ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

, .

 

Boshlang`ich sinf oquvchilari aqliy taraqqiyotining shakllanishida bilish jarayonlarining o`rni

 

Ziyatova Orasta Murodullayevna

 

Maqsadga muvofiq oqish faoliyati boshlang`ich sinf o`quvchiarning aql-idroki sezgirligini kuzatuvchangligi uquvliligi esda olib qolish esga tushirish imkoniyatlarini rivojlantitrish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, bolalarda o`qish, yozish hisoblash malakalarini shakllantiradi. Bundan tashqari mazkur talim jarayonida ularning bilimlari kolami kengayadi bilishga qiziqishlari ortadi. Ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi ularda taffakurning faolligi mustaqilligi maxsuldorligi ortadi. Aqliy imkoniyatni ishga solish vujudga keladi. Oquv fanlariga ijobiy munosabat qatiy shugullanish niyati jamoatchilik oldida masuliyatni xis qilish, bilim olishning ijtimoiy ahamiyatini anglash tuygulari tarkib topadi.

Quyida mazkur yoshdagi oquvchilardagi sezgi, idrok, xotira tafakkur kabi bilish jarayonlarning xususiyatlari va rivojlanishi togrisida qisqacha toxtalamiz.

Mazkur yoshdagi bolalar oz idroklarining aniqligi rovonligi sofligi otkirlii bilan boshqa yosh davridagi insonlardan keskin farqlanadi. Ular har bir narsaga berilib, ota sinchkovlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xusisiyatlarini ozlashtirish imkoniyatiga ega boladilar. Buning sababini ularning oily nerv faoliyatida birinchi signal sistemasi ustunligi bilan izohlash mumkin. Boshlangich sinf oquvchisi har qanday obekt subekt va voqealikdagi yangilikni yaqqol idrok qilishga intiladi. Uni atrof muhitning sirli olami sexrli jozibasi oziga tortadi. Lekin talimning dastlabki boshqichida idrokning ayrim zaif tomonlari kozga tashlanadi. Boshlang`ich sinfdagi o`quvchilar idrokining salbiy hususiyati obektlarni bir - biridan farqlashda kozga tashlanadi. Ulap kopincha o`rganiladigan matepialni noaniq, hatto, noto`g`ri idrok qiladilar buning oqibatida aynan o`xshash harflar so`zlar narsalar tasviri, shakli fazoviy joylashuvning farqini tola tasavvur qila olmaydilar. Masalan g bilan k xarflarini oqish bilan uqish sozlarini aylana bilan togri chiziq alomatlarini bir-biridan farqlolmaydilar.

Bola diqqatining xususiyatlari rolli va syujetli oyinlarda rasm chizish va qurish - yasash mashgulotlarida loy hamda plastilindan oyinchoqlar tayyorlashda matematik amallarni yeshichda, hikoya tinglash va tuzishda korinadi. Bola oz diqqatini muayyan obektga yonaltirish, toplash taqsimlash boyicha malum darajada konikmaga ega bolib oz diqqatini boshqarish va kerakli paytda toplashga intiladi. Uning xotirasi malumot va xodisalarni puxta esga olib qolish esda saqlash esga turush imkoniyatiga ega boladi. Shu davrgacha bevosita kattalar rahbarligida u yoki bu axborotni ozlashtirib kelgan bolsa endi oz xoxish irodasi bilan zarur malumotlar toplashga oz oldiga aniq maqsad va vazifa qoyishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanganini bildiradi. Uning sher hikoya va ertaklarni esda qoldirish uchun kop takrorlash yod, olishning eng qulay yol va usullaridan foydalanishi talim jarayonida unga juda qol keladi.

Birinchi sinf oquvchisi kopincha yaqqol obrazli xotiraga suyanib bilish faoliyatini tashkil etsa ham, bu ish xotiraning boshqa turlarini inkor qilmaydi aksincha talim soz-mantiq xotirasini taqozo etadi. Soz mantiq xotirasining mavjudligi manosini tushunib esda olib qolish jarayonining samaradorligi ortishiga keng imkoniyat yaratadi. Tajribadan malumki, bola manosiz sozlardan kora manodor tushunchalarni birmuncha tez va mustahkam eslab qolish xususiyatiga ega. Uning nutqi maktab talimiga tayyorgarlik bosqichiga kattalar bilan muloqotga kirishish kishilarning fikrini uqib olish va togri idrok qilish darajasida, nutqining tuzilishi esa gramatika qoidalariga mos mantiqdan izchil ifodali miqdor va kolam jihatdan yetarli darajada shkllangan boladi. U eshitgan va korganlari togrisidagi malumotlarni tushuna oladi. Ozidagi axborotlarni muayyan tartibda bayon qila oladi, aqliy saloyihat operatsiyalaridan orinli foydalanadi. (ularni taqqoslaydi oydinlashtiradi guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi xukm va xulosa chiqarishga xarakat qiladi).

