ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Boshlang`ich sinf o`quvchiarida xayol va tafakkur rivojlanishining oziga xos xususiyatlari

 

Rasulova Sanobar Mamatqulovna

 

Boshlang`ich sinf oquvchisining xayoli oz oquv faoliyatining tasiri talabi imkoniyat va shart-sharoitlari orqali tarkib topadi. Bolaning xayoli tevarak-atrof taasurotlari dunyo ajoyibotlari korsatmalilik, tasviriy sanat asarlarini yetarli darajada aks ettirish bilan vujudga keladi. Obrazlar, suratlar chizmalar shartli belgilar nomalum narsalarning alomatlari tabiat manzaralari fazoviy tasavvurlar jamlanib oquvchilarning xayoli paydo boladi. Tanish obrazlar yaratish bilan uzviy bogliq bolgan tiklovchi xayol bolaning ruhiy dunyosida alohida ahamiyat kasb etadi. Talim jarayonida bolalarning yorqin aniq, tiniq yaqqol, tasavvur obrazlari xayol yordamida muayyan voqealikka aylanadi. Organilayotgan fan materiallari va eshitilgan obrazlar tartibga solinadi, yaxlit obrazlar tizimi yaratiladi. Oqish davomida turmush tajribasida toplangan tassurotlarni qayta tiklash ularni, ozaro birlashgan holatda izlanishning eng muhim omili ijodiy xayolni takomillashtiradi. Ijodiy xayolning eng muhim xusussiyatlaridan biri yaratilgan tasvirlarning yaqqolligi mantiqiy qonunlarga uzviy bogliqligi gayri tabiiy ajoyib - garoyib istaklardan uzoqligidir.

Shuning uchun oquvchi xayolida turmushga voqealikka zid kelmaydigan tasvirlar timsollar kolami tobora kengayadi. Bu esa oquvchida hodisalarni tanqidiy baholash konikmasi paydo boliganini bildiradi. Natijada uning xayoli tasurot qurshovidan boshaydi, yaratilgan obrazlarni tabiat va jamiyatning obektiv qonunlarga suyangan holda baxolash konikmasi yanada takomillashadi.

Boshlang`ich sinf yoshidagi oquvchilar xayolining xususiyatlaridan yana biri hayotiy voqelik bilan xayolning ozaro aralashib ketishidir. Malumki oquvchi yaqqol voqelik yoki hodisani ozi yaratgan qoshimcha obrazlar, tafsilotlar bilan boyitib boshqalarning diqqat etboriga uzatadi. Bu uning yolgonchiligi emas, balki xayolning xususiyatidir.

Boshlang`ich sinf oquvchilarida tafakkur xususisytlarini organgan olimlar bolaning tafakkurini quyidagi uch yonalishda tadqiq qilganlar. Tafakkurning yosh davriga xos xusussiyati uning rivojlanishini shakllantirish omillari.

Malumki talimning dastlabki bosqichida bolaning umumlashtirish tafakkuri juda sodda boladi va faqat oxshashlik belgisiga asoslanadi. Keyinchalik esa, bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xususiyati belgilariga asoslanadi. Keyinchalik esa bola narsa va hodisalarning tashqi sifat va xusussiyati belgilarini ajratish va tasniflashga, narsa va xodisalarning xossalari qonuniyatlarining murakkab ichki boglinish va munosabatlarning muhim belgilari boyicha umumlashtirishga otadi.

Birinchi va ikkinchi sinf oquvchilari oquv faoliyatlarini buyumlarning jozibador tashqi belgilariga tayanib tashkil qiladilar. Quyosh, momaqaldiroq, sigir, avtomobil, qush va hokazolar togrisida fikr yurtishga quyosh isitadi yoritadi momaqaldiroq guldiraydi sigir sut beradi, avtomobil yuk tashiydi qush sayraydi kabi hukmlar chiqaradilar, shuning uchun agar organilayogan materiallarning muhim belgi va alomatlarini bevosita aniqlash zarurati tugilsa darrov korinadigan misolga murojat qiladilar.

