ISSN 1991-3087
Ðåéòèíã@Mail.ru Rambler's Top100
ßíäåêñ.Ìåòðèêà

ÍÀ ÃËÀÂÍÓÞ

Îáåñïå÷åíèå èíôîðìàöèîííîé áåçîïàñíîñòè – àêòóàëüíûé âîïðîñ

 

Þëäàøåâà Çè¸äà Áîéìóðîäîâíà,

ïðåïîäàâàòåëü Ðåãèîíàëüíîãî öåíòðà ÏÏÊÐÍÎ ïðè Êàðøèíñêîì ãîñóäàðñòâåííîì óíèâåðñèòåòå, Óçáåêèñòàí.

 

Axborot xavfsizligini ta’minlash – dolzarb masala

 

Yuldasheva Ziyoda Boymurodovna,

Qarshi DU huzuridagi XTXQTMO hududiy markazi Maktabgacha, boshlang’ich va maxsus ta’lim kafedrasi o’qituvchisi, O’zbekiston.

 

Ta’lim jarayonida o’quvchi yoshlarni internetdan foydalanishi o’quvchilarni o’quv materialining chuqur o’zlashtirilishiga keng imkoniyat yaratib beradi. Vaholanki, bugungi kunda bolalar axborot xafsizligini ta’minlash masalasi har qachongidan ham dolzarbrog’ ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston axborot infratuzulmasining rivojlanishi, global tarmoqqa kirib borish imkoniyatining ortishi sharoitida yoshlar va bolalarning Internetdan foydalanish darajasi toboro o’sib bormoqda. Bolalar uylarida, Internet kafe va maktabda Internetga kirish imkoniyatiga egalar. Mobil telefon orqali Internetga kirish ham toboro ommalashib bormoqda. “Global o’rgimchak to’ri” dan foydalanuvchilar soni ortgan sari ularga solinayotgan tahdid ham kuchayib bormoqda.

Internet bolalar va o’smirlar uchun juda katta imkoniyatlarni ochib beradi, yoshlar undan foydalanib juda ko’p ma’lumotlarni bilib oladilar, bu ma’lumotlarni olishdagi qulayliklarni mavjudligi ularga Internetdan foydalanish uchun ancha yengillik tug’diradi. Bolalar shiddatli ravishda turli ijtimoiy tarmoqlar, o’yinlar va dasturlardan foydalanishni o’zlashtirib olishmoqda. Kompyuterning o’rgatuvchi onlayn- dasturlari vositasida boshlang’ich sinf o’quvchilari maroqli o’yinlar orqali yozuv va hisoblash asoslarini o’zlashtiradilar, modellashtirish va rasm chizishga o’rganadilar, mustaqil ishlashga odatlanadilar, shuningdek tevarak olam haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Mantiqiy o’yinlar bolalarning fikrini charxlaydi va ta’surotlarini rivojlantiradi.

Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan ko’plab o’yinlar kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga iqtisodiyot, tarix va adabiyotga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Ular ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan diqqatga loyiqdir.

Internet ta’lim tarbiya imkoniyatlarini kengaytiruvchi turli manbalarga ega,lekin unda na foydali, na ishonchli bo’lmagan turli axborotlar ham mavjud. Aynan internetda bola uni hayajonga soladigan ko’plab savollarga javob topishi mumkin, bu savolllarni u o’rtoqlari yoki ota onasi oldiga qo’yishni xohlashmaydi.Internetda bolalar referat va insholardan nusxa ko’chiradilar,ayrim tushuncha va tarixiy dalillarni aniqlaydilar. Lekin ularning to’g’riligi va savodli yozilganligini kim tekshirib chiqqan?

Bolalar internetda joylashtirilgan narsalarga birdek ishonch bilan qaraydilar. Ular internetda bosilibdimi to’g’ri deb o’ylashadi. Biz o’qituvchilarning vazifasi bolalarga internet qanday ishlashini tushuntirib borishimiz zarur.Gazeta jurnallarda tekshiruvchi muharrir va musahhix ishlashini,ular axborotlarning ishonchli va savodli yozilishini tekshirib borishlarini, internetdagi saytlarni esa har qanday odam yarata olishini internetni hech kim tekshirmasligini tushuntirib borishimiz lozim.

