ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, ,

,

2-.

, .

 

Umummilliy qadriyatlar vositasida yoshlarni manaviy xurujlardan himoyalash muammosining zarurati va dolzarbligi

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.,

DJumayeva Xulkar,

Qarshi davlat universiteti, 2-kurs magistri.

 

Ushbu maqolada yoshlarni manaviy xurujlardan himoyalashning zarurati va dolzarbligi ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, unda manaviy xurujlarning turlari, kelib chiqish sabablari ham keltirib otilgan.

Asosiy tushunchalar: umummilliy qadriyat, manaviyat, manaviy xuruj, ommaviy manaviyat, shaxs etiqodi va boshqalar.

 

Xalqaro maydonda mafkuraviy, goyaviy va axborot xurujlari kuchayib borayotgan hozirgi murakkab sharoitda yoshlar manaviyati pokligini saqlash va bu vazifalarni tekis va silliq amalga oshirish ota qiyin, murakkab masaladir. Mamlakatimizning har bir fuqarosi, xususan osib kelayotgan yosh avlod oz mustaqil fikriga, zamonlar sinovidan otgan hayotiy-milliy qadriyatlarga, soglom dunyoqarash va mustahkam irodaga ega bolmasa, turli manaviy tahdidlarga bardosh berishi mushkuldir. Buning uchun xalqimiz, xususan yoshlarimizdan yakdillik, birdamlik, shijoat, mustaqil fikrlash, soglom etiqod, bilim xullas manaviy va jismoniy yetuklik talab etiladi. Zero, har tomonlama yetuk yoshlargina turli manaviy, mafkuraviy xurujlardan ozlarini himoya qila oladilar, hayotga ongli munosabatda bolib, mamlakatimiz mustaqilligi, osoyishtaligiga xavf tugdirishi mumkin bolgan tajavuzlarga qarshi tura oladilar.

amlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimov Yuksak manaviyat-yengilmas kuch asarlarida shunday deganlar: ...farzandlarimizning bizdan kora kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bolib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada manaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qatiyat va masuliyatimizni yoqotsak, bu ota muhim ishni oz holiga, ozbolarchilikka tashlab qoyadigan bolsak, muqaddas qadriyatlarimizga yogrilgan va ulardan oziqlangan manaviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda ozimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yolidan chetga chiqib qolishimiz mumkin [1].

Darhaqiqat mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.Karimov takidlab otganlaridek, yoshlarimizni har qanday manaviy xurujlardan tarbiya orqali himoya qilishimiz mumkin. Oz navbatida bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qatiyat va masuliyatimizni yoqotmasligimiz darkor.

Bizga malumki, istiqloldan song yurtimizda qadriyatlar muammosi va yoshlar manaviyatini yuksaltirish masalasiga alohida etibor berila boshlandi. Uning ilk targibotchisi va muallifi Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovdir. I.Karimov ozining nutqlari va asarlarida qadriyatlarning yoshlar manaviyatini yuksaltirishdagi orniga yuqori baho berdilar va yuksak manaviyatli yoshlarni tarbiyalashning mezon, vosita, manbalarini korsatib otdilar.

Shuningdek globallashuv jarayonlari, uning shaxs manaviyatiga tasiri borasida S.Otamuradov, L.Y.Grinnin, Baxodir Zokir, M.Xolbekov, U.Idirov, S.Toshxujayev, Sh.Odilxonova, Sh.Torayev kabi tadqiqotchilar atroflicha shugullanishgan[2].

Yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarga tayanish va uni pedagogik jarayonda muvaffaqiyatli qollash shartlariga bagishlangan qator ishlar pedagog olimlar: S.Nishonova , O.Musurmonova, U.Mahkamov kabilar tadqiqotlarida namoyon boladi. Mazkur tadqiqotlarda yoshlar manaviyatini shakllantirish mezonlari, qonuniyat va shakllari, manba va vositalari ishlab chiqilgan bolib, milliy va umummilliy qadriyatlar vositasida yoshlarni yuksak manayatli insonlar qilib voyaga yetkazishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Biz tadqiq etayotgan muammoning falsafiy jihatlari faylasuf olimlar: J. Tulenov, A.Erkayev, Q. Nazarov, E. Yusupovlar tomonidan tadqiq etilgan.

Yuqoridagi ilmiy tadqiqot ishlari va adabiyotlarni organish va yoshlar faoliyatini kuzatishdan shu narsa malum boldiki, yoshlarni manaviy tahdidlardan himoyalash muammosi bugungi kunda yetarlicha hal etilmagan muammo bolib kelmoqda.

