ISSN 1991-3087
@Mail.ru Rambler's Top100
.

 

,

,

, , .

 

Oquvchilarning intelektual imkoniyatlarini rivojlantirish texnologiyasi

 

Azizova Dilnoz Yodashevna,

Torayeva Dilrabo Erkinovna,

Qarshi DU XTXQTMOHM Maktabgacha, boshlangich va maxsus talim kafedrasi oqituvchilari.

 

Mustaqillik yolidan dadil odimlayotgan Ozbekistonda iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy va marifiy sohalarida katta ozgarishlar bolayotgani bugungi kunda butun dunyo mamlakatlari tomonidan etirof etilmoqda. Bunday ozgarishlarda ishtirok etish insonlardan yuqori darajadagi umumiy va maxsus bilimlar, yuksak madaniyat, manaviiy kamolot va keng dunyoqarashni talab etadi. Talim tizimini shu talablar asosida qayta qurish jamiyatning kelajak avlod tarbiyasi sohasidagi ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bolgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bolishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar tasir korsatishi tabiiy. Bular ichida: mamlakatda mavjud bolgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, talim tizimi, tarixi va boshqa kop omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlatning tarixiy rivojlanishini belgilab beradigan (tarixni oz qoli bilan yaratadigan), davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilgor texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yolga qoya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol oynaydi.

Ozbekistonning kelajakda buyuk davlat bolishida ham inson omilining orni beqiyosdir. Inson omilini tola ishga solish, undan oqilona foydalanish yollarini ishlab chiqish bugungi kunda talim tizimi oldiga qoyilgan muhim vazifalardan biridir.

Bugungi kunda zamonaviy mutaxassisga qoyilayotgan talablar:

                    oz sohasi boyicha muammolarni mustaqil hal eta olash, mustaqil fikrlab, muammolarning yangi yechimlarini topa olish;

                    zamonaviy texnologiyalarni qollash orqali uchragan muammolarni hal eta olish;

                    egallagan bilimlari unga qayerda kerak bolishini aniq tasavvur qila olish va qollay olish;

                    ijodiy ishlay olish, muammolarni hal etish yollarini oylab topa olish, yangiliklar yarata olish;

                    Manaviyati yuksak, ozining axloqi, aqliy darajasi, madaniyati ustida ish olib bora oladigan, muloqotga kirishuvchan bolishi kerak.

                    hamkorlikda ishlash, ozaro fikrlar bilan almashishni bilish;

                    yangi goyalarni organish, tahlil qilish, mohiyatini anglagan holda qabul qila olish;

                    masuliyatli bolish, har bir harakatini oylab, natijani oldindan prognozlay bilish.

Bunday murakkab va muhim jarayonni amalga oshirishda turli sohalar mutaxassislari ishtirok etadilar, lekin bunda ustoz-murabbiylar orni beqiyosdir.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov takidlaganidek,Bugungi kunda, umumiy etirofga kora, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham topish davri, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va internet asri, jahon maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib borayotganini isbotlab berishga hojat yoq, albatta. 1

Globallashuv davrida ishlab chiqarish tinmay rivojlanadi. Bunday rivojlanishni esa insonlar boshqaradilar. Ishlab chiqarish texnik taraqqiyot bilan bogliq bolganligi uchun, odamzot bor ekanki, u hech qachon toxtab qolmaydi. Rivojlanayotgan ishlab chiqarish esa mutaxassislar oldiga yangidan-yangi talablar qoyaveradi. Shuning uchun ham davr otishi bilan mutaxasslar egallagan kasbiy fazilatlar katta ozgarishlarga uchraydi.

...Pedagog bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, murabbiyning ozi ana shunday bilimga ega bolishi kerak. I.A.Karimov.

Hozirgi davrda jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy va madaniy sohalarda olib borilayotgan tub islohotlar kelajak avlod tarbiyasi oldiga muhim vazifalarni qoymoqda. Zero, jamiyatning taraqqiyoti unda kamol topayotgan yoshlarning bilimi, intellektual salohiyati, manaviy-axloqiy sifatlarning qay darajada shakllanganligiga kop tomonlama bogliq.

Intellektual salohiyat, bilim, mustahkam etiqod, keng dunyoqarash, yuksak manaviy-axloqiy sifatlarga ega bolgan insonlargina jamiyat taraqqiyotini taminlovchi muvaffaqiyatlarga erishishga qodir boladilar. Bunday insonlarni tarbiyalash umumtalim maktablarining zimmasiga tushadi. Ayniqsa boshlahgich talim bu sohada katta ahamiyat kasb etadi. Chunki boshlahgich talim talimning barcha bosqichlari uchun tamal toshini qoyadi. Boshlangich sihfdan boshlab oqivchilardagi qobiliyat va imkoniyatlar kozga tashlana boshlaydi. Ularning bu imkonyatlarini asrab-avaylab parvarish qilinsa qobiliyat va imkoniyatlar rivojlanadi va intellektual salohiyatga, yaratuvchanlik va ijodiy ishlash konikmalarining shakllanishiga sabab boladi.

Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yuksaltirishdir mavzusidagi Vazirlar mahkamasining majlisidagi nutqida Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va manaviy soglom osishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bolgan, uygun rivojlangan insonlar bolib, XXI asr talablariga toliq javob beradigan bakamol avlod bolib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni oz oldimizga maqsad qilib qoyganmiz,2 - degan edi. Prezidentimiz tomonidan kelajak avlod tarbiyasiga berilayotgan bunday katta etibor talim tizimi va pedagoglar zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Bu vazifalarni amalga oshirish chuqur bilim va katta mahoratni talab etadi. Talim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun talimi olgiga qoyilgan muhim vazifalardir.

Xulosa qilib aytganda zamonaviy pedagogik texnologiyalar talim jarayonining unumdorligini oshiradi, oquvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, oquvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam ozlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish konikma va malakalarini shakllantiradi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

 

1. Karimov I.A.Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot ylida.6-tom. Toshkent: Αzbekiston, 1998. 429 b.

2. Karimov I.A.Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz. 8-tom. Toshkent: Αzbekiston, 2000. 528 b.

3. Karimov I.A.Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. Fidokor gazetasi, 2000 yil, 8 iyun.

4. Karimov I.A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. Toshkent: Manaviyat. 2008, 176 b.

5. Gafforova T va boshqalar. Boshlangich sinflar ona tili va oqishdan didaktik materiallar. T.: Ilm ziyo, 2004 y.

6. www. Pedagog. uz

 

17.10.2018 .

2006-2019 © .
, , . .