ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Ekologik fikrlar taraqqiyotida vesto

 

Muhammadiyeva Manzura Maratovna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlangich talim kafedrasi oqituvchis.

 

Hozirgi kundagi global muammolardan biri ekologik vaziyat hisoblanadi. Tabiat bilan inson ortasidagi munosabatlarning buzilishishiga asosiy sabablardan biri ekologik bilimlarning yetishmasligidir, tabiat bilan bolgan munosabatda aql bilan ish tutilmasligidir. Buning natijasida esa insoniyatni halokatga boshlovchi muammolar yuzaga kelmoqda. Toza suv ichimlik suvining yetishmasligi, havoning ifloslanishi, aholini oziq-ovqat bilan taminlashning keskin kamayishi, tabiiy resurslarning keskin kamayishiga olib keladi.

Ekologik bilim- bu tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, ozgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir-birlari va atrof-muhit ortasida bolib turadigan munosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yollarini ozlashtirishdan iboratdir.

Tabiat shunday odilki, atrof-muhitni muvozanatga keltiradi. Insoniyat tabiatga qanday zarar keltirsa, insoniyatga shunday zarar keltiradi. Keyingi yillarda tabiatga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bolish, turli tuman ofatlar keltirib chiqarmoqda. Bu ofatlarni keltirib chiqarmaslik, uning oldini olish, tabiatni asrab-avaylash ozimizning insoniyatning oz qolidadir.

Tabiatni asrash, uni ehtiyot qilish muammosi hozirgi davrda emas, balki insoniyatning qadim zamonlaridan biri organilib kelinmoqda. Xalq ogzaki ijodida, Sharq mutafakkirlarining ilmiy-adabiy merosida keng yoritib kelingan. Shu jumladan, qadimiy yodgorlik bolgan Avesto da ham keng yoritilgan.

Avesto zardoshtiylikning muqaddas kitobi bolib, u bizning qadimiy tariximizdan darak beradi. Avesto haqida Prezidentimiz I.A. Karimov shunday takidlaydi: Ota-bobolarimizning asrlar davomida toplangan hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yodgorliklar orasida bundan qariyib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududiga yaratilgan, Avesto deb atalgan bebaho manaviy obida alohida orin tutadi [1]. Darhaqiqat, bu tarixiy yodgorlik ozbek xalqining buyuk manaviy merosi hisoblanadi. Avesto zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanadi va shu bilan birga ilm-fan, hayotning barcha sohalari boyicha ancha mukammal malumotlar beradigan ulkan, eng kohna manba hisoblanadi. Ushbu kitobda Orta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlarining eng qadimgi marosimlari, urf-odatlari, qoshiqlari, diniy oyatlari, marosimlari haqida malumotlar berilgan. Avestoning asosiy goyasi quyidagicha ifodalanadi: Ezgu oy, ezgu soz va savob ishlar bilan ezgu ishni alqayman. Ozimni bari ezgu oylarga, ezgu sozlar aytishga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman.

Avesto sof diniy kitob bolmay, balki ijtimoiy-falsafiy, madaniy, adabiy-tarixiy qimmatga ham ega bolgan nodir qomusiy yodgorlikdir. Ushbu kitobda shaharu qishloqlarni obod qilishga, bogu roglarni, yaylovlarni kopaytirishga, madaniy turmushni rivojlantirishga, oilani asrash, farzand tarbiyasiga alohida etibor qaratiladi. Buni quyidagi misolda korishimiz mumkin.

Zardosht soradi: Ey jismoniy olam parvadigori Axuramazda, rosi bilan menga aytchi, yer yuzining korki va shodligi bolmish osha makon qayerda?

Axuramazda aytdi: U shunday bir yurtki, u yerda bandalarim ozlariga maskan, ibodat uchun otashkadalar, hayvonlarga qoralar qurib, oilalai, bola-chaqali, kuchli qurolli boladilar. Ana shu taqdirda ularning yurtida hayvonlar kopayadi. Xayru baraka oshadi, yaylovlar kopayadi, oila bunyoq boladi, turli tuman nozu nematlar serob boladi. Bolalar yosh paytidayoq daraxt kochati otkazish, uy-rozgor qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shugullanishlariga orgatilishlari shart. Bugdoy ostira boshlansa, devlarni qora ter bosadi, sovutilgan bugdoy tayyor bolsa, devlar zaiflashib qoladi, un tayyor bolgach esa devlar nola-figon chekishadi. Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki narsalarni pok va bus-butun asrashga burchlidir. Yer, suv, havo, olovni asrash qoidalarini buzgan kishi 400 qamchi urish jazosiga mahkumdir. Ekin ekish demak yerdagi yovuzlikni yoqotishdir, chunki don yetilganda devlarni ter bosadi. Suv yoki (ov) itini oldirgan kishi 10000 barsum, 10000 ruhiyatni tetiklashtiradigan osimlik bargi berish kerak.

Avestoda uy jonivorlarini ehtiyot qilishga alohida etibor berilgan. Yer, suv, zaminni toza tutish, tozalikka rioya qilishga alohida etibor berilgan. Unda goristonlarni shahar va qishloqlardan yiroqda joylashtirish, uni orab qoyish, murda tekkan libos, yerlarni qatron qildirish xususida foydali maslahatlar bor. Inson yoki hayvon oligi tushgan soy, ariq, hovuz, quduqlarni boshatish, yomgir suvi bilan yuvish, toldirib boshatish takidlanadi. Bundan tashqari yerni iflos qilgan va uni saqlash qoidalarini buzgan shaxslar qirq qamchi urish jazosiga giriftor qilingan. Inson yashayotgan xonada yuvinish va chomilish qatiyan man etilgan.

Avestoda berilgan pedagogik fikrlardan bolalar tarbiyasida keng foydalanish mumkin. Ayniqsa, tabiatni asrash, avaylash, hayvonlarga ozor bermaslik, yerni asrab - avaylash umuman ekologik goyalardan oquvchilarni ekologik tarbiyasida muhim orin tutadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  I. A.Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch T.: Sharq 2008. 31- bet

2.                  Pedagogika. / prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- .: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010 y.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika .: Oqituvchi. 2010 y.

4.                  Zunnunov A. Ozbek pedagogikasi tarixi. T.: Oqituvchi. 1997. 267-b.

5.                  Hoshimov K. Pedagogika tarixi. T.: Oqituvchi. 1996. 265-b.

 

11.05.2016 .



[1] I. A.Karimov Yuksak manaviyat yengilmas kuch T.: Sharq 2008. 31- bet.

2006-2019 © .
, , . .