ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

,

,

.

, .

 

Yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda pedagogik jarayonning oziga xosligi

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi dotsenti,

Yoziyeva Umida Lutfullayevna,

Qarshi davlat universiteti maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi katta oqituvchisi.

 

Ushbu maqolada yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda pedagogik jarayonning oziga xosligi haqida fikr yuritilgan bolib, bunda talim jarayoni oldiga quyiladigan maqsadning aniq va togri bolishi alohida takidlangan. Shuningdek, maqolada umummilliy qadriyatlarni talabalarga orgatishda talim jarayoni oldiga qoyiladigan vazifalar ham korsatib berilgan.

 

Bugun qay bir sohaga nazar tashlamaylik, u zamonaviylik va oziga xoslikni talab qilmoqda. Xuddi shuningdek, pedagogik jarayon ham ushbu talabdan mustasno emas. Ayniqsa, shiddatkor zamonda voyaga yetayotgan yoshlarimiz ehtiyoj va qiziqishlarining cheki va chegarasi yoq. Negaki, ular fan-texnika yuksalib borayotgan, axborotlar yashin tezligida tarqalayotgan, shuningdek, inson ongi va manaviyatiga tasir korsatuvchi omillar kopayayotgan bir davrda yashamoqdalar.

Demak, biz pedagoglar bugun yoshlarimizning ehtiyoj va qiziqishlariga mos dasturlarni ishlab chiqishimiz, talim-tarbiya jarayonida samarali usul va metodlardan foydalanib, kozlagan maqsadimizga erishishimiz mumkin. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, talim-tarbiya jarayonida bir xillilikdan foydalanish talabalarni oqishdan bezdirib, ularda befarqlik, beparvolik kayfiyatini oygotadi. Ushbu befarqlik ularning kelajakdagi faoliga ham oz tasiri korsatadi. Yni bunday tarbiya topgan talaba zukko, qobiliyatli, tashabbuskor oqituvchi bola olmaydi. Ayniqsa, u kasbiy mahoratni puxta egallamaganligi bois faoliyati jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Shu bois biz pedagoglar nafaqat yaxshi mutaxassis, balki, zamonaviy usul va vositalardan foydalana bilish korikmasiga ega bolishimiz darkor.

Ana shu jihatlarni hisobga olganda biz tadqiq etayotgan muammo yuzasidan talabalarning oquv mashgulotlariga qizishlarini oshirishda quyidagi vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bular sirasiga quyidagilarni kiritamiz: videoproyektor, elektron doska, didaktik materillar, kompyuter, lingafon, laboratoriya uskunalari, darsning texnologik xaritasi, ilyustratsiyalar, darslik, oquv qollanma va boshqalar.

Boshqacha qilib aytganimizda ushbu vositalar oquv materialini korgazmali taqdim etish va shu bilan birga oqitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ularning vazifalari esa quyidagilar bilan izohlanadi:

1. Talimning texnik vositalari - oquv materialini korgazmali namoyish etish, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; oquvchilarga oquv materialini tushunishlariga va yaxshi ozlashtirishlariga imkon beradi.

2. Yordamchi talim vositalari grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. boshq.

3. Oquv-uslubiy materiallar darslik, oquv materiallar, ozlashtirilgan oquv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradi.

Yoshlarning umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda oqituvchidan ham bir qancha xususiyat egasi bolishlik talab etiladi. Bular:

1. Oz kasbi, dars berayotgan fani boyicha chuqur bilimga ega bolishi;

2. Qadriyatlar nazariyasi va ularning inson hayotida tutgan orni bilishi,

3. Axborot texnologiyalaridan foydalana olish konikmasi;

4. Pedagogik texnologiyalar nazariyasi togrisida bilim va ulardan foydalana olish konikmasiga;

5. Pedagogik mahoratni egallagan bolishi kabilar.

Bizga malumki, talabalar asosiy bilimlarni oquv mashgulotlarida oladilar. Shu bois oqituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati, bilim darajasi darsda namoyon boladi. Shuning uchun har bir oqituvchi tashkil etadigan dars mashgulotiga jiddiy tayyorgarlik bilan kirishi, uni sanat asariga aylantira olishi darkor.

Bizga malumki, har qanday darsning muvaffaqiyati uning maqsadi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq umummilliy qadriyatlarga asoslangan darslarning kafolatli natijaga erishish uchun maqsad ilmiy-metodik talablarga muvofiq aniq qoyilgan bolishi lozim. Bunda maqsadni quyidagicha qoyishni tavsiya etamiz:

     darsning turi, xususiyatidan kelib chiqib, yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda oqituvchining maqsadi;

     organiladigan bilim mazmuniga muvofiq maqsad;

     oquvchining bilish faoliyatini rivvojlantirishga qaratilgan maqsad;

     oquvchining individual-psixologik, intellektual va shaxsiy rivojlantirishga qaratilgan maqsad.

Shuningdek, umummilliy qadriyatlarni orgatishga qaratilgan zamonaviy darsning samaradorligi oquv-meyoriy hujjatlar ortasidagi mutanosiblik: Davlat talim standartlari, dastur, darslik, oquv-metodik majmualar orasidagi uzluksizlikka ham bogliqdir. Oqituvchi ular orasidagi uzluksizlikni taminlab boruvchi xodimlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun oqituvchilar ham zamonaviy darslarni tashkil etishda oquv-meyoriy hujatlar bilan yaqindan tanishgan, puxta ozlashtirgan bolishi kerak boladi.

Bizga malumki, har bir oqituvchi pedagog hisoblanadi. Yani u nafaqat talim beradi, balki tarbiyalaydi ham. Shu bois ustozlar nafaqat talabalarga qadriyatlar togrisida bilimlar berishi, balki unga amal qilishni ham orgatib borishi darkor.

