ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

,

,

O.

 

Oqituvchining ota-onalar bilan hamkorligi

 

Sayidov Meroj,

Zaripova Muslima,

Azizova Dilnoza.

 

Maktabda talim-tarbiya ishlarining samaradorligi faqat oqituvchining tayyorligi, manaviy qiyofasi va oz vazifasini qanday bajarishiga bogliq bolib qolmasdan, bola yashaydigan muhit va oilaning tasiriga ham bogliqdir. Oila bolani axloqiy tarbiyalash, uning manaviy-axloqiy yonalishlarini shakllantirishning muhim omilidir. Oila bola tarbiya oladigan eng birinchi jamoa bolib, dastlabki axloqiy tajriba oilada orttiriladi.

Har bir inson yoshlikda ota ona qolida tarbiya oladi. Oila tarbiyasi orqali ongida umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yashashdan maqsad haqidagi dastlabki tassavurlar hosil boladi. Oilada shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlari osa boshlaydi. Bola maktabga qadam qoyganida yaxshi va yomon narsalar haqida oz tassavurlariga ega boladi. Oqituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va bu tushunchalar, qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmogi kerak. Shuning uchun ham muallim oquvchilarning ota-onalari bilan aloqa boglab, bolani tarbiyalashda ular bilan hamkorlikni yolga qoyishi lozim.

Bolani maktabga, oqishga qabul qilayotganda muallim uning ota-onasi bilan tanishadi. Oqituvchi bilan ota-onaning muomalasi, aloqalari ana shu tanishuvdan boshlanadi, muallim bilan ota-onalar ortasida axloqiy-pedagogik munosabatlar bola maktabni bitirguncha davom etadi. Pedagogik amaliyot shuni korsatadiki, oqituvchilar kopincha tarbiyasi qiyin bolalarning ota-onasi bilan aloqa ornatadilar. Muallimning ota-onaga etibori kopincha bolaning yomon xulqi, salbiy qiliqlari bilan bogliq boladi. Agar bola momin qobil, odobli bolsa, ayrim muallimlar uning ota-onasi, oiladagi tarbiyasiga deyarli etibor bermaydi.

Tarbiyaning samaradorligi kopincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qoya bilishiga bogliq. Shuning uchun ham pedagogik axloqqa oqituvchi bilan ota-onalarning ozaro munosabatlari, muomalasi masalasiga katta etibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va hamkorlik qilmasdan turib bolani axloqiy tarbiyalash vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan axloqiy fazilatlarni mustahkamlashi yoki salbiy sifatlarni qayta tarbiyalashi lozim boladi.

Har bir bolani yaxshi odam qilib tarbiyalashda muallim ham, ota-ona ham manfaatdor. Maqsad birligi oqituvchini ota-onalar bilan boglab turadi. Bolani yoqtirsa ham, yoqtirmasa ham ota-onasi bilan aloqada bolish muallimning vazifasi.

Oqituvchi odobi muallimda ham, ota-onada ham hato fikr, notogri taassurot bolmasligini taqazo qiladi. Bu printsipga avvalo muallim amal qilishi lozim. Chunki, bu pedagog tarbiyachi sifatida ozini tutishi, mabodo ota-onalarning u haqidagi biror fikri xatolarini sezsa ham, mayda chuyda otkinchi gaplarga berilib ketmasligi zarur. Muallim konglida kek saqlashi, bola bilan muomalasida axloq qoidalarining buzilishiga sabab boladi. Muallimning ota-onalar bilan togri muomala qilishi murakkab nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning kopchiligi orta yoki oliy malumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televidenie, internet va boshqa ishtimoiy tarmoqlar hamda radio orqali kopgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar.

Kopgina muallimlar ota-onalar majlisidan tarbiyaning vositasi sifatida orinli foydalanadilar. Maktab bilan oila ortasidagi muomala munosabatlar jarayonida konflektlar, nizolar sodir bolishi tabiiydir. Chunki bolalarning individual xususiyatlari, xarakteri juda xilma-xildir. Ular bilan muomalada hech kotilmagan hodisalarga duch kelinadi. Bola tajribasizligi tufayli hato qilishi mumkin. Bunday paytlarda maktab rahbari va pedagoglar muomala odobi qonuniyatlariga qatiy amal qilishlari talab etiladi.

Shunday vaziyatlar ham boladiki, ogil yoki qiz bola maktabda ozboshimchalik qiladi, lekin oilada xushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qopol, ozboshimcha, maktabda esa ozini xushmuomala, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sababni korsatish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bolishi mumkin. Demak, oqituvchi va ota-onalarning maqsadlari bir xil bolsa ham ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala-munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bolmaydi. Shuning uchun ham bunday vaziyatlarda muallim ota-onalar bilan muomalasida quyidagi odob mezonlariga amal qilmogi lozim: muallim ham, ota-ona ham bolada roy berayotgan ozgarishlarga befarq qaramasligi; bolaning hulqida uchragan nuqsonni yashirmasliklari; maktab bilan oila orasidagi muomala samimiy bolishi; bolaning xulqi maktabda ham, uyda ham bir xil bolishi, ota-ona ham bola haqida koproq bilishga intishlari; muallim ota-onalarning his-tuuygularini etiborga olishi, qadr-qimmatlarini ezozlashi darkor.

Xulosa qilib aytganda pedagog ota-onalar orasida olib borayotgan targibot muomala odobini kengroq yoyishga xizmat qilishi zarur. Pedagogning bola haqidagi tanqidiy gaplari, bolasi qanday bolishidan qati nazar, ota-onaning nafsoniyatiga tegadi. Pedagog bilan ota-onalar ortasida nizolarga sabab boladi. Shuning uchun muallim bolaning xatosini borttirib korsatmasligi kerak. Bunday paytlarda oqituvchi odob qoidalariga qatiy rioya qilishi, aql-idrokini hissiyotidan ustun qoyishi zarur.

 

Adabiyotlar royxati

 

1.                  Munavvarov. A. Pedagogika Toshkent, Oqituvchi, 1996.

2.                  Ochilov. M, Ochilova. N. O'qituvchi odobi Toshkent O'qituvchi 2000.

3.                  Xoliqov.A. Pedagogik mahorat Toshkent Iqtisod-moliya nashriyoti 2011.

 

11.10.2017 .

2006-2019 © .
, , . .