ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Çíà÷åíèå ïîçíàâàòåëüíûõ ïðîöåññîâ â ôîðìèðîâàíèè óìñòâåííîãî ðàçâèòèÿ ó÷åíèêîâ íà÷àëüíûõ êëàññîâ

 

Çèÿòîâà Îðàñòà Ìóðîäóëëàåâíà,

ñòàðøèé ïðåïîäàâàòåëü Ðåãèîíàëüíîãî öåíòðà ÏÏÊÐÍÎ ïðè Êàðøèíñêîì ãîñóäàðñòâåííîì óíèâåðñèòåòå, Óçáåêèñòàí.

 

Boshlang`ich sinf o’quvchilari aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish jarayonlarining o`rni

 

Ziyatova Orasta Murodullayevna

 

Maqsadga muvofiq o’qish faoliyati boshlang`ich sinf o`quvchiarning aql-idroki sezgirligini kuzatuvchangligi uquvliligi esda olib qolish esga tushirish imkoniyatlarini rivojlantitrish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, bolalarda o`qish, yozish hisoblash malakalarini shakllantiradi. Bundan tashqari mazkur ta’lim jarayonida ularning bilimlari ko’lami kengayadi bilishga qiziqishlari ortadi. Ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi ularda taffakurning faolligi mustaqilligi maxsuldorligi ortadi. Aqliy imkoniyatni ishga solish vujudga keladi. O’quv fanlariga ijobiy munosabat qatiy shug’ullanish niyati jamoatchilik oldida ma’suliyatni xis qilish, bilim olishning ijtimoiy ahamiyatini anglash tuyg’ulari tarkib topadi.

Quyida mazkur yoshdagi o’quvchilardagi sezgi, idrok, xotira tafakkur kabi bilish jarayonlarning xususiyatlari va rivojlanishi tog’risida qisqacha to’xtalamiz.

Mazkur yoshdagi bolalar o’z idroklarining aniqligi rovonligi sofligi o’tkirlii bilan boshqa yosh davridagi insonlardan keskin farqlanadi. Ular har bir narsaga berilib, o’ta sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xusisiyatlarini o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Buning sababini ularning oily nerv faoliyatida birinchi signal sistemasi ustunligi bilan izohlash mumkin. Boshlang’ich sinf o’quvchisi har qanday obekt subekt va voqealikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intiladi. Uni atrof muhitning sirli olami sexrli jozibasi o’ziga tortadi. Lekin ta’limning dastlabki boshqichida idrokning ayrim zaif tomonlari ko’zga tashlanadi. Boshlang`ich sinfdagi o`quvchilar idrokining salbiy hususiyati obektlarni bir - biridan farqlashda ko’zga tashlanadi. Ulap ko’pincha o`rganiladigan matepialni noaniq, hatto, noto`g`ri idrok qiladilar buning oqibatida aynan o`xshash harflar so`zlar narsalar tasviri, shakli fazoviy joylashuvning farqini to’la tasavvur qila olmaydilar. Masalan “g” bilan “k” xarflarini “o’qish” bilan “uqish” so’zlarini aylana bilan “to’g’ri chiziq” alomatlarini bir-biridan farqlolmaydilar.

Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli o’yinlarda rasm chizish va qurish - yasash mashg’ulotlarida loy hamda plastilindan oyinchoqlar tayyorlashda matematik amallarni yeshichda, hikoya tinglash va tuzishda ko’rinadi. Bola o’z diqqatini muayyan obektga yo’naltirish, to’plash taqsimlash boyicha ma’lum darajada ko’nikmaga ega bo’lib o’z diqqatini boshqarish va kerakli paytda to’plashga intiladi. Uning xotirasi ma’lumot va xodisalarni puxta esga olib qolish esda saqlash esga turush imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotni o’zlashtirib kelgan bo’lsa endi o’z xoxish – irodasi bilan zarur ma’lumotlar to’plashga o’z oldiga aniq maqsad va vazifa qoyishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. Uning she’r hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun ko’p takrorlash yod, olishning eng qulay yo’l va usullaridan foydalanishi ta’lim jarayonida unga juda qo’l keladi.

Birinchi sinf o’quvchisi ko’pincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi aksincha ta’lim so’z-mantiq xotirasini taqozo etadi. So’z – mantiq xotirasining mavjudligi ma’nosini tushunib esda olib qo’lish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan ma’lumki, bola ma’nosiz so’zlardan ko’ra manodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab ta’limiga tayyorgarlik bosqichiga kattalar bilan muloqotga kirishish kishilarning fikrini uqib olish va to’g’ri idrok qilish darajasida, nutqining tuzilishi esa gramatika qoidalariga mos mantiqdan izchil ifodali miqdor va ko’lam jihatdan yetarli darajada shkllangan bo’ladi. U eshitgan va ko’rganlari to’g’risidagi ma’lumotlarni tushuna oladi. O’zidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila oladi, aqliy saloyihat operatsiyalaridan o’rinli foydalanadi. (ularni taqqoslaydi oydinlashtiradi guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi xukm va xulosa chiqarishga xarakat qiladi).