            O’smirlar uchun internet o’z hayotini u siz tasavvur qilolmayotgan o’ta muhum axborot muhiti hisoblanadi. Internetdan referatlar uchun ma’lumotlar, turli sevimli musiqa va qo’shiqlar, bolalarga yoqadigan kitob yoki ko’p sonli formlardagi dolzarb masalalar muhokamasini topish va o’zi ham o’smirlar ushbu munozarada qatnashishi mumkin. Ta’lim beruvchi Kompyuter dasturlar katta hajmdagi o’quv materiallarini uzatiishda qulayligi bilan o’smirlarga o’quv biluv jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish imkonini beradi.

 Internet bolalarga bilim berish, ko’ngilli dam oldirish dasturlari bilan muloqot qilishga o’rgatishda ajoyib va foydali vosita bo’lishi zarur. Lekin zarur tarbiyaviy ta’sir ko’rsatilmasa, Internet tarmoqlari bolalar uchun xafli vositaga aylanishi ham mumkin. Inetrnetda o’zbek xalqining milliy madaniyati va mintalitetiga to’g’ri kelmaydigan ijtimoiy xafli va agersiv mazmunga ega bo’lgan materiallar mavjud.

Bola o’z ruhiy rivojlanishida bir-biridan anchagina farq qiluvchi turli bosqichlarni bosib o’tadi. Bu holat bolalarning internetga qiziqishida ham o’z ifodasini topadi. Biz o’qituvchilar bolalar bilan internet xavfsizligi qoidalari haqida suhbatlashish jarayonida aynan nimalarga ko’proq e’tibor qaratish kerakligini,bunda bolalarning yosh xususiyatlari bilan bog’liq jihatlarini nazarda tutishimiz lozim.

Bundan tashqari bolalarning Internetda ishlashni turli yoshda kimdir 12-14 yoshda, kimdir 7-11 yoshda, ba’zilar esa maktabgacha yosh davrida o’zlashtirishni e’tiborga olish zarur.

             Ota onalar bunday salbiy ta’sir mavjudligini yodda tutishlari va ularning farzandlari tarbiyasiga ko’rsatadigan xafli tasirni oldini olish choralarini ko’rishlari zarur.

-                     Internetdan bolalaringiz bilan birga foydalaning

-                     Bolalarni nazorat qilish osonroq kechishi uchun Kompyuterni umumiy xonaga joylashtiring.

-                     Farzandingizni kompyuterda ishlash vaqtini meyorlashtiring.

-                     Ota onalar nazorati dasturini qo’llang

-                     Bolangiz kiradigan resurslarni nazorat qilish uchun maxsus zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalaning

-                     Nomaqul kontetlarni bilokrafkalash vositalaridan foydalaning

Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki o’qituvchi va ota-onalar internet borasida o’quvchingiz va farzandingiz oldida nufuzingizni saqlash uchun kompyuter savodxonligizni oshirishingiz, shundagina kompyuterdan foydalanish bo’yicha turli muammolarni yechishda yordam berishingiz lozim.

 

Adabiyotlar ro’yxati

 

1.                  Àëèåâ Ò.Ì., Âèãäîðîâ Ä.È., Êðèâîøååâ Â.Ï. Ñèñòåìû îòîáðàæåíèÿ èíôîðìàöèè. Ìîñêâà. «Âûñøàÿ øêîëà». 1988. 223 ñ.: èë.

2.                  Mavlonova R.A, N.Raxmonkulova Integratsionnaya pedagogika nachalnogo obrazovaniya. T.:Ilm-Ziyo 2009 g.

 

Ïîñòóïèëà â ðåäàêöèþ 10.10.2018 ã.

 

2006-2019 © Æóðíàë íàó÷íûõ ïóáëèêàöèé àñïèðàíòîâ è äîêòîðàíòîâ.
Âñå ìàòåðèàëû, ðàçìåùåííûå íà äàííîì ñàéòå, îõðàíÿþòñÿ àâòîðñêèì ïðàâîì. Ïðè èñïîëüçîâàíèè ìàòåðèàëîâ ñàéòà àêòèâíàÿ ññûëêà íà ïåðâîèñòî÷íèê îáÿçàòåëüíà.