ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

o

 

,

, .

 

Milliy asotirlarimiz tarbiya manbai sifatida

 

Niyozova Dilbar Xoltemirovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi oqituvchisi.

 

Boy tarixiy manaviyatga ega xalqimizning kop asrlik ananalari, qadriyatlari, mif, afsona va dostonlarida, bizning milliyligimizni aks ettiruvchi, muqaddas xilqatlar korinishida asrdan asrga otib xalqimiz hayotida oz qimmatini saqlab kelmoqda. Bular bizning miliy asotirlarimiz hisoblanadi. Bizning milliy xususiyatlarimiz umuminsoniy qadriyatlar bilan boglanib ketgan. Asrlar davomida xalqimiz umumbasharish, umuminsoniy qadriyatlar takomilligiga ulkan hissa qoshgan turli millat vakillariga hurmat, ular bilan bahamjihat yashash, diniy bagrikenglik, dunyoviy bilimlarga intilish ozga xalqlarning ilgor tajribalari va madaniyatini organish kabi xususiyatlar ham xalqiimizda azaldan mujassamdir.

Malumki, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktabrdagi 222 sonli qaroriga muvofiq, 2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash togrisidagi qarori asosida Davlat dasturi ishlab chiqildi. Bu dasturga muvofiq:

-                   nomoddiy madaniy merosni organish masalalarini oliy talim va orta maxsus, kasb hunar talimi muassasalarining tegishli fanlar oquv dasturiga kiritish;

-                   nomoddiy madaniy meros, uni saqlash va muhofaza qilish tushunchalarini umumiy orta talim maktablarida oqitiladigan ijtimoiy fanlar hamda oquv dasturlariga kiritish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish;

-                   nomoddiy madaniy merosni organishga qiziquvchi talaba va oquvchilar uchun yozgi oquv kurslari, ochiq eshiklar kuni kabi tadbirlarni tashkil etish;

-                   -nomoddiy madaniy merosni saqlovchi va yetkazuvchilarni oquv dasturlarini takomillashtirish ishlariga va bevosita oquv jarayoniga jalb etish, ularga shart-sharoitlar yaratish;

-                   -yoshlarni nomoddiy madaniy meros boyicha materiallar toplash va targibot ishlariga jalb etish;

-                   oliy talim va orta maxsus, kasb-hunar talimi hamda umumiy orta talim muassasalarida Xazina, Barhayot ananalar korik tanlovlarini otkazish kabi bir qancha masalalar belgilab qoyilgan.

Shu bois milliy tabiatimizga xos bolgan mehr oqibat, muruvvat, andisha, or- nomus, sharm-u hayo, ibo, iffat, betakror fazilatlar va xalqimizni kop jihatdan ajratib turadigan bagrikenglik, mehmondostlik, oq kongillik xususiyatlari ham xalqimiz tomiriga singib ketgan. Bugungi kunda farzandlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalashda ushbu masalalarni tarbiya mazmunining bosh goyalaridan biri qilib qoyish lozimdir. Farzandlar tarbiyasidagi birinchi maqsadimiz bu xalqimizning qadimiy va boy tariximiz, yuksak madaniyatimiz, urfodat va qadriyatlarimiz asosida hayotga moslashishi, yoshlar tarbiyasidagi katta maqsaddir. Bu insonga ibratli xulosalar beribgina qolmasdan, bazan achchiq saboqlarni ham tan olishga undaydi. Ushbu, qadriyatlar milliy xususiyatlarni ozlashtirishni quyidagicha tavsiya etish mumkin:

-                     xalqimiz hayotida qadim qadimdan jamoa bolib yashash ruhining ustunligi;

-                     jamoa timsoli bolgan oila, mahalla, el- yurt tushunchalarning muqaddasligi;

-                     ota- ona, mahalla kuy, umuman jamoaga yuksak hurmat etibor;

-                     millatning olmas ruhi bolgan ona tiliga muhabbat;

-                     kattaga hurmat, gozallik va nafosat, hayot adabiyligining ramzi ayol zotiga ehtirom;

-                     sabr bardosh va mehnatsevarlik; halollik, mehr-oqibat.

Xalqimiz azaldan manaviy fazilatlarga boy bolib kelgan. Buni xalqimizning noyob asotirlarida yaqqol korishimiz mumkin. Jumladan xalq ogzaki ijodi janrlarida axloq-odob haqida qimmatli goyalar ilgari surilgani, ular oilada bolalarni axloqiy manaviy tarbiyalashda milliy qadriyat sifatida muhim manba bolib xizmat qiladi.

Xalq dostonlaridagi obrazlar bolaning jismoniy baquvvat, botir, olov qalbli, qorqmas, shijoatli va eng muhimi oz vatani va yurti uchun jon fido qiluvchi farzandlarini tarbiyalashda muhim omil bolib hisoblanadi. Jumladan, Alpomish, Rustam va shunga oxshash ozbek ogloni obrazlarini aytib otish orinlidir. Chunki, bunday qahramonlar obrazidagi ajoyibotlar, garoyib hangomalar koz korib quloq eshitmagan voqea va hodisalar bolalarni oziga juda tez rom qilib qoydi, va ularning manaviy dunyoqarashini boyitadi. Xalq qoshiqlari bolalarda nafis sanatga bolgan muhabbatni kuchaytirish bilan birga, ulardagi nafosatga bolgan mayl va hissiyotlarni oshiradi. Eng muhimi bolalarda xalq badiiy qadriyatlarini organishga intilishini tarbiyalashda muhim omil bolib xizmat qiladi. Ozbek xalq qoshiqlari asosan Alla, Yor-yor, Ulan kabi bir necha turda shakllangan. Bola dastavval ona alla sini eshitadi. Hatto, qogirchoq oynashni uddalay olgan jajji qizlar ham alla aytish bilan goyo qogirchoqlarini ovuntiradilar va shu orqali qoshiq olamiga ilk bor qadam qoyadilar. Ona alla sining tarbiyaviy roli muhimdir. X asr Markaziy Osiyo xalqlarining mashhur mutafakkiri va tibbiyotning buyuk siymosi Abu Ali Ibn Sino ona alla sining tarbiyaviy ahamiyati haqida tarbiyalanuvchilarning talabini qondirmoq uchun unga ikki narsani qollamoq kerakligi, chunonchi: biri-bolani sekin-sekin tebratish ikkinchisi: uni uxlatish uchun odat bolib qolgan musiqa-allalashdir, degan fikrni ilgari surgan. Bundan kozlangan maqsad bolaga milliy madaniy meroslarimizni mazmun va mohiyatini orgatish, ulardan foydalanish orqali bilish faoliyatini faollashtirish, soz boyligini oshirish va ravon nutq malakasini egallashlariga xizmat qilishdan iborat.

Umuman xulosa qilib aytadigan bolsak, pedagogikada oilada bolalarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida organishga moyilligini va oilaviy tarbiya muammolarini bartaraf etishdagi roli va ahamiyatini hisobga olib, qadriyatlarimizga bolgan ehtiyojini va etiborini oshirish maqsadga muvofiq deb oylaymiz.

 

Adabiyotlar royxati

 

1.                  Ozbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi// Barkamol avlod-Ozbekiston taraqqiyotining poydevori.-T.: Sharq,1997.20-21 b.

2.                  AdizovB.R.Oqituvchi- ijodiy faoliyat subyekti // Mahorat kozgusi j.2000, 9-10.28b.

 

11.05.2016 .

2006-2019 © .
, , . .