Biz ushbu muammoni tadqiq etar ekanmiz, yoshlarimiz manaviyatiga salbiy tasir korsatuvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritdik:

1.                  Ommaviy madaniyat tahdidi.

2.                  Internet, telefon, disklar orqali tarqalayotgan tahdidlar.

3.                  Turli milliy va umummilliy manaviyatga zid bolgan goyalar tahdidi.

4.                  Odam savdosi.

5.                  Kashandalik va giyohvandlik.

6.                  Ishyoqmaslik.

7.                  Beparvolik.

Yuqorida sanab otgan salbiy omillar tasiriga berilish bir qator sabablar natijasida roy berishi mumkin, bular:

1.                  Shaxs faoliyatining togri yonaltirilmaganligi.

2.                  Shaxsda etiqodning shakllanmaganligi.

3.                  Oilada va mahallada yoshlar tarbiyasiga bolgan etiborning pastligi

4.                  Shaxsda yuqoridagi salbiy omillarga nisbatan immunitet shakllantirilmaganligi va boshqalar.

Yuqoridagi fikrlarga kora ushbu muammoning dolzarbligini quyidagilar bilan izohladik:

                    bugungi davrda ommaviy madaniyat, missionerlik, egotsentrizm kabi vayronkor goyalarning globallashuv jarayonlarining salbiy oqibati sifatida namoyon bolishi va ularning yoshlar manaviyatiga korsatayotgan tasiri;

                    manaviy tahdid va tajavvuzlar natijasida yoshlarning faoliyatdan chetga chiqishi, soglom etiqod yolidan adashishlari;

                    yoshlar xulqida jismoniy va ruhiy ogishlarning namoyon bolishi, ozlarini oila va jamiyatga begona his etishlari;

                    manaviy tahdidlarning oila va boshqa muassasalarda korsatayotgan salbiy tasiri;

                    bugungi kun yoshlarini koproq moddiy qiymatga ega boyliklar qiziqtirayotganligi;

                    yoshlarda manaviy xurujlardan himoyalanish immunitetini tola shakllanmaganligi va boshqalar.

Mazkur muammo yechimida biz diqqatimizni quyidagilarga qaratishni lozim deb bildik:

-                   yoshlarga globalluv jarayonlari, uning ijobiy va salbiy jihatlari, manaviy tahdid turlari va ularning shaxs dunyoqarashiga salbiy tasir doirasi haqida bilimlar berish;

-                   bugungi davr yoshlarining qiziqish va istaklarini organish, shunga muvofiq ular faoliyatini yonaltirish ishlarini tashkil etish;

-                   manaviy tahdidlar qurboniga aylangan yoshlarning oila va mahallalaridagi mavjud holatni organish orqali muammoning asl sababini ochib berish;

-                   yoshlarni manaviy xurujlardan himoyalashning ishonchli yollari va usullarini ishlab chiqishdan iborat.

Yuqoridagi tahlillarga shuni takidlashimiz lozimki, yoshlar manaviy tarbiyasini bugungi kunga kelib, dunyoda mavjud bolgan global muammolar qatoriga kiritishimiz mumkin. Negaki, yuqorida taqidlanimizdek, hamon yoshlarimiz tarbiyasiga salbiy tasir korsatuvchi turli tahdidlar va ularning salbiy oqibatlari mavjud ekan, yoshlar tarbiyasi global muammoligicha qolaveradi. Demak, biz pedagoglarning muhim vazifalarimizdan biri ham yoshlarni turli manaviy xurujlardan himoyalash mexanizmlari va yollarini izlab topish hamda talim-tarbiya jarayonida samarali qollashdan iboratdir.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch.T.: Manaviyat,2008,-4 b.

2.                  Otamuradov S.Globallashuv va millat.T: Fan, 2008.

3.                  Grinnin L. Y. Globalizatsiya i natsionalniy suvrenitet: istoriya i sovremennost M.1, 2005, s 8-11

4.                  Boxodirov Z Globallashuv ziddiyatlari -Tafakkur, 1. 2004.

5.                  Torayev.SH. Manaviy taxdid: falsafiy talqin. T: Muharrir, 2010.

 

23.01.2017 .



[1] . . - . .: , 2008, -4 .

[2] . .: , 2008; ... : .1, 2005, 8-11; -, 1. 2004; - , 4. 2006; , . қ қ. қ. 2, 2007 ;Ң.. : қ. : ҳ, 2010. .. . ; 2010.

2006-2019 © .
, , . .