Mazkur yoshdagi oquvchining idroki ozining xatti harakati oyin va mehnat faoliyati bilan bevosita bogliqdir. Qandaydir narsani idrok etish osha narsa bilan mashgul bolishini. Anglatib keladi. Bolalarning vaqtni idrok qilishi ham tor manodagi tushunchalardan iborat boladi va ular asr eramizdan avvalgi davr kabi atamalarni nimaligini tushunmaydilar. Harakat deganda bola kopincha jismoniy mexanik harakatini nazarda tutadi, lekin uning biologik ijtimoiy kimyoviy xarakatlarni bilishi togrisida gap ham bolishi mumkin emas.

Bola hatto samaliyot, qush, reketa va oqning tezligini ham notogri idrok qiladi. Talim jarayonida va kattalarning yordami bilan turmush tajribasining ortishi tufayli bolalarda fazo vaqt va harakatni idrok qilish kolami kengayadi. Bundan tashqari ularning nazariy bilimlari amaliy faoliyatda sinab korish orqali ham boyib boradi.

Boshlangich sinf oquvchilarida diqqatni irodaviy zor berish bilan boshqarish va favqulotda moslashish imkoniyati yaxshi bolmaydi. Buning asosiy sababi ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Shu bilan birga boshlang`ich sinf bolalarining ixtiyoriy ongli diqqati oqish motivlari bilan uzviy bogliq holda namoyon boladi. Odatda ularning oqish motivlari uzoqni kozlagan va maqsad bilan bogliq motivlarga ajratiladi. Boshlangich sinf oquvchilarning motivlari voqelikka va realikka bogliq motivlardir.

Tajribadan malumki bolalarda ixtiyorsiz diqqat durustgina rivojlangan bo`ladi. Chunki talim jarayonida ixtiyorsiz diqqatning osishi uchun muhim shart-sharoitlar mavjuddir. Boshlangich sinf oquv materiallarining yaqqolligi yorqinligi jozibadorligi oquvchida beixtiyor his-tuygular uygota oladi. Irodaviy zoriqishsiz osongina fan asoslarini egallash imkonini yaratadi. Oquv materiallarining turli-tumanligi ixtiyorsiz diqqatning toplanishi markazlashuvi va barqarorligiga ijobiy tasir etadi. Boshlang`ich sinf bolalarini oqitishda korasatmalilikdan keng foydalaniladi. Bu tadbir birinchidan bolalar faolligini oshirsa ikkinchidan materialni mantiqiy jihatdan ozlashtirishga uni tahlil etish mavhumlashtirish va umumlashtirishga tosqinlik qiladi. Ularga korsatmalilikka asoslangan dinamik steriotip paydo bolishi ham mumkin. Suniy tosiqlar halal beruvchi alomatlardan qutilish uchun yaqqol va mavhum materiallardan aralash holda foydalanish yaxshi natija beradi. Bolaning korsatmalilikka berilib ketishi uni asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Bola tashqi belgilarga etibor berishga odatlanib, ichki muhim belgilardan chetlasha boradi.

Malumki ixtiyorsiz diqqat talim jarayonida oquvchilarning qiziqishi bilan bevosita boglanib ketsa, tabiiyki ular faqat maroqli quvonchli axborot va matnlar bilan tanishishga intiladigan bolib qoladilar. Natijada ota nozik yani tashqi qozgatuvchilar tasiriga beriluvchi diqqat ularning psixikasida mustahkamlanadi. Odatlanish murakkab oquv materiallarini egallashda qiyinchiliklar tugdiradi. Birinchi va ikkinchi sinf oquvchilari talimiy materiallarning ichki boglanishlariga ahamiyat bermay manosini tushunmay quruq eslab qoladilar. Organilayotgan materiallarni mantiqiy tahlil qilmay ozlashtiradilar buning sabablari:

1)ularning mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda durustroq rivojlangani, malumotlarni aynan ozgarishsiz eslab qolish imkoniyatini yaratadi.

2) Oquvchilar oqituvchi qoygon vazifani anglab yetmaydilar natijada uning togri tushuntirib ber degan talabini sozma-soz takrorlash deb biladilar

3) ularning nutq boyligi yetishmasligi (ilmiy atamalar va til qonuniyatlarini bilmasligi) materialni ijodiy toldirish unga qoshimcha qilish imkoniyati yoqligi uni sozma-soz qaytarishni osonlashtiradi.

Umuman kattalarning xususan oqituvchining muhim vazifalardan biri oquvchilarda materiallarni eslab qolish uchun muayyan intilishni tarkib topishi ularga eslab qolishning usullarini fikr yuritish jarayonlari taqqoslash tahlil qilishni orgatishdan iboratdir.

 

Adabiyotlar royxati

 

1.                  Karimova V. Psixologiya Toshkent 2002.

2.                  Goziyev E. Umumiy psixologiya Toshkent 2010.

3.                  Goziyev E. Pedagogik psixologiya asoslari Toshkent 2000.

 

09.06.2018 .

2006-2019 © .
, , . .