Shunday qilib oliy talim jarayonida yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish xususiyatlari quyidagicha namoyon boladi:

1.                  Talabalarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishda ular etiborini, albatta bir millatning ikkinchi bir millatdan farq qiladigan urf-odatlari, millatiga xos xususiyatlariga emas, balki turli millat vakillarini bir maqsad uchun birlashtiradigan va yaqinlashtiradigan umummilliy qadriyatlarga qaratish.

2.                  Talabalarni millatlararo hamkorlik ruhida tarbiyalashga bagishlangan mashgulotlarda turli millat xalqlarining hayotidan misollar keltirish bilan mamlakatimizdagi tinchlik, farovonlik, ahillik borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, davlat siyosati bilan tanishtirish hamda talabalarda shukronalik hissini tarkib toptirish.

3.                  Dunyodagi barcha millat xalqlari uchun qadrli bolgan manaviy va moddiy qadriyatlar togrisida talabalarga bilim va tushunchalar berish hamda ularni asrab-avaylashga orgatish. Masalan, Amur Temur barpo etgan tarixiy obidalar, turli sajdagoh joylar, Misr ehromlari, Tojmahal, Eyfel minorasi, Yevropadagi qadimgi kutubxonalar va boshqalar.

4. Oquv mashgulotlari jarayonida talabalar bilan dunyo mamlakatlariga texnik vositalardan foydalangan holda sayohatlar tashkil etish, xalqlarning turmush tarzi, iqtisodi, urf-odatlari, moddiy qadriyatlari, tili, dini va boshqa jihatlari borasida tasavvurlar va tushunchalar hosil qilish.

Shunday qilib, talabalar biz tanlagan mavzu yuzasidan quyidagilarni bilishi shart:

- qadriyatlar va ularning mazmun mohiyatini;

- qadriyatlarning turlari va namoyon bolish shakllarini;

- qadriyatlarning inson hayotida tutgan orni va ahamiyatini;

- qadriyatlarning psixologik-pedagogik asoslarini;

- hozirgi vaqtda qadriyatlarni oqitish va shu ruhda tarbiyalashning usul, shakllari, mohiyati va tamoyillarini.

Shunday ekan, yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirishga texnologik yondashuvda ham pedagogik ta'lim jarayonini puxta loyihalashtirish va aniq, maqsadga yo'naltirilgan holda tashkil etish muhim sanaladi. Bu o'rinda dastlab ta'lim maqsadi aniqlab olinadi, muayyan o'quv jarayoni uchun ta'lim uslublari tanlanadi va nihoyat ta'lim jarayoni uzluksiz nazorat qilib boriladi. Texnologik yondashuvga asoslanuvchi pedagogik faoliyatning o'ziga xos murakkabligi shundaki, birinchidan, ta'lim bir butun, yaxlitlik jarayon bo'lib, pedagogik ta'sir shaxsda alohida sifatlarni tarkib toptirishga emas, balki tarbiyani yaxlit olib borish nazarda tutadi; ikkinchidan, shaxsda muayyan sifatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi texnologiyalar ma'lum qismlarga ajratilmasdan, balki o'qituvchining o'ziga xos mahoratiga tayangan holda umumiy texnologik jarayonni tashkil etishga e'tibor beriladi; uchinchidan esa, yaxlit shaxsni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon o'qituvchining ijodkorligi, ta'lim qonuniyatlaridan kelib chiquvchi asosiy bosqichlarni o'z ichiga oladi.

Zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida yoshlarni umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyasini shakllantirish ishini yaxlit holda amalga oshirishda quyidagi holatlarga e'tibor qaratiladi:

- talabaning ongi, his-tuyg'usi, xulqiga ta'sir etish;

- talabaning tashqi ta'sir asosida o'z-o'zini tarbiyalashi;

- shaxs tarbiyasi bilan bog'liq barcha sohalarning o'zaro aloqasi;

- shaxsni shakllantirishda aqliy, axloqiy, estetik va boshqa tarbiyaning tarkibiy qismlarining uyg'unligiga erishish;

- shaxsni shakllantirish jarayonining tizimliligi;

- talabalarning bilim darajasini aniqlash.

Ta'lim jarayoniga texnologik yondashuvda o'qituvchi va talaba o'rtasida hamkorlik, ularning bir-biriga ta'siri hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish, shaxsni shakllantirishga yo'naltiruvchi uslublar, talaba faoliyatini to'g'ri tashkil etish, pedagogik jarayonda paydo bo'lgan muammolarni bartaraf etish, ijodiy ishchanlik muhitini yaratish, talaba faoliyatini baholash kabi o'quv-biluv ishlari amalga oshiriladi. Ammo ta'lim jarayoniga texnologik yondashuv bu hali shaxsni shakllantirishni to'liq hal etadi, degan so'z emas.

Xulosa qilib aytadigan bolsak, asosiy maqsadimiz talabalarda umummilliy qadriyatlarga xos tarbiyani shakllantirish ekan, bunda pedagogik jarayon oldiga aniq maqsad qoya olishimiz, ta'lim jarayonini muayyan bosqichlarga bo'lib tashkil etishimiz, shuningdek, bosh va xususiy maqsadlarni amalga oshirishga yordam beruvchi metod hamda usullarni togri tanlay bilishimiz lozim boladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  Mavlonova R. Torayeva O, Holiqberdiyev K. Pedagogika. - T.: Oqituvchi, 2002. 384 b.

2.                  Musurmonova O. Manaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. T.: Oqituvchi, 1996. 192 b.

3.                  Nazarov Q. Aksiologiya. Qadriyatlar falsafasi. - T.: Ozbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2004.- 196 b.

 

27.01.2016 .

2006-2019 © .
, , . .