ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, ,

,

2-.

, .

 

Globallashuv tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati

 

Oripova Nodima Xalilovna,

Qarshi davlat universiteti, Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.,

DJumayeva Xulkar,

Qarshi davlat universiteti, 2-kurs magistri.

 

Ushbu maqolada globallashuv tushunchasi, uning mazmuni va mohiyati hamda ushbu tushunchaga keltirilgan tariflarning izohi tahlil qilingan. Shuningdek, unda globallashuv jarayonlarining salbiy va ijobiy jihatlari, kelib chiqish omillari ham fikr bildirilgan.

Asosiy tushunchalar: globalizatsiya, integratsiya, manaviyat, manaviy xuruj, tahdid, axborot xurujlari, ekologik muammolar, ommaviy manaviyat va boshqalar.

 

Har tomonlama barkamol avlodni voyaga yetkazish yolida qaygurmagan xalqning, millatning kelajagi va buguni yoqdir. Xalqlarni ezgu maqsadlar sari birlashtirish, dunyo hamjamiyati tinchligi, barqarorligini saqlashga chorlash, inson qadr-qimmatini yuksaltirish, uning sogligi va baxt-soadati yolida qaygurish, ona sayyoramizning barcha xalqlar uchun yagona vatan ekanligini yoshlarga anglatish jamiyatning faol azolari, chunonchi, ziyoli va pedagoglar oldida turgan kechiktirib bolmas masaladir.

Shuning uchun ham barkamol avlodni shakllantirishdek buyuk vazifani amalga oshirish davom etayotgan hozirgi davrda yoshlarni globallashuv jarayonlarida manaviy xurujlardan himoyalash dolzarb muammolardan biri bolib qolmoqda.

Xosh globallashuv ozi nima? unga berilgan tariflarning mazmuni qanday?

Ozbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. Karimovning Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarida globallashuv jarayonlari haqida yanada teranroq fikrlar bildirilgan. Yni hu xususda I. Karimov shunday fikr bildirgan: Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma'lum ma'noda haqiqat, ratsional mag'iz bor. Chunki, ularning har biri o'zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko'pchilikning ongida bu davr globallashuv davri tariqasida taassurot uyg'otmoqda.[1]

I. Karimovning tarif va fikrlarini yanada teranroq organadigan bolsak, birinchi Prezidentimiz globallashuvning har ikki jihatiga toxtalib otganligini koramiz: Globallashuv bu hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bolgani singari, globallashuv jarayoni bundan mustasno emas. Hozirgi paytda uning goyat otkir va keng qamrovli tasirini deyarli barcha sohalarda korish, his etish mumkin. Ayniqsa, davlatlar va xalqlar ortasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishi, xorijiy investetsiyalar, kapital va tovarlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, koplab ish orinlarining yaratilishi, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalarning, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uygunlashuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida ozaro yordam korsatish imkoniyatlarining ortishi tabiiyki, bularning barchasiga globallashuv tufayli erishilmoqda.[2] .

Globallashuv atamasi dastlab XX asrning 80-yillari boshlarida iqtisodiy sohada sodir bolgan ozgarishlarni yuzaga keltirgan omil sifatida amerikalik olim T. Levittning 1983 yilda Garvard biznes revyu jurnalida elon qilgan maqolasida qollanilgan edi. Unda aytilishicha, Globallashuv transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayoni.[3]

Uni organish jarayoni esa Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish maqsadiga qaratilgan obyektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan davridan boshlangan.[4]

Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda. Aksariyat kopchilik ilmiy tadqiqotlarda globallashuvni lotin tilidagi globus shar, fransuz tilidagi global umumbashariy sozlari bilan tariflaydilar. Respublikamiz olimlari hamkorligida nashr etilgan Falsafa qomusiy lugatida Global (umumbashariy) muammolari tushunchasi berilgan. Unda bu tushuncha (Fransuzcha global eng umumiy) oz kolami, qamrovi jihatidan xilma-xil va butun yer shariga, insoniyatga dahldor bolgan muammo ekanligi takidlanadi. Shuningdek mazkur lugatda global muammolar keng manoda inson va tabiat ortasida ozaro aloqalarning buzilganligini anglatadi, deb korsatiladi hamda bugun jahonda yuzaga kelgan global muammolarning bir nechtasi misol tariqasida keltiriladi.

Rus olimi L.YE. Grininning fikricha, globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir. U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi tarifni beradi. Globallashuv bu jarayon, uning natijasida dunyo ozining barcha subyektlariga yanada aloqador va yana ham bogliq boladi[5].

