ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Vatanparvarlik tarbiyasida ozbek xalq oyinlari

 

Choriyeva Feruza Amrullayevna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlangich talim kafedrasi oqituvchisi.

 

Bizga bobolarimizdan qolgan buyuk milliy merosimiz bor. Bu Vatanni sevish, uning uchun xizmat qilish, himoya qilish va gururlanish. Bu bizga avlodlardan-avlodlarga meros bolib qolgan va unga sodiq bolib yashash shu yurtdagi har bir insonning burchidir. Mana shu biz uchun vatanparvarlik deyiladi. Prezidentimiz I. A. Karimov Yuksak manaviyat-yengilmas kuch asarida shunday tariflaydi: Barchamizga malumki, inson ozligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuygusi ildiz otib ulgayib boradi. Bu ildiz qancha teran bolsa, tugilib osgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak boladi[1].

Vatan atamasi arabcha soz bolib, ona yurt manosini bildiradi. Vatan tushunchasi keng va tor manoda qollaniladi. Lekin har ikkalasida ham fuqarolarning oz Vatanini asrashi nazarda tutiladi. Vatanparvar inson deganda biz:

-                     Vatanga mehr-muhabbatli;

-                     Oz millatining otmishi, urf-odatlari, ananalarini asray oladigan va u bilan gururlanadigan;

-                     Xalqning barcha moddiy va manaviy boyligini koz qorachigiday asray oladigan;

-                     Vatanining taraqqiyoti uchun tinimsiz mehnat qila oladigan va Vatan mudofaasi uchun doimo shay turgan insonni tushunamiz.

Yosh avlodni vatanparvar, Vatan yolida fidoyi insonlar etib tarbiyalashda xalq ogzaki ijodi namunalari, ogirlar, Sharq mutafakkirlarining manaviy merosidan keng foydalanamiz. Shu bilan bir qatorda ozbek xalq oyinlarining ham Vatanparvarlik tarbiyasida oz orni bor.

Ozbek xalq ogzaki ijodida, folklorning katta-kichik janrlarida, yani mitti maqollardan tortib, yirik asarlar qahramonlik, ishqiy, romantic dostonlarda bosh mavzu yurtsevarlik ohanglari bolib kelgan. Vatan yolida fidoyilik korsatish har bir insonning burchi va vazifasi hisoblanadi.

Ozbek bolalar folklori tarkibida goyat rang-barangligi bilan ajralib turuvchi oyinlar xalqimizning necha ming yillik tarixi, turmush tarzi, ijtimoiy-axloqiy qarashlari va estetik didi haqidagi muhim malumotlarni ifodalagan manaviy qadriyatdir.[2] Xalq oyinlari bolalarni barkamol avlod qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Oyin davomida bolalar jamoa bolib ishlashga, masuliyatni his etishga, bir-biriga gamxorlikka, mehr-muhabbatga, mehnatga orgatadi. Bolalar oyin orqali hayotni taniydi, bir-biriga bolgan munosabati shakllanadi. Oyinlar bolalarda mehnatsevarlik, vatanparvarlik, mardlik, botirlik, dostlik, sofdillik, mardlik, dostga yordam berish, zukkolik, hushyorlik, chaqqonlik, topqirlik kabi yaxshi fazilatlarni shakllantiradi.

Xalq oyinlarida ona-Vatanni himoya qilish, xalq manfaatini himoya qilish, Vatanga sadoqatli bolish goyasi ilgari suriladi. Bu oyinlarga: Qala himoyasi, Qorgon himoyasi, Oq terakmi, kok terak, Oq sholi, kok sholi, Bayroq olish, Shaharlarga sayohat, Mening uyim bu oyinlari misolida korishimiz mumkin.

Mening uyim bu oyini quyidagi tartibda otkaziladi: bolalar ikki guruhga bolinadilar va birinchi guruh oz maydonini aniq belgilan oladi. Belgilab olingan joyning ichida bayroq boladi. Ikkinchi guruh shu uyga hujum qilishi va bayroqni olishi kerak boladi. Birinchi guruh bolalar oz uylarini doira shaklida qoriqlaydilar, bir-birlarining qollarini zanjir usulida ushlab turadilar. Hujumchilar shu bir-biriga ushlangan qollarni uzib bayroqni olishlari kerak. Bu oyin orqali oquvchilar oz uylarini Vatanni qoriqlash kerakligini, dushmanlarga boysonmaslik, ularga qarshi kurashish lozimligini organadilar.

Qorgon himoyasi oyinida bolalar ikki raqib tarafga bolinib, ozlariga boshliq sardor tayinlaydilar. Oyin keng maydonda otkaziladi. Katta, kichik hajmdagi uchta doira chiziladi. Kichik doira qorgon (Vatan) hisoblanadi. Bir taraf qorgonni himoya qilib, orta doira chizigi ustida hujumchilarni kutib turadi. Hujumchilar katta doira chizigidan qorgonga qarab hujum qilishi, himoyachilarni aldab, kichik doiraga kirishi lozim boladi. Qorgon himoyachilari hujumchilar yolini tosib, ularga qol tekkizib asir olishga harakat qiladilar. Qol tekizolmay hujumchini otkazib yuborgan himoyachining ozi asir bolib oyindan chiqadi. Qorgon himoyachilari faqat ong tomodan otgan hujumchinigina qol bilan urib asir olishi mumkin. Hujumchiga qol tekkiziladi, ushlab olish mumkin emas. Bir qoriqchi oldidan bir hujumchi otadi, kopchilik bolib otish hisobga olinmaydi. Oyin davomida har bir bolada oz yini qoriqlash, Vatanini dushmanlardan asrash, dushmanlar hujumidan asrashga urinayotgan vatanparvar siymosi gavdalanadi. [3]

Yosh avlodni varanparvar etib tarbiyalashda xalq oyinlaridan foydalanish ozining ijobiy natijalarini beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. T.: Manaviyat. 2009. 90-bet.

2.                  Safarova N. Ozbek bolalar oyini folklori tabiati. T. Fan 2008. 35-bet

3.                  Safarova N. Ozbek bolalar oyin folklori tabiati. T.: Ozb-n. Res. Fan. Akademiyasi. Fan 2008, 7-bet.

4.                  Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- .: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010 y.

 

11.05.2016 .



[1] Karimov I. A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. T.: Manaviyat. 2009. 90-bet.

[2] Safarova N. Ozbek bolalar oyin folklori tabiati. T.: Ozb-n. Res. Fan. Akademiyasi. Fan 2008, 7-bet.

[3] Safarova N. Ozbek bolalar oyin folklori tabiati. T.: Ozb-n. Res. Fan. Akademiyasi. Fan 2008, 7-bet.

2006-2019 © .
, , . .