Mazkur yoshdagi o’quvchining idroki o’zining xatti harakati oyin va mehnat faoliyati bilan bevosita bog’liqdir. Qandaydir narsani idrok etish o’sha narsa bilan mashg’ul bo’lishini. Anglatib keladi. Bolalarning vaqtni idrok qilishi ham tor ma’nodagi tushunchalardan iborat bo’ladi va ular asr eramizdan avvalgi davr kabi atamalarni nimaligini tushunmaydilar. Harakat deganda bola ko’pincha jismoniy mexanik harakatini nazarda tutadi, lekin uning biologik ijtimoiy kimyoviy xarakatlarni bilishi to’g’risida gap ham bo’lishi mumkin emas.

Bola hatto samaliyot, qush, reketa va o’qning tezligini ham noto’g’ri idrok qiladi. Ta’lim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining o’rtishi tufayli bolalarda fazo vaqt va harakatni idrok qilish ko’lami kengayadi. Bundan tashqari ularning nazariy bilimlari amaliy faoliyatda sinab ko’rish orqali ham boyib boradi.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida diqqatni irodaviy zo’r berish bilan boshqarish va favqulotda moslashish imkoniyati yaxshi bo’lmaydi. Buning asosiy sababi ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Shu bilan birga boshlang`ich sinf bolalarining ixtiyoriy ongli diqqati o’qish motivlari bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’ladi. Odatda ularning o’qish motivlari uzoqni ko’zlagan va maqsad bilan bog’liq motivlarga ajratiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarning motivlari voqelikka va realikka bog’liq motivlardir.

Tajribadan ma’lumki bolalarda ixtiyorsiz diqqat durustgina rivojlangan bo`ladi. Chunki ta’lim jarayonida ixtiyorsiz diqqatning o’sishi uchun muhim shart-sharoitlar mavjuddir. Boshlang’ich sinf o’quv materiallarining yaqqolligi yorqinligi jozibadorligi o’quvchida beixtiyor his-tuyg’ular uyg’ota oladi. Irodaviy zo’riqishsiz osongina fan asoslarini egallash imkonini yaratadi. O’quv materiallarining turli-tumanligi ixtiyorsiz diqqatning to’planishi markazlashuvi va barqarorligiga ijobiy ta’sir etadi. Boshlang`ich sinf bolalarini o’qitishda ko’rasatmalilikdan keng foydalaniladi. Bu tadbir birinchidan bolalar faolligini oshirsa ikkinchidan materialni mantiqiy jihatdan o’zlashtirishga uni tahlil etish mavhumlashtirish va umumlashtirishga to’sqinlik qiladi. Ularga ko’rsatmalilikka asoslangan dinamik steriotip paydo bo’lishi ham mumkin. Sun’iy to’siqlar halal beruvchi alomatlardan qutilish uchun yaqqol va mavhum materiallardan aralash holda foydalanish yaxshi natija beradi. Bolaning ko’rsatmalilikka berilib ketishi uni asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Bola tashqi belgilarga e’tibor berishga odatlanib, ichki muhim belgilardan chetlasha boradi.

Ma’lumki ixtiyorsiz diqqat ta’lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishi bilan bevosita bog’lanib ketsa, tabiiyki ular faqat maroqli quvonchli axborot va matnlar bilan tanishishga intiladigan bo’lib qoladilar. Natijada o’ta nozik ya’ni tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga beriluvchi diqqat ularning psixikasida mustahkamlanadi. Odatlanish murakkab o’quv materiallarini egallashda qiyinchiliklar tug’diradi. Birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilari ta’limiy materiallarning ichki bog’lanishlariga ahamiyat bermay ma’nosini tushunmay quruq eslab qo’ladilar. O’rganilayotgan materiallarni mantiqiy tahlil qilmay o’zlashtiradilar buning sabablari:

1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda durustroq rivojlangani, ma’lumotlarni aynan o’zgarishsiz eslab qolish imkoniyatini yaratadi.

2) O’quvchilar o’qituvchi qo’ygon vazifani anglab yetmaydilar natijada uning to’g’ri tushuntirib ber degan talabini so’zma-so’z takrorlash deb biladilar

3) ularning nutq boyligi yetishmasligi (ilmiy atamalar va til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy to’ldirish unga qo’shimcha qilish imkoniyati yo’qligi uni soz’ma-so’z qaytarishni osonlashtiradi.

Umuman kattalarning xususan o’qituvchining muhim vazifalardan biri o’quvchilarda materiallarni eslab qolish uchun muayyan intilishni tarkib topishi ularga eslab qolishning usullarini fikr yuritish jarayonlari taqqoslash tahlil qilishni o’rgatishdan iboratdir.

 

Adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Karimova V. “Psixologiya” Toshkent 2002.

2.                  G’oziyev E. “Umumiy psixologiya” Toshkent 2010.

3.                  G’oziyev E. “Pedagogik psixologiya asoslari” Toshkent 2000.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 09.06.2018 ã.

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.