ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Aziziddin Nasafiy merosining zamonaviy tarbiya jarayoni bilan uygunligi

 

Xaitova Yulduz S,

Qarshi DU maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi oqituvchisi.

 

Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy (1220, Nasaf Qashqadaryo 1305, Yazd, Abarko'h) buyuk ensklopedik olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - Arabiy ta'limotlarini o'zaro bog'lagan kubroviya mashoyixlaridan biri.

Aziziddin an-Nasafiyning bizgacha bir qator asarlari yetib kelgan bolib, ulardan biri Zubdatul xaqoyiq /Haqiqatlar qaymogi/ asaridir. Mazkur asarda olim insonning axloqiy sifatlarga, sabr-toqatli bolishida, ilmi-marifatga ega bolishda avvalo ozini ozi tarbiya qilmasa befoyda ekanligini takidlaydi. Buni asarda shunday fikrlar bilan ifoda etadi:

Ey darvesh, axloqiy xislatlar-la bezanmagan, ozini tanimagan odamlar kop, ammo ular hali komil emas. Gozal xislatlar-la bezangan bolib, lekin ozini tanimaganlar bor. Bular ham komil emas. Binobarin, insonning kamolotga erishishi tugal axloqqa ega bolish va oz-ozini tanish bilan amalga oshadi.

Malumki, bugungi kunda zamonaviy pedagogikada shaxsga yonaltirilgan talimning mazmun va mohiyati yosh avlodni har jihatdan tarbiyalashda bolaning oz imkoniyatlari, iqtidori va qobiliyatlariga asoslanib yonalish berish, kasbga yollash lozimligi takidlanmoqda. Aynan mana shu masala olim asarida ham oz ifodasini topgan. Jumladan: Ey darvesh, fikr va tadbirlar tasir kuchiga ega, ammo insonning himmati (intilishi) va orzusi bu sifatlarga ega emas. Ha, kop donishmand va solihlar farzand tarbiyalaydilar, oz bolalarini ozlariga oxshashlarini xohlab harakat qiladilar. Ammo, yoq aksincha, ular (donishmandlarning bolalari) johil va fohish kishi bolib yetishadilar, Ha, kop qissaxon va xushovoz xonandalar bola-chaqa qilib, bolalarini ozlariga oxshashlari uchun kuch sarflaydilar. Yoq, aksincha, ularning bolalari hokimlar va solih taqvodor shaxslar bolib yetishadi. (Demak) odamlarning orzulari va intilishlari tasiriga ega emasligi aniq.Agar odamning intilish va orzulari ahamiyatli bolganda edi, hech kim qashshoq va bedavo bolmasdi. Hamma boy va badavlat bolar, soglom, baxtiyor yashardi. Ammo yoq. Agar kishi ishi ulug himmatlar yolida bolsa, odamlarning faoliyati tasirli boladi. Chunki ulug niyatlar harakat va faolliksiz ham amiyat kasb etmaydi. Binobarin, falon kishini oz xohishi bilan dardga giriftor etish yoki faloniy qahrimga uchrab oldi, deguvchi riyokor shayxlar aldaydilar.

Garchi sen togri fikring, xayrli tadbiring, sayi-harakatning orqali dunyoviy nematlarga erishib, mol-dunyo va mansabga ega bolsang ham, ertaga nima bolishini bilmaysan va bilolmaysan, sogu salomat turasanmi, dardga chalinasanmi, ishlaring chappasiga ketadimi, istefo kutayaptimi seni - bilishing qiyin. Ertaga qanchadan-qancha shohlar sarnigun bolib, qanchadan-qancha boylar qashshoqlarga aldanadi, qancha qashshoqlar ertaga badavlat boladi va qancha taxtdan agdarilganlar ertaga podshoh boladi. Bu xuddi tolqinlanayotgan dengizday gap, tolqin bir naqsh bolib kotariladi, ammo u yoqolmasdan yangi naqsh paydo qilib, oldingisini mahv etadi.

Asarda har bir inson maqsadga erishuvi uchun avvalo tizimli va muntazam ravida amaliy harakat(mashq) qilishi lozimligi quyidagi satrlarda oz ifodasini topadi:

Ey darvesh, barcha aybu-nuqsonlarning ildizi kop ovqat yeyishdadir. Ammo parhez deganda bugun oshqozonga siqqancha yeb, ertaga och yurishlikni anglamaslik kerak. Bundan foyda yoq, balki buning zarari koproq. Shundaylar borki, bir necha kun kam ovqat yeydilar, roza tutadilar, keyin esa kop ovqat yeydilar. Bu xildagi parhezning foydasi kam, bu salomatlikni yemiradi. Zuxdu taqvo va parhez doimiy bolishi kerak, doimiy bolmasa, maqsadga erishilmaydi. Har bir ishda sobitlik darkor.

Asarni har bir misrasida pedagogik jihatlar yaqqol kozga tashlanadi. Talim-tarbiya jarayonida tarbiyachi har bir bola bilan ishlashi, uning oziga xos jihatlarini va yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda yondoshuvi talab etilishini ibratli misollar orqali tushuntiradi. Masalan, Ey darvesh, daraxtning darajalari bolgani kabi odamning ham darajalari bor. Va daraxtning har bir darajasini bildiradigan narsa nima ekani malum. Binobarin, bogbonning vazifasi yerni yumshoq holda saqlash, ishlov berish, tikanaklar, yovvoyi otlardan tozalab turish, sugorish va daraxtni zararli tasirlardan himoya qilib turish kerak, shunda daraxtning hamma va har bir darajasi oz vaqtida zuhur etadi.

Soliqlarning ishi ham shunga oxshash. Uning zuxdu taqvovariyozati (chinakam) odam bolishga yordam bersin va odamiylikning barcha darajalari toliq namoyon bolsin. Solikning istagidan qatiy nazar, poklik ham, ezgu xulq ham, marifat va irfon ham, sirlarni kashf etish ham va nurning zuhuri ham har biri oz vaqtida hosil bolaveradi, solik buni sezmaydi va eshitmaydi. Shunga amal qilganlargina buni anglaydilar. Eydarvesh, shundagina solikning kozlari hech qachon kormagan, qulogi eshitmagan va aqliga sigmagan, narsalar namoyon boladi.

Shuningdek, har bir kasb egasi oz mehnati orqali alqqa, insoniyatga foydasi tegsagina baxtiyor bolishi takidlanadi. Asarda bu quyidagicha tariflanadi: Kimki hamisha odamlarga farogat tilasa va odamlar uchun farogat keltirsa, osha saxovatli qalb egasidir. Bunday odam hech kimga xizmatini darig tutmaydi, tili, qoli, moli bilan ozgalar yordamiga shoshiladi.

Asardagi pedagogik fikrlardan oqilona foydalanish, talim-tarbiya bilan uygunlashtirish oqituvchi mehnatini samarali bolishini taminlash bilan birga oquvchilarda axloqiy sifatlarni tarkib toptirishga ham xizmat qiladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1.                  Sulaymonov R.Naxshab-unushlgan tamaddun sirlari. Toshkent, FAN, 2006.

2.                  Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari.Toshkent,Meros, 2006.

 

17.04.2018 .

2006-2019 © .
, , . .