ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

O.

 

Jomiy asarlaridagi insoniy fazilatlarning pedagogik ahamiyati

 

Ochilov Ogabek Narzullayevich,

Ққ Қ қ.

 

Orta asrlar musulmon Sharq olamining buyuk mutafakkirlari qatorida mintaqamiz adabiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida ozining boy va bebaho adabiy-badiiy, falsafiy-ijtimoiy, merosi bilan alohida orin tutgan, Movarounnahr va Xuroson zaminida yashab, fors-tojik va ozbek mumtoz adabiyotiga ulkan hissa qoshgan buyuk mutafakkir olim va shoir Mavlono Nizomiddin Ahmad ibn Muhammad Jomiy asarlari keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.

Abdurahmon Jomiy XV asrda yashab ijod etgan bolsa-da, uning asarlari hozirgi kunga kelib ham oz ahamiyatini yoqotgani yoq. Chunki uning asarlarida ilgari surilgan goyalar barcha davrlarda eng dolzarb va umuminsoniy xarakterga ega bolganligi sababli necha asrlar davomida organilib kelinmoqda.

Jomiy asar yaratar ekan unda ajoyib insonparvar hamda vatanparvar shoir sifatida buyuk va muhim ijtimoiy masalalarni hal etish bilan mashgul boladi. U insonni uluglaydi vatan haqida qayguradi. Odamlardagi zararli xulqlarni qoralaydi fitna va fujurni, xudbinlik va ayyorlikni, munofiqlik va aldamchilikni, tekinxorlik va talonchilikni, keskin tanqid ostiga oladi. Shoir bunday illatlarga oralashib qolgan odamlarga halol, vijdonli , insofli, adolat odamlarini, chin insoniy fazilatlarini, ajoyib xulq-odob normalarini qarama-qarshi qilib qoyadi.

Abdurahmon Jomiy ozidan oldin otgan donishmandlar talimotlariga tayangan holda panteistik dunyoqarashni boyitdi, haqiqiy Borliq - Sof Nur va inson dunyosining, inson ruhiy va jismoniy korinishlarining ozaro munosabati va birligi haqidagi qarashlarni rivojlantirdi. Mutafakkir oz qobiliyatini - jismoniy va ruhiy birlik mutanosibligini buzuvchi qusurlarni fosh etishga qaratdi va insonlarni haqiqiy umuminsoniy qadriyat - ahloqiy-ruhiy kamolotga intilishga chaqirdi.

U ozining "Lujjatul-asror" qasidasida sofiy xulq - axloqi, inson tarbiyasi haqida gap borganda tamagirlikni qoralab, qanoatli kishilarning oliyjanobliklarini, ularning manaviy jihatdan podshoh va vazirlardan ham ustun ekanliklarini madh etib, quyidagi satrlarni bitgan:

Tomeoya az bahri guma peshi har xas sar nihad,

Qoneonro xanda bar shohu vaziri kishvar ast.

Bu satrning mazmuni quyidagicha :

Tamagirlar bir luqma uchun boshini xasga qoyishga tayyor,

Qanoatchilar esa mamlakat shohi va vaziri ustidan ham kula oladi.

Yani tamagir inson oz maqsadiga erishish uchun hatto oz qadr qimmati, or nomusini ham toptab, maqsadiga erishishga harakat qiladi. Bu esa uni jarlikka boshlab boradi. Boriga shukur qilib, qanoat bilan halol yashayotgan insonlar esa ularning yashash tarzi, qilayotgan ishlarini mazhara qiladilar.

Jomiy yashagan davrda koproq shoh va vazirlar haqida madh etish yoki ularning ochkozligi va xalqni ogir ahvolga solib qoyayotganligi haqida molohaza yuritish osha davr adabiyotining oziga xos yonalishlaridan biri hisoblangan. Biroq osha davrda bolgani kabi yuqori davlat organlarining oz lavozimini suyestemol qilishini bugungi kunda ham uchratishimiz mumkin. Shuning uchun ham bu kabi goyalar na makon, na zamon tanlaydi, bu goyalar olmas, umuminsoniy qadriyatlar bolib nihoyatda yuksak ahamiyatga ega. Ayniqsa bugungi murakkab hayot tarzidan foydalanib, tamagirlik bilan kun kechirayotgan kimsalar kopayib borayotgan bir davrda, Jomiyning faylasufona fikrlariga murojaat qilmasdan ilojimiz yoq. Bunday hayot tarzini tanlagan kimsalar Jomiy aytganidek, boshini xas qoyish yani jinoyatga qol urishi va oxir oqibat oz hayotini ozi barbod qiladi. Jomiy fikricha, inson halol va pok yashashi, buning uchun esa u bir kasbga ega bolishi, oz mehnati hisobiga kun korishi zarur:

Mardi kosib kaz mashaqqat mekunad kafro durusht,

Bahri yaohamvoriyai nafsi dagal hongar ast.

Bu satrning mazmuni quyidagicha :

Kosib odam mehnat tufayli qolini qavartiradi,

Bu qoldagi dagal esa nafs gadir-budurini tekislovchi randadir.

Bu baytda Jomiy mehnatsevarlik goyalarini ilgari surib, inson halol mehnat qilib yashashi, biror kasbning yetuk mutaxasisi bolishi va shu orqali jamiyatda oz ornini topishi lozimligini nazarda tutadi.

Jomiy dunyoqarashida dinlararo hamda mazhablararo urush va nizolar manosizligi, insoniylik mohiyatiga, aqlga zidligi haqidagi goyalar ham mavzud. U bu kabi urushlarga nafrat bilan boqqan va qattiq qoralagan. Jomiy birodarlik, tenglik, tinchlik, ahllik goyalarni targib va tashviq etadi. Har xil tilda sozlashuvchi yo har xil mazhabga mansub bolgan xalqlar, qabilalar ortasida adovat qozgovchi-taraqqiyotning ashaddiy dushmanlariga, nifoq yaratuvchilarga gazab bilan xitob qilgan.

Yuqorida fikr yuritilgan Abrahmon Jomiy asarlari insoniy fazilatlarni shakllantirishda mana shunday kuchga egadir. Uning har bir asari insonni befarq qoldirmay chuqur oylashga, mulohaza yuritishga undaydi. Insonlarni halol mehnat qilishga, biror bir kasb sohibi bolib xalqiga, vataniga foydasi tegadigan, uning rivojlanishiga oz hissasini qosha oladigan shaxs bolishga undaydi.

Xulosa qilib atganda bizning diyorda azaldan milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarak bolib, umuminsoniy qadriyatlar miliiy qadriyatlar negizida yani bizning buyuk allomalarimizning umuminsoniy goyalari asosida shakillangan. Abdurahmon Jomiyning asarlaridagi goyalar fikrimiz dalili bola oladi. Uning asarlari necha asrlar osha oz ahamiyatini yoqotmagani ham shu sabablidir.

 

Adabiyotlar royxati

 

1.                  Abdurahmon Jomiy Bahoriston T: Yangi asr avlodi, - 2007.

2.                  Munavvarov. A. Pedagogika Toshkent, Oqituvchi, 1996

3.                  Internet saytlari: Ziyonet.uz, www. Edu.uz. Pedagog.uz.

 

11.10.2017 .

2006-2019 © .
, , . .