2002 yilda nashr etilgan Ozbekiston milliy enseklopediyasida global va globallashuv tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan: Global-(fransuzcha global, -umumiy, lotincha globus-shar)

1) butun Yer sharini qamrab oluvchi;

2) har tomonlama, toliq, yalpi, universal. [6]

Globallashuv tushunchasi haqida mamlakatimiz olim va siyosatchilari ham ozlarining fikr-mulohazalarini bildirmoqdalar. Jumladan, faylasuf olimlarimizdan yana biri Abdurahim Erkayev globallashuv va uning yuzaga kelishi haqida quyidagi fikrni ilgari suradi: Globallashuv jahon taraqqiyotining asosiy tendensiyalaridan biridir. Savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida goyat kuchayishi, tezlashishi globallashuvning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Globallashuv iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarning haddan tashqari intensivlashuvi, eng yangi axborot texnologiyalari va umuman axborotning jahon miqyosida shiddat bilan tarqalishi, xalqaro standartlashuv va maishiy turmushda, istemolda, shu jumladan, nomoddiy istemolda umumiy qolip hamda andozalarning paydo bolishidir[7].

Aqliy imkoniyat belgilarining begonalashuvi maqolasining muallifi professor S. Choriyev shunday yozadi: Globallashuv sharoitida aqliy imkoniyat belgilarining aqldan begonashuvi umumbashariy xarakter kasb etmoqdaki, yoshlarga talim va tarbiya berish jarayonida ushbu tendensiyani chetlab otib bolmaydi., shuningdek, olim aql togrisida: Inson aqliy imkoniyatlaridan dalolat beruvchi birinchi belgi uning tushunchalar hosil qilish, mulohaza yuritish va xulosa chiqarish bilan bogliq bolgan oliy qobiliyati sifatida etirof etiladi. Binobarin, tushunchalar hosil qilish, togri mulohaza yuritish, soglom xulosa chiqarish qobiliyatiga ega bolgan kishilargina haqiqiy aql sohibi deb atash mumkin.[8]

Basharti olimimiz aytganidek, globallashuv jarayonlarida aql bilan ish tutmoq, unga tayanish muhim ahamiyat kasb etadiki, negaki bu jarayonda aqlga bilan bajarilgan ish oz samarasini beradi.

Darhaqiqat, globallashuv jarayoni hozirda hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelmoqda. Globallashuv jarayonidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo'lida foydalanish mumkin. Ezgulik yo'lidagi harakatlar davlatni va jamiyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bo'lsa, yovuzlikni maqsad qilgan taraqqiyot mahsuli esa buning tamomila aksidir.

Umuman olganda, barcha tadqiqotchi olimlar global ozgarishlar faqat iqtisodiy omillar bilangina chegaralanmasdan, madaniy oziga xosliklarga tasirini albatta otkazishini takidlaydilar, biroq ushbu tasir doirasi togrisida har xil munosabat bildiradilar. Bazilari yangi texnologiyalarning keng tarqalishini qollab-quvvatlasalar va globallashuv jarayoni barcha salbiy oqibatlarning oldini olishga qodir deb hisoblaydilar. Yana bir qator olimlar esa globallashuv jarayonlarida katta tahdid mavjud ekanligini takidlaydilar.

Bizning fikrimizcha ham globallashuv ijobiy-salbiy jarayondir. Albatta biz yoshlarimizni ushbu jarayonda yashashga, yashaganda ham oliy maqsadlar sari yashashga orgatmogiiz darkor.

 

Foydalanilgan adabiyotlar royxati

 

1.                  Karimov I. A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch.T.: Manaviyat,2008,-110 b.

2.                  Grinnin L. Y. Globalizatsiya i natsionalniy suvrenitet: istoriya i sovremennost M.1, 2005, s 8-11

3.                  Ozbekiston milliy enseklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.39-b. 703 b.

4.                  Erkayev.A: Globallashuv: axborot xuruji va ommaviy madaniyat. Tafakur. 2008, 4 son, 11,12- b.

5.                  Choriyev S. Aqliy imkoniyat belgilarining begonalashuvi. Globallashuv va yoshlar tarbiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Qarshi. Nasaf. 2008, 17 b.

 

23.01.2017 .



[1] . . - . .: , 2008, - 110 .

[2] .-112 .

[3] ҳ . .- . 1-, 27 .

[4] ... . .- .: 1, 2005,. 811.

[5]. .. . . .: 1, 2005, . 811.

[6]Ozbekiston milliy enseklopediyasi. T.: Davlat ilmiy nashriyoti. 2002.39-b. 703 b.

[7] Erkayev.A: Globallashuv: axborot xuruji va ommaviy madaniyat. Tafakur. 2008, 4 son, 11,12- b.

[8] Choriyev S. Aqliy imkoniyat belgilarining begonalashuvi. Globallashuv va yoshlar tarbiyasi. Respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Qarshi. Nasaf. 2008, 17 b.

 

2006-2019 © .
, , . .