ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Boshlangich sinflarda kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish yollari

 

Niyozova DilbarXoltemirovna,

Qarshi davlat universiteti Maktabgacha va boshlangich talim metodikasi kafedrasi qituvchisi.

 

Bugungi kunda jamiyat va xalq hayotida, milliy turmush tarzida roy berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ozgarishlar, chuqurlashib borayotgan bozor munosabatlari yangicha shaxsiy sifatlarga ega bolgan bilimdon kadrlarga ehtiyojni kuchaytirdi. Endi maktab talimi kengroq ahamiyat va kolam kasb etishi lozimligi yaqqol namoyon bola boshladi. Zamonaviy maktablarda chuqur bilim va kasb mahoratiga, teran mantiqiy tafakkur va yuksak kommunikativ savodxonlikka ega bolgan, ijtimoiy jihatdan tola shakllangan shaxsni yetishtiruvchi asosiy maskanga aylanishi lozim. Kommunikativ savodxon shaxs deganda - erkin tarzda fikr almashish, til vositasida aloqa qilish, atrofdagilar bilan muloqotga kirishish, manbalardan axborot olish, ogzaki va yozma tarzda mustaqil fikr bayon qilish konikmasiga ega bolgan subyektlar tushuniladi. Zero kommunikatsiya lotincha sozdan olingan bolib, odamlararo muomala jarayonida bir-biriga informatsiya (axborot) uzatish demakdir. Kommunikativlik - ozaro fikr almashuv bilan bogliq bolgan, aloqa uchun xizmat qiladigan tilning kommunikativ funksiyasi (aloqa uchun xizmati).Savodxonlik tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan: Savodxon (oqish-yozishni biladigan, xat-savodli odam). Demak kommunikativ savodxonlik tushunchasi keng manoda atrofdagilar bilan muloqotga kirisha oladigan, turli manbalardan axborotlarni olib, ularni umumlashtirgan holda mustaqil fikr bayon qila oladigan shaxsga nisbatan qollaniladi.

Boshlangich sinf oquvchilarida kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish turli xil janrdagi asarlarni orgatish jarayonida ularda aniq, mantiqan, izchil, togri fikrlash salohiyatini shakllantirishi bilan birga kechadi. Oquvchilarda kommunikativ savodxonlikni oshirishda:

- Matn mazmunini anglagan holda ifodali oqish,

- matn mazmunini anglash, uni erkin tarzda qayta sozlab berish,

- matnni aniq sozlab bera olish jarayonida soz manosinn anglab yetish,

- ayrim sozlarning manosini izohlash, sozlarga harf qoshmasdan yoki tushirib qoldirmasdan fikrning aniqligi va izchilligiga qatiy amal qilish,

- ogzaki va yozma nutqda sinonim (manodosh), uyadosh, antonim (qarama-qarshi) manoli sozlardan orinli foydalana olish, paronim sozlarni topish (matndan), ularning manosini izohlash,

- yozma nutqda ham sinonim va qarama-qarshi manoli sozlardan unumli foydalanish,

- koplik va birlik shaklidagi narsa va buyumlarni aniqlash, ularning nomini, belgisini va harakatini bildiruvchi sozlarni yozma nutqda ham faol qollashga oid konikmalar tizimli tarkib toptirish maqsadga muvofiq.

Dars jarayonida oquvchilar nutqini kochma manoli sozlar bilan boyitish masalan: bel bogladi iborasi togri manoda belni qiyiqcha yoki romolcha bilan boglash, kochma manoda esa odamning bir ishni bajarishga astoydil jazm qilishni anglatadi. Ammamning buzogi - sodda tabiatli, boshang, lapashang odamga nisbatan qollaniladi. Oquvchiga xuddi shunday iboralar yordamida matnlar yaratish haqida topshiriqlar berib, ularning mantiqiy tafakkurini ostirish mumkin.

Xuddi shuningdek, omonim, sinonim, antonim va uyadosh sozlar ham oquvchining soz boyligini, zehnini, boglanishli nutqini, faraz qilish qobiliyatini, sozlar va tushunchalar orasidagi aloqadorlikni anglash salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunonchi, omonim sozlar: Achchiq-taxir; Sinonim (manodosh)sozlar: Aylanay - orgilay, girgitton, qoqindiq, sadaqa; Begubor - toza, sof, musaffo; Vaqt - payt, fursat, lahza, dam; Antonim sozlar: band-bosh; aziz-xor; dono-nodon; obod-xarob; Uyadosh sozlar: daraxt, terak, qayin, qayrogoch, tol, majnuntol.

Dars mashgulotlarida oquvchilarning individual tarzda muloqot qilishga (oquvchi bilan oquvchi orasida, oquvchi bilan oqituvchi orasida, oquvchi bilan darslik orasida) amalga oshirilishi muhim. Oquvchilarni sozning manosiga kengroq tarif berishga orgatish koproq ijodiy xarakter kasb etadi. Agar, oquvchi oquv jarayonida aniq, obyektiv fikr bayon qilsa, unda oz fikridan qoniqish hissi paydo boladi. Oqituvchining oquvchilarga beradigan savollari va topshiriqlari ularni muloqot madaniyatini shakllantirishga undashi lozim. Oqituvchi tomonidan beriladigan savollar nafaqat oquvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarishi, balki ularning obyektiv fikrlashlari uchun turtki bolishi kerak.

Demak, oquvchining kommunikativ savodxonligini tarkib toptirish muhim pedagogik ahamiyatga ega.

 

 

1.                                     . // ғ . 1996, 4.- 10 .

2.                                     X. қ // ғ . - 1996, 2. - 7-8 .

 

17.04.2018 .

2006-2019 © .
, , . .