchovi birliklarini o’zlashtirishda ham qiynaladilar, chunki ular uzunlik o’lchovining asosiy belgisi - uning uzunligini ajratishni bilmaydilar. Ko’p hollarda bolalar “metr” “kilometr” tushunchalarini buyumning shakli bilan tasavvur etishga harakat qiladilar. Uchunchi sinfga o’tganlaridan keyin murakkab fazoviy munosabatlarni egallashga kuchlari yetadi. Chunki ta’lim jarayonida ularning fazo tog’risidagi tasavvurlari, tushunchalari kun sayin plan, masshtab, yer shari va qator shartli belgilar haqidagi bilimlar bilan boyib boradi.

Uchinchi sinfdan boshlab bolalar turli vaziyatlarni holatlani aniq dalillar bilan isbotlab berishga o’tadilar. Buning sababi bolalarning bilimi kundan-kunga osha borishidir. Ular bu paytda o’z hukmining chin yoki chin emasligini farqlay boshlaydilar. Bevosita muhokama qilish dalil keltirish isbotlashning shartlariga asoslanib fikr yurtiish jarayoniga o’ta boshlaydilar. Bolalar narsa va hodisalarning paydo bo’lishi sabablarini aniqlashda muammo masala va savollar qo’yishdan tashqari ularni hal qilishga yechishga ham odatlanadilar. Biroq ularning hukmi moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ichki qonuniyuatlarini ob’ektiv bog’lanishlari va munosabatlarini to’liq ifodalay olmaydi. Uchinchi sinfdan boshlab o’quvchiarga tushuncha va hukmlar rivojlanishi bilan birga turli narsa va hodisalar haqida yuritilgan muhokamalar asosida xulosa chiqarish ham o’zgarib boradi.

 

Adabiyotlar ro`yxati

 

1.                  Jo'raev S. , F.Qodirov “Kichkintoylar nutqini o'stirish” T.: 2005.

2.                  Ivanov P.I. M.Zufarova “Umumiy psixologiya” T.: 2008.

3.                  Nishonova Z. Alimova G. “Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish metodikasi” T.: 2006.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 09.06.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.