Oquvchilari uchunchi sinfga otganidan song umumlashtirishda moddiy dunyodagi voqelikning eng muhim munosabat va boglanishlarini aks etuvchi ichki belgilariga tayanadilar. Jumladan suv, havo metal va boshqa narsalarning issiqdan kengayishini umumiy muhim alomatiga asoslanib umumlashtira oladilar. Bundan tashqari osimliklar dunyosi ularning rivojlanishi kopayishi, changlanishi kabi belgilarga tayanib jonli tabiat iborasini ataydilar. Bolalarning mulohazalaridan paxta dalada osadi, uni paxtakorlar yetishtiradilar zavodda tozalanadi song fabrikada toqiladi hamda undan kiyim-kechak tayyorlanadi.

Bolalarning mulohazalaridan korinib turibdiki, ularda muhim belgilar miqdori yetarli darajada emas. Ular osimliklarni tariflaganlarida faqat daraxtlarning qaysi turga mansubligi qayerlarda osishi inson va hayvonlar uchun qanchalik foydali ekanligini ta`kidlaydilar. Hayvonlar togrisida mulohaza yuritganlarida ham birmuncha kamchiliklarga yol qoyadilar. Masalan birlamchi xususiyatlar va hossalarga etibor bermaydilar. Boshlang`ich sinf oquvchilari talim jarayonida anchagina ilmiy tushunchalarni ozlashtirsalarda oldingi darslarda ozlashtirilgan turli alomatlar belgilarni aralashtirib ham yuboradilar. Chunki ularda tushunchalar tarkibiga kiradigan narsa va hodisalar bilan ularning belgilari ortasida boglanish tarkib topmagan boladi. Kop tushunchalarni chunonchi baland-past, uzoq, yaqin, kam-kop va hokazolarni avval voqealikdagi narsa va hodisalar ortasidagi fazoviy munosabatlarni bevosita idrok qilish asosida ozlshtiradilar. Keyinroq esa, umumlashtirish jarayoni son tushunchasida ifodalangan bilimning miqdori munosabatiga asoslana boshlaydi. Shu sababdan ularga fazoviy munosabatlar haqidagi tushunchalarni ozlashtirish juda qiyindir. Birinchi va ikkicha sinf oquvchilari uzunlik olchovi birliklarini ozlashtirishda ham qiynaladilar, chunki ular uzunlik olchovining asosiy belgisi - uning uzunligini ajratishni bilmaydilar. Kop hollarda bolalar metr kilometr tushunchalarini buyumning shakli bilan tasavvur etishga harakat qiladilar. Uchunchi sinfga otganlaridan keyin murakkab fazoviy munosabatlarni egallashga kuchlari yetadi. Chunki talim jarayonida ularning fazo togrisidagi tasavvurlari, tushunchalari kun sayin plan, masshtab, yer shari va qator shartli belgilar haqidagi bilimlar bilan boyib boradi.

Uchinchi sinfdan boshlab bolalar turli vaziyatlarni holatlani aniq dalillar bilan isbotlab berishga otadilar. Buning sababi bolalarning bilimi kundan-kunga osha borishidir. Ular bu paytda oz hukmining chin yoki chin emasligini farqlay boshlaydilar. Bevosita muhokama qilish dalil keltirish isbotlashning shartlariga asoslanib fikr yurtiish jarayoniga ota boshlaydilar. Bolalar narsa va hodisalarning paydo bolishi sabablarini aniqlashda muammo masala va savollar qoyishdan tashqari ularni hal qilishga yechishga ham odatlanadilar. Biroq ularning hukmi moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ichki qonuniyuatlarini obektiv boglanishlari va munosabatlarini toliq ifodalay olmaydi. Uchinchi sinfdan boshlab oquvchiarga tushuncha va hukmlar rivojlanishi bilan birga turli narsa va hodisalar haqida yuritilgan muhokamalar asosida xulosa chiqarish ham ozgarib boradi.

 

Adabiyotlar ro`yxati

 

1.                  Jo'raev S. , F.Qodirov Kichkintoylar nutqini o'stirish T.: 2005.

2.                  Ivanov P.I. M.Zufarova Umumiy psixologiya T.: 2008.

3.                  Nishonova Z. Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o`qitish metodikasi T.: 2006.

 

09.06.2018 .

2006-2019 © .
, , . .