ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Fortepiano cholgu asbobi haqida

 

Fayoz Samiyevich Azizov,

Qarshi davlat universiteti Musiqa talimi kafedrasi oqituvchisi (Uzbekistan).

 

Hozirgi davr cholgu asboblari haqida gapirganda, keng qollaniladigan cholgu asboblardan biri fortepiano cholgu asbobi garbu - sharqda birdek qollanila boshladi. Fortaepiano cholgu asbobining qay tarzda paydo bolganligi haqidagi malumotlarni bilish shu sohaning mutaxasisi bolmagan musiqa tinglovchilari uchun ham qiziq bolsa kerak.

Fortepiano[1]- qattiq- sekin manosini bildirib, torli klavishli cholgu asbobi, Italiyada Kristofori Bartalameo (1709-1711 yillarda) urib chalinadigan mexanizmni oylab topib, yasagan.

Aslida bu cholgu asbobning tarixi juda qadim zamonlarga, yani, qadimgi Yunonistonga borib taqaladi. Kopaytirish nazariyasining asoschisi Pifagor yashagan davrda monoxord[2] deb nomlanuvchi cholgu asbobi mavjud bolgan. Bu cholgu asbobi ustiga tor tortilgan uzun ingichka quttidan iborat edi. Bu qutti maxsus daraxt yogochidan yasalgani uchun undan chiqadigan tovush baland va oz tembr xususiyatiga ega bogan. Tor quttichaga siljitilmaydigan xarrak bilan qotirilgan, undan tashqari yana bir harakatlantiriluvchi xarrak bolib, u torda harakatlantirilib musiqiy tovushni pasaytirish yoki balandlatish uchun xizmat qilgan. Vaqt otgan sari bitta tor yoniga boshqa torlar qoshib borilgan. Bu cholgu asbobda maxsus noxun (mediator) bilan, bazida esa torlarga maxsus tayoqcha, bolgacha bilan urib ijro etilgan.

Asrlar otib, bu cholgu asbobi takomillashib bordi. Qutti kattalashib togri burchakli holatga keladi, bir tomoniga klaviatura[3] joylashtiriladi. Endi cholguchi klavishni bosib chaladigan boldi, unga moslangan metal plastinkalar torlarni tirnagan holda tovush hosil qilgan. Bu cholgu asbobi klavikord[4] deb atala boshlagan. Uni stol ustiga qoyib, turgan holda ijro etilgan.

Klavikord cholgu asbobi XII asrda paydo bolib, besh asr davomida bir qancha davlatlarda yashaydigan ustalar uni takomillashtirishga harakat qilishgan. Musiqa tovushlari kuchli, qattiq chiqishi uchun har bir klavishga bir necha tor qoshilgan va quttining hajmi kattalashgan.

Vaqt otishi bilan klavikordda bir nechta klaviatura jovlashtirilgan, har bir klaviatura cholgu asbobi ovoz diapazonini kengaytirishga hamda kuchaytirishga xizmat qilgan. Bu harakatlar ham cholgu asbobi ovozini kuchaytirishga xizmat qila olmadi. Klavikord qimmatbaho yogochdan, bezakli qilib yasalgani uchun boy-badavlat kishilarning mehmonxonalarini ham bezashga xizmat qilgan.

XVII asr oxirida Fransiyada pastgi oq klaviaturalar qora daraxtdan qora rangda, yuqoridagilari oq rangda bolib fil suyagidan ishlangan. Bunday qilib yasalishining sababi u davrlarda klavishli cholgu asboblarda koproq xotin qizlar ijro etishgan bolib, qora klaviaturalar ustida oppoq qolli klavikord chalayotgan xonimlarning jozibali qol harakatidan zavqlanish uchun bolgan. Ammo bunaqa qora klaviaturalar orasidagi oraliq chiziqlar qorishib ketib, korinmas va cholguchiga qiyinchilik tugdirar edi. XVIII asrga kelib klaviaturalar rangi hozirgi fortepianodagidek joylashtirila boshlagan.

Klavikord bilan bir vaqtda unga oxshash yana bir klavishli cholgu asbobi taraqqiy eta boshlab, u har xil: klavitsimbal[5], chembalo[6], virdjinel[7], klavesin[8] kabi nomlar bilan atalar edi. Oxirgisi juda keng tarqalib boshqa har xil korinishdagi shunaqa cholgu asboblarni bir umumiy nom bilan atalishiga olib keldi.

Klavikorddan farqli, klavisinda torlar har-xil uzunlikda bolgan va bu ozgacha shakl korinishli royal cholgu asbobi korinishiga otdi.

Klavisinda tovushlar urib emas, balki tirnab hosil qilinar edi. Tovushni hosil qiladigan moslama qushlar qanoti patlaridan yasalgan. Klavisinchi ijro davomida tovushlarni qattiq yoki pastlata olmas edi.

Klavishli cholgu asbobi ustalari izlanishda bolishdi va 1711 yilda Italiyaning Padua shahrilik usta Kristofore Bartalameo yangi cholgu asbobi kashf etdi. Unda tovush yogoch bolgachalar orqali hosil qilindi. Endi cholguchi bu cholgu asbobda qattiq va sekin chalish imkoniga ega bolgani uchun Fortepiano[9] deb nomlandi. Bu cholgu asbobda eng muhim detall (qism) ovoz sondirgich hisoblanadi. Agar ovoz sondirgich bolmaganida torlar keragidan ortiq tebranib musiqa ornida faqat shovqin eshitilgan bolar edi. Fortepiano cholgu acbobida ikkita pedal ornatilgan bolib, biri tovushlarni toxtatish, ikkinchisi esa sadolantirishga xizmat qiladi.

XIX asrga kelib Fortepiano cholgu asbobining asosan ikki korinishi paydo boldi: gorizantal korinishdagi royal[10] va vertical korinishli pianino[11]. Royaldan, katta konsert zallarda konsertda toliq hajmli kuchli musiqiy ohangni sadolantirish uchun foydalanilsa, pianinodan sekin, bosh eshitsa ham boladigan xonalarda foydalaniladi.

Hozirda fortepiano cholgu asbobidan Umumtalim maktablarining musiqa madaniyati darslarida, Musiqa va Sanat maktablarining barcha xalq cholgu asboblarini oqitishda, Sanat va madaniyat kollejlarida, oliy oquv yurtlarining musiqa yonalishlarida ushbu cholgu asboblaridan keng foydalanilmoqda.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.                  A. . : . 1969 400-.

2.                  . . : 1968 174-.

3.                  I. A. Akbarov Musiqa logati T., G Gulom nomidagi adabiyot va sanat nashriyoti 1987 445-bet.

 

12.07.2016 .



[1] Fortepiano it. Forte-piano-qattiq-sekin.

[2] Monos-yun.bir, chorde-tor.

[3] Lotin tilidan clavish- kalit.

[4] Lotin tilida clvish va Grek tilida chorde.

[5] Germaniyada .

[6] Italiyada.

[7] Angliyada.

[8] Fr.klavesin - XVI XVIII asrlarda qollanilgan torli-klavishli tirnama cholgu asbobi.

[9] It. Forte-piano qattiq sekin torli klavishli urma cholgu asbobi.

[10] Fr. Royal qirolniki, qirolga mansub.

[11] It. Pianino kichik pianino.

2006-2019 © .
, , . .