ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

( )

 

,

, .

 

Boshlangich sinf darslari jarayonida didaktik oyinlarni qollash samaradorligi (boshqotirma didaktik oyini misolida)

 

Yarmanova Yulduz Buriyevna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi oqituvchisi, Ozbekiston.

 

Ozbekiston mustaqillikka erishganidan song iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy rivojlanishining oziga xos yoliga otdi. Bu esa talim sohasiga ham oz tasirini otkazdi. Chunki, har bir davlatning kelajagi yosh avlod tarbiyasiga bogliq hisoblanadi. Boshlangich sinflardanoq oquvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashga intilish, bilimlarni ozlashtirish jarayonida qiziqishlarining shakllanishi kelajakda barkamol shaxs sifatida shakllanishlariga poydevor bolib xizmat qiladi. Chunki talim jarayonida kelajakdagi faoliyat uchun zarur bolgan bilim, konikma va malakalar shakllantiriladi.

Boshlangich sinf oquvchlarida yoqoridagi aqliy sifatlarni shakllantirish va bilsh jarayonidagi qiziqishlarini oshirish oqituvchlardan izlanuvchanlik, sabr- bardosh, tinimsiz va fidokorona mehnatni talab qiladi. Chunki, bilimlarni ozlashtirishdagi qiyinchiliklar oquvchiga ogirlik qilmasligi uchun oqituvchi ularga bilimga qiziqish uygota bilishi va buning uchun talim jarayonini qiziqarli tarzda tashkil etmogi lozimdir.

Boshlangich sinf oquvchilarini darsga qiziqtirish orqali oquv-biluv masuliyatini oshirishda darslar jarayonida turli didaktik oyin lar va talimning ilgor texnologiyalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Didaktik o'yinda o'quvchilarning o'zlashtirishini hisobga olgan ta'limiy vazifalarning bo'lishi muhimdir. Rahbarlik qiluvchi kattalar didaktik o'yinlarning u yoki bu shaklini yaratar ekan uning bolalar uchun qiziqarli va ular diqqatini to'playdigan turlariga e'tibor qaratishlari lozim.

Didaktik o'yinlarning boshqa faoliyat turlaridan farqlanadigan muhim belgilari uning tarkibi qat'iyligidir. Didaktik oyinlarning tarkibiy komponentlari quyidagilar: o'yin mantiqi, o'yinning harakati, o'yin qoidasi.

O'yin mantiqi asosan uning sarlavhasida aks etadi. O'yin harakati jarayonida o'quvchilarning bilish faolligini oshirishga. o'quvchilarning o'z qobiliyatini namoyon qilishga, o'yin maqsadiga erishish uchun oz bilimi, ko'nikma va malakalarini qo'llashga imkoniyat yaratiladi.

O'yin qoidasi o'yin jarayonini to'g'ri tashkil etishga yordam beradi. U o'quvchilar xulqini ularning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi. Didaktik o'yinlarda muhim bir natijaga erishiladi, uning finali tugaganligini bildiradi.

O'yinda muhim bir didaktik maqsad qo'yiladi va bu maqsadga erishilishi o'quvchilarda ma'naviy va aqliy qoniqish hissini shakllantiradi. Didaktik o'yinlarning hamma tarkibiy komponentlari o'zaro bogliq bo'lib, ulardan birortasining bo'lmasligi mumkin emas.

Didaktik o'yinda o'quvchi qoidalarga rioya qilishga o'rganadi. Chunki qoidalarga rioya qilish o'yin muvaffaqiyatini ta'minlaydi. O'yinda qatnashish jarayonida ijobiy xulqiy sifatlar, tashkilotchilik qobiliyati shakllanadi.

Foydalanilgan material turlariga qarab ham didaktik o'yinlarni uch turga ajratish mumkin: predmetli o'yinlar, stol ustida uynaladigan og'zaki o'yinlar.

Didaktik o'yinlar vositasida o'quvchilarda bilimga qiziqishini o'yg'otish uning qiziqishlariga tayanib tashkil etilsa samarali bo'ladi. Bunday hollarda bolada doim yangiliklarni bilishga ishtiyoq o'yg'onadi, bilimga qiziqish o'yg'onadi. Bilimga qiziqishni muntazam rivojlantirish va mustahkamlash kichik maktab o'quvchilarning o'qishga ijobiy munosabatlarini tarbiyalaydi. Bilishga qiziqishi faqat ta'lim jarayoni natijasiga ijobiy ta'sir qilib qolmay balki tafakkur, idrok, xotira, diqqat kabi psixik jarayonlarning faol rivojlanishiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Masalan: boshlangich talim jarayonida foydalaniladigan Boshqotirma didaktik oyinining qollanilishi bilan tanishamiz.

Boshqotirma oyinini otkazish uchun oquvchilar yoshiga mos holda juda sodda korinishda boshqotirmalar tuzib olinadi. Oquvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib yozadilar. Dastlab boshqotirmalar oqituvchi boshchiligida hal etiladi. Oquvchilarda boshqotirmalarni hal etish konikmalari paydo bolgandan keyin oqituvchi nazorati ostida mustaqil hal qiladilar.

"Boshqotirma" oyini oquvchilar dumyoqarashini ostirish bilan birgalikda ularga sozlar imlosini yodda saqlab qolishlariga ham imkon beradi. Boshlangich sinflarda krossvordlar suratlar asosida ham berilishi mumkin.[1]

Didaktik oyin jarayonida oquvchilarning ish faoliyati kuchayadi, ixtiyory diqqati, xotirasi takomillashadi. Oyinda bolalar ozlari sezmagan holda juda kop harakatlarni bajaradilar, masalalarni yechadilar, birgalikda jamoa bolib ishlaydilar. Bu esa talimda samarali natijaga erishishga yordam beradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  Uzviylashtirilgan Davlat talim standarti va oquv dasturi. T. : 2010.

2.                  Pedagogika / prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- .: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010,- 400 b.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika .: Oqituvchi. 2010 y. 263 b.

4.                  Bobomurodova A. Ona tili talimi jarayonida oyin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91 b.

5.                  Gafforova T. Boshlangich talimda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi. Nasaf. 2008.

 

31.03.2017 .



[1] Gafforova T. Boshlangich talimda zamonaviy texnologiyalar. Qarshi Nasaf. 2008 y.

2006-2019 © .
, , . .