ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

, 1

 

,

.

 

Boshlangich talim 1- sinf ona tili darslarining samaradorligini oshirishda foydalaniladigan didaktik oyinlar

 

Muminova Nilufar Abduraxmonovna,

Qarshi DU Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi oqituvchisi.

 

Boshlangich talim jarayonida har bir fan oziga xos xususiyat va ahamiyat kasb etadi. Shu jumladan ona tili fani bolalarni imloviy savodxonligini oshirishda, yozma va ogzaki nutqini rivojlantirishda muhim rol oynaydi.

Boshlangich talim jarayonida ona tili darslarining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

- ona tili talimi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, ozgalar fikrini aniqlash, oz fikrlarini ogzaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat azolari bilan erkin muloqotda bola olish konikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi;

- ona tili talimi standarti korsatgichlari bolani fikrlay olish, ifodalangan fikrni anglash va oz fikrini savodli, mantiqiy izchillikda bayon eta olishga orgatish nuqtai nazardan belgilanadi.

Boshlangich talim bosqichida oquvchilarning ona tili talimi boyicha tayyorgarlik darajasiga qoyiladigan talablar quyidagi uch parametrda standart mezon orqali aks ettiriladi:

a) oqish texnikasi;

b) ozgalar fikrini va matn mazmunini anglash;

c) fikrni yozma ravishda bayon eta olish.

1- sinf Ona tili darslarida oquvchilar quyidagi bilim, konikma, malakalarga ega bolishi lozim:

Bilim:

Nutq. Ogzaki va yozma nutq. Gap, soz, bogin, unli va undosh tovushlar, alifbo, soz manosi, gap va matn, ozbek tilidagi 30 ta tovush, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasi borligini bilish;

Konikma:

Tovush va harfni farqlay olish. Harflarni togri yoza bilish. Soz manolarini farqlay olish va ularga soroq berish. Gaplarni ifoda mazmuniga kora farqlay olish. Diktant turlarini farqlay olish. Sozlarning oz va kochma manolarini farqlay olish. Tabriknoma, taklifnoma, elon yoza bilish.

Malaka:

15-20 sozdan iborat diktant yoza olish. Matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish. 2-3 gapdan iborat sodda matn tuzish. Oquvchiga tanish bolgan va koz oldiga keltiria oladigan buyum, manzara, voqea-hodisalar tasviri, ruxsat sorash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini ishlab chiqish.[1]

Oquvchilar ega bolishi lozim bolgan bilim, konikma, malakalar darsliklar va ularning mavzularida aks ettiriladi. Oquvchilar bu mavzular bilan tanishar ekanlar, yangi bilimlarga ega bolib boradilar. Pedagog esa talim jarayonini samarali tashkil etishga, oquvchilarning bilim olish bosqichlarini ketma-ket amalga oshirish vazifasini bajaradi. Bizga malumki, boshlangich sinf oquvchilari qiziquvchan, bilimga ishtiyoqi keng boladi. Oqituvchi metodlar, korgazmali vositalar bilan bir qatorda didaktik oyinlarni keng qollaydi.

Didaktik oyinlar talim jarayonida oquvchilarni oqitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik oyinlar qoidali oyinlar jumlasiga kiradi. Bunday oyinlar asosini bilishning u yoki bu mazmunini, oyinning borishini belgilaydigan harakatlarni bajarishga qaratadigan aqliy va irodaviy urinishni tashkil etadi. Didaktik oyinlarda asosiy fikrlash jarayonlarni tahlil qilish, taqqoslash, xulosa chiqarish takomillashadi.

Oyin jarayonida oquvchilarning ish faoliyati kuchayadi, ixtiyory diqqati, xotirasi takomillashadi. Oyinda bolalar ozlari sezmagan holda juda kop harakatlarni bajaradilar, birgalikda jamoa bolib ishlaydilar. Oz fikrlarini mustaqil bayon etadilar, dostlik, ortoqlik, bir-birini hurmat qilish hissi uygonadi.

1- sinf Ona tili darslarida didaktik oyinlarning bir nechta turlaridan keng foydalanish mumkin. Biz ana shunday didaktik oyin turlarini tavsiya etamiz. (Didaktik oyinlarni qollanilishini 1- sinf Ona tili darsligidagi mavzular yuzasidan tahlil etildi.)

Unli tovushlar va harflar mavzusiga oid:

b) Berilgan rasmlarning nomlarini topib, tushib qolgan unli harflarni oz orniga qoying.

 

 

Soz mavzusiga oid:

2. Keyingi boginni top didaktik oyini.

Bu didaktik oyin yakka tartibda yoki guruh shaklida ham otkazilishi mumkin. Oqituvchi tomonidan bosh boginlar beriladi. Oquvchilar ana shu bogin bilan boshlanadigan yangi sozlarni aytadilar. (1- tarqatma).

 

 

3. Davom ettir didaktik oyini:

Oqituvchi gapning birinchi qismini aytadi, oquvcilar esa davom ettiradilar. Bu didaktik oyin oquvchilarning zukkoligini oshiradi, hozirjavoblikka orgatadi.

1. Men bugun matematika fanidan..................................

2. Shaxrisabz qadimiy va ...............................................

3. Yomgir tingach.......................................................

4. Bahor faslida...............................................................

5. Bahor faslida qushlar..................................................

6. Qumri xola bolalarga..................................................

 

4. Sozdan marjon tizing didaktik oyini.

Bu oyinda oqituvchi oquvchilarga sozlarning aralash toplamini tavsiya etadi va uyadosh sozlarni alohida, yani marjon tizgandek yozishni aytadi. Oquvchilar yozishadi va navbat bilan oqib berishadi. Qaysi oquvchi tez harakat qilib, marjonni xatosiz tizib chiqsa, oyin golibi boladi.[2]

Soz bolimiga oid:

1. Kishilar ismiga oid sozlar: Dilbar, Lola, Halima, Asadbek, Karim

2. Joy nomlariga oid sozlar: Buxoro, Koreya, Qarshi. Samarqand, Kesh

3. Hayvon nomlariga oid sozlar: Olapar, Mosh, Targil, Boychibor

4. Shaxs va narsaning harakatini bildirgan sozlar: oqidi, yozdi, gulladi, tepdi

5. Shaxs va narsaning belgisini bildirgan sozlar: chiroyli, baland, achchiq

6. Shaxs va narsaning miqdori va tartibini bildirgan sozlar: beshta, onta, uchta

Bu didaktik oyinlar oquvchilarning fikrlash qobiliyatlari kengaytiradi, mavzuga bolgan qiziqishlarini orttiradi. Oz fikrlarini mustaqil va tezda bayon etishlariga olib keladi. Oqituvchining darsda oz oldiga qoygan maqsadiga erishishiga ijobiy tasir korsatadi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  Uzviylashtirilgan Davlat talim standarti va oquv dasturi. T. : 2010.

2.                  Pedagogika. /prof. M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida.- .: Ozbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010,- 400 b.

3.                  Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika .: Oqituvchi. 2010 y. 254-263 b.

4.                  Bobomurodova A. Ona tili talimi jarayonida oyin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

5.                  Gafforova T. va boshqalar. Ona tili. Umumiy orta talim maktablarining 1-sinfi uchun darslik. T. : Sharq, 2016 y. 111-b.

 

05.04.2017 .



[1] Uzviylashtirilgan Davlat talim standarti va oquv dasturi. T. : 2010.

[2] Bobomurodova A. Ona tili talimi jarayonida oyin-topishmoqlardan foydalanish. T. : Musiqa. 2009. 91-b.

 

2006-2019 © .
, , . .